Регистрация
Меню сайта
Реклама

0
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 22 fevral kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esa ... Davomini o'qish »
0
O‘ziga xos qo‘shiqlari bilan xalq qalbidan munosib joy egallagan Zohirshoh Jo‘rayev instagram sahifasi orqali konsertiga tushgan muxlislariga o‘z tashakkurini izhor etgan. Shu bilan birga xonanda Munisa Rizayevaga ham alohida minnatdorchilik bildirib, uni hurmat bilan “do‘stim” deb atagan.

– Assalomu alaykum azizlarim. Mening eng baxtli kunlarimdan birida yonimda bo‘lganingiz uchun behad minnatdorman. Boringizga shukr.
Do‘stimiz Munisa Rizayevaga ham alohida minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Do‘stimga qancha ta’rif bersam, shuncha oz. Alloh rozi bo‘lsin!

Munisa Rizayeva ham bu tashakkurga javoban: “Sog‘ bo‘ling, do‘stim”, deb javob qaytargan.
Demak ularning munosabati do‘stona ekan!
0
Kecha mashhur turk aktyori Burak O‘zchivit bilan uyushtirilgan suhbatni juda ko‘pchilik «Zo’rTV» telekanali orqali tomosha qilgani aniq. Taassurotlar ham turlicha. Ayrimlar (asosan ayollar) Burakning ko‘rkam tashqi ko‘rinishi va turkchada juda shirin gapirishiga maftun bo‘lgan bo‘lsa, ayrimlar esa suhbatni olib borgan Alisher Uzoqovning dimog‘dor ohangi, krossovkasi va ba’zi ahmoqona savollaridan achchiqlanishmoqda.

Masalan, o‘zbek kino rejissyorlari sizni kinoga taklif qilishsa, «skidka» qilib bera olasizmi, qabilidagi savol hammasidan oshib tushdi. Nima, o‘zbek rejissyorlari shu qadar qashshoqmi?!

Yana «Sevgi iztirobi» seriali dublyajidan bir lavha ko‘rsatilishi ham Alisher Uzoqovni o‘z-o‘zini reklama qilish bo‘ldi. Binobarin Burakka ovoz bergan Sanjar Sa’dullayevni olib kelolmagan ekansiz, dublyajdan parcha nega kerak? Aktyorni qiziqtirib qo‘yganingiz qoldi, xolos.

Xullas, ko‘pchilik yurtdoshlarimiz fikricha, Burak bilan suhbatni dilkashroq bir ... Davomini o'qish »
0
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tanqidchilarining fikrlariga munosabat bildirdi.
Ayrimlar hozirgacha Gvardiolaning “Barselona”da ishlagan vaqtida qo‘lga kiritgan sovrinlariga futbolchilar asosiy sabab bo‘lganligi haqida aytib kelishadi.

“Men Chempionlar ligasida g‘olib chiqa olmayman, chunki hozirgi jamoam safida Messi, Xavi, Inesta yo‘q? To‘ppa to‘g‘ri. Bu fikrga qo‘shilaman. Bu holatda tortishishning hojati ham yo‘q. Chunki “Barselona”da ishlagan paytimda ham aytgaman. Qo‘l ostimda ajoyib futbolchilar bo‘lgan. Shuningdek, “Bavariya”da ham, hozir “Manchester Siti”da ham ajoyib futbolchilarga ustozlik qilayapman. Ammo “Barselona”da baxtli va omadli edim. Kechirasizlaru, rostdan omadim kulib boqqan. Shu bois tanqidchilarimning fikriga qo‘shilaman”, deya Gvardiolaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola bosh murabbiyi sifatida 2009 va 2011 yillarda Yevropa chempionlar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan ... Davomini o'qish »
0
Ramzan Qodirov Checheniston hukumati raisi Muslim Xuchiyevni respublika rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlagani sababini gripp bilan izohladi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

“Allohga shukr, organizmim baquvvat, ikki kun suv ulandi, xolos. Endi hammasi risoladagidek. 16-fevraldan o‘z vazifalarimni to‘liq bajarishga kirishdim. Turli kasalliklarni tezroq yengib o‘tishni istasangiz, sizga ham sport bilan shug‘ullanishni tavsiya qilaman”, — deya yozuv qoldirgan Qodirov Telegram-kanalida.

Checheniston rahbarining aytishicha, toqqa ikki kunlik safari davomida shamollab qolgan. Oldinroq uning Dubayda bo‘lib turgani bildirilgandi.
0

NASA Avstraliyadagi suv toshqinini koinotdan suratga oldi

Автор: VerSignкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 19.02.2019
NASA Avstraliyaning Kvinslend shtatidagi suv toshqini oqibatlari tushirilgan suratlarni internetdagi rasmiy saytiga joyladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Kvinslendda bir necha hafta davomida yomg‘ir yog‘gan. Flinders daryosi juda ham to‘lganidan koinotdan olingan suratlarda ko‘rinishi o‘zgargan.

Saytda bitta hududning toshqindan oldingi va keyingi holati aks etgan suratlar berilgan.

