наверх
Главная » Статьи » Kerakli va Foydali » Munajjimlar bashorati 2019-yil uchun / 2019-йил мунажжимлар башорати

Qaysi burj vakillariga 2019 yilda ko‘proq omad kulib boqadi?
Yangi yil olovli burj sohiblari – Qavs (Yoy), Asad (Arslon) va Hamal (Qo‘y) uchun eng omadli bo‘ladi. Ular hayotning barcha jabhasida muvafaqqiyatga erishadilar, ayniqsa, karera va daromad bobida.

“Qavs va Asad burji ostida tug‘ilganlarga eng ko‘p omad kulib boqadi. Buning sababi Qavsning Yupiteri. Asadlarga yozda, avgust oyida, Qavslarga esa yanvar oyining o‘zidayoq omad kulib boqadi. Hamal burji ostidagi tug‘ilganlarga esa, bu Yupiterdan, asosan, yanvar-fevral oyida omad kulib boqadi”, - dedi astrolog Pavel Chudinov.

Yana ikkita omadli burj sohiblari - bu Mezon (Tarozu) va Dalv (Qovg‘a) burji vakillaridir, deb qo‘shimcha qildi astrolog Liliya Lyubimova. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu burj vakillari o‘z omadlarini qo‘ldan boy bermasliklari muhim bo‘ladi. O‘zlarining taqdir belgilariga diqqatli bo‘lishlari kerak. Omadli imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermay, to‘g‘ri kelib qolgan qulay va omadli vaziyatlardan foydalanib qolishlari muhim.

Shu bilan birga Lyubimova Saraton (Qisqichbaqa) va Savr (Buzoq) burji vakillarini osoyishta yil kutayotganini ma’lum qildi.
Jadiy (Tog‘ echkisi) burji ostida tug‘ilganlarni yangi hayot davri kutmoqda.

“Jadiylar hayotida katta o‘zgarishlar kutilmoqda, lekin bu o‘zgarishlar ikki yil ichida bo‘lib o‘tadi, ya’ni yaqin kelajakdagi ikki yil davomida hayotlarida katta o‘zgarishlar ro‘y beradi”, - deydi Pavel Chudinov. Bu jarayon hayotlarini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Sabrli va ehtiyotkor bo‘lish lozim.

Liliya Lyubimova Jadiylarga ish borasida ehtiyotkor bo‘lishlarini tavsiya qildi. Masalan, agar ular biror bir lavozimni egallashni rejalashtirayotgan bo‘lishsa, bu haqda hammaga jar solish shart emas: “ko‘z tegishi mumkin”.

Shuningdek, astrolog Javzo (Egizaklar), Sunbula va Hut (Baliq) burji ostida tug‘ilganlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari zarurligini ta’kidladi. Ularni murakkab yil kutmoqda. “Bu burj vakillari ehtiyotkorroq bo‘lishlari kerak, chunki ular hayotida salbiy o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Ular ko‘proq o‘z sog‘liklariga e’tibor berishlari kerak”, - dedi u.

Sunbula, Hut va Javzo vakillari kamroq janjallashishlari kerak. Har bir ishga ehtiyotkorlik bilan yondashib, jarimalarni o‘z vaqtida to‘lab borishlari kerak.
Категория: Munajjimlar bashorati 2019-yil uchun / 2019-йил мунажжимлар башорати | Добавил: MASSARI (02.01.2019)
Просмотров: 10426 | Теги: Munajjimlar bashorati, 2019-yil | Рейтинг: 4.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]