наверх
Главная » Статьи » SMS Sherlar / СМС Шерлар / СМС Стихи » 14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / ASKARLAR, HARBIYLAR UCHUN SHERLAR

O'zbekiston xarbiy askarlari uchun she'r (14-yanvar uchun)
Bir xil yur, deb uqtirar serjant,

Bir xil tur, deb uqtirar serjant.

Uxlar bo‘lsang, tushlaringni ham

Bir xil ko‘r, deb uqtirar serjant.



Bir xil tushmas ammo negadir,

Poyma-poydir qadamlarimiz.

Kimdir safdan qolib ketadi,

O‘zib ketar ildamlarimiz.



Bir haftami, o‘n kunmi o‘tgach,

Izga tusha boshlar hammasi.

Tarbiyalar bizlarni chanqash

Va toshyo‘lning o‘tdek nafasi.



Hayotda-chi, ammo hayotda

Teng tushmaydi aslo odimlar.

Kimlar qolib ketadi ortda,

Ilgarilab ketadi kimlar.



Buni o‘nglab bo‘lmaydi hargiz,

Har kim qo‘ldan kelgancha yashar.

Lekin, do‘stlar, shu yurt uchun biz

Bir umrga askarmiz, askar.



Mayli, turfa kechsin kunimiz,

Har xil bo‘lsin bizda quvonch, dard.

Ammo shu el, shu Vatanni biz

Birday halol sevmog‘imiz shart!

Источник: zamonaviy.uz
Категория: 14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / ASKARLAR, HARBIYLAR UCHUN SHERLAR | Добавил: MASSARI (12.01.2018)
Просмотров: 356 | Теги: 14-yanvar, Askar, harbiy | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]