наверх
Главная » Статьи » Kerakli va Foydali » Munajjimlar bashorati 2019-yil uchun / 2019-йил мунажжимлар башорати

"Yo'lbars" muchali sohiblarini 2019 yilda nimalar kutmoqda?
Yo'lbars: (1902, 1914, 1926, 1938, 1950, 1962, 1974, 1986, 1998, 2010 yy.)

UMUMIY TA’RIF

2019 yil shaxsiy hayotingizda kutilmagan va yoqimli sovg‘alar tayyorlab qo‘ygan. Bu sovg‘alarni yil davomida qabul qilib olishingiz tayin. Ayniqsa, oila qurmaganlar hayotida romantika hukm surishi ahamiyatlidir. Yozga borib yo‘lbars muchali vakil va vakilalari qarshisida shunday imkoniyatlar paydo bo‘ladiki, buni yetti uxlab tushingizda ham ko‘rmagansiz. Ayrim erkaklar hamkasabalardan biri bilan romantik lahzalarni boshdan kechirishi ehtimolga yaqin.
Olis safarlar ham 2019 yili yetarlicha ko‘zda tutilgan. Faqat safarga chiqmang. Muammolardan qochib salomatlikni tiklash payida bo‘ling.
Pul masalasida muammo deyarli yuzaga kelmaydi. Asosiysi, moliyaviy inqirozdan qochmang. Moddiy ahvolingizni qarindoshlardan biri yaxshilash yo‘lida kuyib-pishishi mumkin. Moliyaviy masalada chuv tushishlar, aldanishlardan nari bo‘ling.

SALOMATLIGI
2019 yili ishchanlik to‘liq sizning qo‘lingizda bo‘ladi. Yangi yilda salomatligingiz juda yaxshi holatda bo‘ladi. Mavsumiy viruslarga qarshi organizmingiz to‘laqonli kuch bilan qarshilik ko‘rsata oladi. Ammo buning uchun hozirdan immunitetni ko‘tarish, sog‘lom turmush tarziga, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy harakatlarga e’tibor qaratishingiz lozim. Shu bilan birga dam olishni ham unutib qo‘ymang. Sizning eng zaif nuqtangiz nafas yo‘llari hisoblanadi. Qolaversa, to‘ng‘iz yilida siz tomoq og‘rig‘i, gaymoritdan bezovta bo‘lishingiz ehtimolga yaqin. Stresslar ham o‘z aybingiz bilan sizni tark eta qolmasligi mumkin.

AYOLLAR
To‘ng‘iz yili yo‘lbars muchalida tug‘ilganlarga keragicha ijobiy emotsiyalarni hadya etadi. Shaxsiy hayotni yaxshilash va martabani yuqori cho‘qqilarga olib chiqish uchun ham 2019 yil juda qulay kechadi. Turmushga chiqmagan qizlar sal faolroq, sergakroq bo‘lishlari tavsiya qilinadi. Shunda siz tezroq baxtingizni topishingiz mumkin. Yil bo‘yi lablaringizdan tabassum arimasa, do‘stlaringiz ko‘payadi. Oilali ayollar farzandlari tarbiyasiga yanada sinchkovroq munosabatda bo‘lishlari lozim. Yana shu narsani esda tutingki, martaba, ish deb yuguraverishingiz noto‘g‘ri bo‘ladi. Siz oilangizni birinchi navbatga qo‘ya olishingiz zarur.
ERKAKLAR
Sizni qiynashi, bezovta qilishi mumkin bo‘lgan muammolarning deyarli barchasi eski yilda qolib ketadi inshoolloh. Yil sizga har jabhada omad eshiklarini katta ochib qo‘yadi. Oilaviy hayotingizda yil davomida garmoniya hukm suradi. Ammo bu holat qachonki jahldorlikka erk bermasdan, har bir masalaga xotirjam yondasha olsangizgina yuzaga keladi. To‘ng‘iz yilida zinhor ehtiros quliga aylanmang. Ayrimlar 2019 yil ikkinchi yarmida yuqori lavozimga tayinlanishlari mumkin. Moddiy ahvolingiz hamisha yaxshi bo‘lishi uchun xarajatlarni keskin kamaytirishingiz kerak.

Источник: hordiq.uz
Категория: Munajjimlar bashorati 2019-yil uchun / 2019-йил мунажжимлар башорати | Добавил: MASSARI (02.01.2019)
Просмотров: 3705 | Теги: Yo'lbars muchali, 2019-yil, Munajjimlar bashorati | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]