наверх
Главная » Статьи » Kerakli va Foydali » Munajjimlar bashorati 2019-yil uchun / 2019-йил мунажжимлар башорати

2019 yil Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

UMUMIY TA’RIF

2019 yil 5 fevralidan To‘ng‘iz yili bilan do‘stlashishingiz tavsiya etiladi. Chunki ne ish boshlashni ixtiyor etsangiz, to‘ng‘iz yiligina sizga ko‘makchi bo‘la oladi. Qish oxirida sizni bir-biridan ajoyib xursandchiliklar kutib turadi. Tavakkalchilikka yo‘naltirilgan ishlarga zinhor aralashmang. 2019 yili imkon topsangiz, shaxsiy biznesingizni oching. Albatta muvaffaqiyatga erishasiz.

Bahor oylarida turli ko‘rinishdagi safarlar kutib qoladi. Oilasiz bo‘lsangiz, shu safarlarning biri davomida bo‘lg‘usi juftingizni uchratasiz va tanishasiz. Yozda ayrimlarning oilasida yangi mehmon dunyoga kelishi kutilmoqda. Qolaversa, yoz oylaridan to kuzga qadar eng og‘ir va chigal muammolarga barham bera olasiz. Yil davomida birovdan qarz ola ko‘rmang, inqirozga yuz tutishingiz mumkin.

MUHABBATI
To‘ng‘iz yili oilalilarga ham, oila qurmaganlarga ham o‘ziga xos romantik lahzalarni hadya etadi. Turmush qurmaganlar juft tanlashda aslo adashmasliklari kerak. Bu umr savdosi. Shuning uchun sergaklik bilan ish tuting.

Oilalilar yilning ikkinchi yarmida rashk tufayli jufti bilan tez-tez sen-menga bora boshlashlari mumkin. Iblisning yo‘rig‘iga kirishdan saqlaning. Raqibingiz borligini bilib qolsangiz ham mushtlashmang. Uni boshqa usullar yordamida hayotingizdan chiqarib tashlang.

Muhabbat deganda faqat suyukli yor ko‘zda tutilmaydi. Siz birinchi navbatda Yaratgan egamni, keyin o‘zingizni, ketidan qarindoshlarni to‘g‘ri seva bilishingiz kerak. Ana shunda 2019 yildan qo‘shimcha mehr-muhabbat kutsangiz yarashadi.

OILASI
2019 yili oilaviy hayotingizda deyarli muammo uchramaydi. Qondoshlar bilan ahil bo‘lsangiz, bu oila yanada gullab-yashnashi aniq. Juftingiz bilan ham muloyim munosabatda bo‘ling. Ro‘zg‘ordagi muammolarni maslahatlashgan holda bartaraf eting. Ko‘ngilochar tadbirlarda kamroq ishtirok eting. Farzandlar tarbiyasiga alohida e’tibor qarating.

Juftingiz bilan yil davomida sira murosa qila olmasangiz, psixologga uchrashing. Kechirish va kechirim so‘rashni odat qiling. Bir-biringizga tez-tez mehr-oqibat hadya eting. Bu oilani mustahkamlash uchun kafolat vazifasini o‘taydi.

MOLIYAVIY AHVOLI
Tadbirkor bo‘lsangiz, 2019 yilni yangi g‘oyalar, loyihalar o‘ylab topish bilan boshlang. To‘ng‘iz yili ularni qo‘llab-quvvatlaydi va siz kutilgan daromadga erishasiz. Xudo bersa, sizga milliarderlar ham havas bilan qarashlari hech gap emas.

Ayrimlar xorijdan serdaromad ish topishlari mumkin. Buning uchun oldin o‘sha davlat tilini chuqur o‘rganishingiz lozim bo‘ladi. Yil davomida xastalar, keksalar va boquvchisi yo‘qlarga moddiy yordam ko‘rsatishdan tiyilmang.

