наверх
Главная » Статьи » Kerakli va Foydali » Munajjimlar bashorati 2019-yil uchun / 2019-йил мунажжимлар башорати

"Sigir" muchali vakillarini 2019 yil nimalar kutmoqda?
SIGIR: — (1901, 1913, 1925, 1937, 1949, 1961, 1973, 1985, 1997, 2009)

UMUMIY TA’RIF

2019 yil sigir muchalida tavallud topganlar uchun unumdor kechishi kutilmoqda. Sizni ham ishda, ham biznesda, ham shaxsiy hayotda yorqin lahzalar, betakror onlar qarshi oladi. Faqat siz bu natijalarga erishish uchun sal qaysarroq va injiqroq bo‘lishingiz lozim. Bundan tashqari, atrofdagilarning har bir gap-so‘zlarini tahlil qila biling. Aks holda tanqidlar sabab bo‘lib ko‘pchilikning diliga ozor berishingiz mumkin. Yil davomida surunkali xastaliklar qaytalanish ehtimoli bor. Oilasizlar orzusidagi insonni uchratadi va to‘ng‘iz yilida baxtli hayot quradi.

SALOMATLIGI
2019 yil salomatligingiz mustahkam kechishidan darak bergan. Faqat siz bu iltifotga javoban sog‘lom turmush tarzi tarafdori bo‘lishingiz kerak. Ayniqsa, to‘g‘ri, rejim asosida, me’yorni unutmagan holda ovqatlanishga e’tibor qaratishingiz zarur. Bundan tashqari, zararli odatlardan albatta voz keching. Spirtli ichimliklar ichmang, jismoniy mashqlar bilan band bo‘ling. Ayrimlar ruhiy jihatdan yil bo‘yi bezovta bo‘lishlari kutiladi. Mehnatkash do‘stlarimiz tez-tez holsizlikdan shikoyat qila boshlashadi. Biling, ishlagan odam dam olishni ham bilishi lozim. Sabzavotlar, vitaminga boy mevalar iste’mol qiling. Tog‘ yon-bag‘irlariga chiqib dam oling, havo almashtiring.

AYOLLAR
Sigir muchalida tug‘ilgan ayollarning ko‘pchiligi 2019 yili fe’liga xos bo‘lgan qaysarlikdan voz kechib, yanada muloyimlashishlari zarur. Shunda ezgulik hamrohingizga aylanadi.

Turmushga chiqmagan qizlar to‘ng‘iz yilida aldanib qolishdan saqlansinlar. Yangi tanishuvlarni, xushomadlarni yaxshilab tahlil qiling. Qaysi yigit sevgi izhor qilsa ishonib ketavermang. Oilali ayollar birinchi o‘ringa oilasini, turmush o‘rtog‘i va farzandlarini qo‘ya bilishi lozim.

Ayollar 2019 yili moliyaviy inqiroz kabi ko‘ngilsizliklardan nari bo‘lishadi. Rahbar lavozimda ishlayotganlarning martabasi yanada oshishi haqiqatga yaqin. Yoqimli xaridlarga ham yo‘l bering. Faqat pulni tejab sarflashni ham unutmang.

ERKAKLAR
2019 yil yoz oylariga borib sigir muchalida tug‘ilgan erkaklar moddiy jihatdan ahvolini yanada mustahkamlashi kutilmoqda. Tadbirkorlar ham ayni yoz pallasida muvaffaqiyatli kelishuvlarni amalga oshirib, mo‘may daromad egasiga aylanadi.

Martaba, lavozim oshishini tushunsa bo‘ladi. Bu erkak kishi uchun juda kerak. Lekin salomatlikni unutib qo‘ysangiz, u yomonlashishi, oqibatda o‘sha martaba va lavozimlar ham sizdan yuz o‘girishi tayin.

Oilaviy hayotda juftingiz bilan bir-biringizni tushungan holda ish tutsangiz, hammasi yaxshi bo‘ladi. Ahillik tufayli ro‘zg‘orga baraka kiradi. Oila qurmaganlar emotsiya quliga aylanib qolmasdan, xotirjamlik bilan harakatlar sodir etsalar baxt albatta yuz ko‘rsatadi.

Источник: hordiq.uz
Категория: Munajjimlar bashorati 2019-yil uchun / 2019-йил мунажжимлар башорати | Добавил: MASSARI (02.01.2019)
Просмотров: 3426 | Теги: 2019-yil, Sigir muchali, Munajjimlar bashorati | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]