Bajarayotgan ishingizga ijodiy yondashing. Bu ham daromad mo‘l bo‘lishini ta’minlaydi. Dekabr oyida ko‘pchilik yilni mo‘may daromad bilan yakunlayotgani sharafiga quyuq ziyofat berishi kutiladi. Ziyofatga qarindoshlarni ham albatta taklif eting.

SALOMATLIGI
Yil avvalida ba’zi do‘stlarimiz qandaydir bahona bilan depressiya holatiga tushib qolishlari mumkin. Agar kasalxonaga tushib qolishni xohlamasangiz, asabingizni xalqona usulda davolash haqida qayg‘uring. Yil davomida tishlaringizda muammo paydo bo‘lishi, shuning natijasida stomotologga qatnay boshlashingiz kutiladi.

Bahor oylaridan immunitetingizni ko‘tarish harakatiga tushing. Sport bilan faol shug‘ullaning. Bo‘g‘imlar, umurtqa pog‘onangiz og‘rimasligi uchun yoga va fitnes bilan shug‘ullanishingiz kerak. Shunda 2019 yil bo‘yi xastalik neligini bilmay yashaysiz. Ko‘p vaqtingizni piyoda yurishga ajrating. Tog‘larga chiqing, havo almashtiring.

TO‘NG‘IZ YILIDA TUG‘ILGAN MAShHURLAR
Rus shoiri, diplomat Fyodor Tyutchev, fransiyalik astrolog, vrach, alximik Mishel de Nostrdam — Nostradamus (Nostradamus), avstriyalik fizik Kristian Dopler (Christian Doppler), amerikalik kinorejissyor va aktyor Vudi Allen (Woody Allen), aktyor, shoir, bastakor Garik Sukachyov.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

UMUMIY TA’RIF

To‘ng‘iz yili tadbirkorlarga ko‘plab muhim va foydali uchrashuvlarni va’da qilmoqda. Ba’zilar yirik firmalardan birining rahbariga aylanishi ham ehtimoldan xoli emas.

Oilali bo‘lsangiz, yil davomida oilangizda osoyishtalik, ahillik hukm suradi. Yolg‘izlar esa kuzga borib bo‘lg‘usi juftini uchratishi mumkin.

Agar ko‘cha taomiga mukkangizdan ketsangiz, oshqozon yarasi yoki shu kabi xavfli xastaliklar xavfi ostida qolishingiz mumkin. Arzimas ko‘ngilsizliklar tufayli asabiylashishingiz ham tavsiya etilmaydi.

Har bir ishni bajarishda, ayniqsa, kesuvchi, elektr toki hisobiga ishlaydigan asbob-uskunalar bilan ishlashda nihoyatda ehtiyotkor bo‘ling.

MUHABBATI
2019 yil boshidanoq ortiqcha va soxta xushomadlardan qoching. Oilasiz bo‘lsangiz, yil boshida bo‘lg‘usi juftingizni topish maqsadini birinchi o‘ringa qo‘ying va shu yo‘lda harakat boshlang.

2019 yil ko‘pchilik turmush qurmagan do‘stlarimiz bir qarashdayoq bo‘lg‘usi juftini yoqtirib qolishlari kutiladi. Faqat turmush qurishda oiladagilar bilan bamaslahat ish tutishingiz kerak bo‘ladi.

Faqat muhabbat yo‘lida birinchi bo‘lib qadam tashlashdan cho‘chimang. Ayrimlar bo‘lg‘usi yorini o‘zga shahardan topishlari ham ehtimolga yaqin. Asosiysi, aqlli va tartibli insonni uchratib tanishsangiz bas, albatta baxtli bo‘lasiz. To‘ng‘iz yilida oilalilarga taqdirini keskin o‘zgartirishga urinish tavsiya qilinmaydi.

OILASI
Yil boshidan oilaviy an’analaringizni saqlab qolish harakatida bo‘ling. Yaqinlaringiz bilan arzimas bahona tufayli janjallashmang. To‘ng‘iz yili janjal-to‘polonlarni sira xushlamaydi. Imkon doirasida yil bo‘yi eng yaqin insonlarga kutilmagan sovg‘alar, oilaviy bayramlar uyushtirishga e’tibor qarating. Bu ham xonadoningizdagi ahillikni, garmoniyani mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qolaversa, oila qo‘ni-qo‘shnilar bilan ham to‘kis bo‘lishi haqiqat ekanini unutmang. Qo‘shnilar nima masalada yordam so‘ramasin, albatta yordam qo‘lini cho‘zing. Bu faqat yaxshilik uchun xizmat qiladi.

Juftingiz bilan ham yangi yilda ahil hayot kechirishingiz uchun kafolat bor. Illyuziyadan qoching va hayotga real ko‘z bilan boqing. Turmush qurmaganlar to‘y marosimini cho‘zib yurishlari tavsiya etilmaydi. Bu ishni yil yarmidayoq albatta amalga oshiring.

MOLIYAVIY AHVOLI
Pul masalasida to‘ng‘iz yilini muvaffaqiyatli boshlashingiz kutilmoqda. Lekin baribir tejamkorlikni birinchi o‘ringa qo‘ygan holda ish ko‘rishingiz kerak bo‘ladi. Agar pulingiz o‘tgan yildagidan ko‘proq bo‘lishini xohlasangiz, ko‘proq ishlang. Dangasalikka erk bersangiz, daromad ham sizdan uzoqlasha boradi.

Ammo ish orasida dam olishga ham e’tibor qarating. 2019 yil shaxsiy biznesni ochish, tadbirkorlarga yirik loyihalarga pul tikish uchun qulay kechadi. Pul topishda sizdagi tajriba va iste’dod ham muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda faqat o‘z kuch, imkoniyatlaringizgagina suyanishingiz kerak. Daromadlaringiz bilan do‘stlarga, tanishlarga, hamkasblarga maqtanmang. Ko‘z tegsa, bu yil davomida tatishi hech gap emas.

SALOMATLIGI
Aqliy mehnat kishilari to‘ng‘iz yilida ham kompyuter qarshisida iloji boricha kamroq o‘tirishlari zarur. Bu narsa umurtqa pog‘onasining qiyshayishi va bosh aylanishi kabilarga sababchi bo‘lishi mumkin. Ko‘p vaqtingizni toza havoda sayr qilib o‘tkazing. Toza havodan to‘yib-to‘yib nafas oling.

Zararli odatlardan voz kechish to‘ng‘iz yilida muvaffaqiyatli kechadi. Velosipedingiz bo‘lsa, velosiped sayri ham salomatlik uchun juda foydali.

Shirinliklarni kamroq iste’mol qiling. Shirinlik organizmdagi eng zarur moddalarni yo‘q qiladi. Agar anchadan beri tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan bo‘lsangiz, 2019 yil boshida shu ishni albatta amalga oshiring.

Ovqatlanish me’yorlari, rejimiga amal qiling. Yil davomida kechki soat 22: 00 da uxlashga yotishni odat qiling. Shunda shamollash ham, immunitet tushishi ham sizni ta’qib eta olmaydi.

TO‘NG‘IZ YILIDA TUG‘ILGAN MAShHURLAR
Britaniyalik aktyor Jud Lou (Jude Law), sobiq sovetlar va latviyalik bastakor, musiqachi, dirijyor Raymond Pauls, Rossiya Xalq artisti, kino va teatr aktyori Konstantin Xabenskiy, amerikalik Vel Kilmer (Val Kilmer), xonanda Igor Nikolayev, xokkeychi Valeriy Xarlamov, yozuvchi Jek London (Jack London).

Источник: zamin.uz
Категория: Munajjimlar bashorati 2019-yil uchun / 2019-йил мунажжимлар башорати | Добавил: MASSARI (02.01.2019)
Просмотров: 9675 | Теги: Munajjimlar bashorati, 2019-yil | Рейтинг: 3.0/15
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]