Toshqin fermerlarga katta ziyon keltirgan. Uning natijasida yuz minglab hayvonlar halok bo‘lgan.
0
O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Baxtiyor Ibragimov 19-fevral kuni Toshkentdan Sharjaga jo‘nab ketdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Baxtiyor Ibragimov oldin Vazirlar Mahkamasida sho‘’ba mudiri bo‘lib ishlagan.
0
Sirdaryo viloyatida investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hudud aholisi bandligini ta’minlash, shu orqali daromadi yuksalishiga xizmat qilmoqda, deb yozadi O‘zA.

O‘tgan yili umumiy qiymati 94,1 million AQSh dollari, jumladan, 78,8 million dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobiga 20 ta loyiha amalga oshirildi.

Joriy yilda 25 ta loyihani ishga tushirish hisobiga 3 mingdan ortiq kishining bandligi ta’minlanadi. Xorijiy investitsiya loyihalarining to‘liq amalga oshirilishi natijasida yillik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati 1,3 trillion so‘mga, eksport hajmi esa 33 million dollarga ortishiga erishiladi.

Masalan, Sirdaryo tumanida Xitoyning 17 million dollarlik investitsiyasi hisobiga metallni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan “Vanda group” qo‘shma korxonasi, Yangiyer shahrida Turkiyaning 65 million dollarlik investitsiya kiritishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘l ... Davomini o'qish »
0
Xonanda Ozoda Nursaidova yurak xastaligi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. 10-fevral kuni Ozoda Nursaidova vafot etgani haqida yolg‘on ma’lumotlar ham tarqaldi. Xonanda Ozoda Nursaidova Instagram’dagi rasmiy sahifasida bo‘lib o‘tgan voqealarga oydinlik kiritish uchun video post joyladi.

Assalomu alaykum aziz muxlislar, hurmatli obunachilar, men ancha yaxshiman. O‘zimni yaxshi his qilyapman. Shu bir haftaning ichida g‘alati, kutilmagan narsalar bo‘lib ketdi. Avvalo qilingan duolar, aytilgan tilaklar umuman olganda qo‘llaganliklaring uchun sizlarga mingdan-ming rahmat. Bundan buyon faqat yaxshi, xursandchilik kunlaringda sizlar uchun xizmat qilish nasib qilsin. Internetdagi ba’zi bir narsalarga ishonmanglar, borman, tirikman. Aytgancha, Bishkekliklarni 8—9-mart kuni konsert dasturimda kutib qolaman. Hammaga rahmat.

Ozoda Nursaidova, xonanda
0
O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi ayni damda Portugaliya chempionatida faoliyat olib borayotgan Sardor Rashidov 16-fevral kuni mamlakat chempionatining 22-turida o‘rin olgan “Nasional”—“Feyrensi” uchrashuvida (4:0) uchta gol urib, het-trikka erishdi. “Daryo” tahririyati o‘yindan so‘ng o‘zbekistonlik futbolchi bilan kichik suhbat uyushtirdi.

O‘yin haqida

— O‘yin juda qiziq bo‘ldi. Uchta gol urib, het-trik qayd etganimdan juda xursandman. Ushbu gollarni vatanim, O‘zbekiston xalqiga bag‘ishlayman. Menga bildirilayotgan e’tibor va muxlislik uchun barchaga tashakkur aytaman va yanada yaxshiroq o‘yin ko‘rsatib, ko‘plab gollar urishga intilaman.

“Nasional”da qanday kutib olishgani haqida

— “Nasional”da barcha birdek meni iliq kutib oldi. Hammasi joyida. Klub o‘z tarixiga ega, undan munosib o‘rin olishga harakat qilaman.

Ko‘plab murabbiylar bilan ishlagani va mashg‘ulotlar o‘rtasidagi farq haqida

— Ko‘p murab ... Davomini o'qish »
0
Amerikalik Jon Eyden va uning otasi Viskonsin shtatida baliq ovi paytida ulkan osyetr balig‘ini ovlangan, deya xabar beradi “Tengrinews”.

Baliqning uzunligi 217 santimetr, vazni — 77,5 kilogramm. Uyga qaytgach, baliqchi ushbu baliq haqida ma’lumot qidira boshlagan, ammo bu og‘irlik eng yuqori ko‘rsatkich emasligini tan olishga majbur bo‘lgan.

AQSh atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi katta baliqlarni kuzatib boradi va 2012-yilda 222 santimetrdan ortiq baliq va deyarli 109 kilogramm bo‘lgan baliq topilgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, u 125 yoshda bo‘lgan, ya’ni 1887-yilda tug‘ilgan.

U ro‘yxatga olingan va ozod etilgan. Shunga qaramay Jonning tutgan osyotri uzunligi bo‘yicha rekordni uradi: avvalgi osyetr 214 santimetr bo‘lgan.

Bu baliqni ilgari ko‘rgan biolog Jonga murojaat qilgan. Bir necha yil ilgari baliq oshqozoniga kuzatuvchi qurilma joylashtirilgan.

Hozirda qurilma olimlarga topshirilgan va ular taxminan ... Davomini o'qish »
0
Google’dan Erik Shmidt va Facebook’dan Sheril Sandberg yashaydigan Kaliforniya shtatining Aterton shahri uch yil ketma-ket Amerikaning eng boy hamjamiyati deb tan olingan. Bu haqda “ForumDaily” xabar berdi.

2017-yilda Atertonda o‘rtacha uy bekalari daromadi 450 696 AQSh dollarini tashkil etdi, bu esa Bloomberg’ning yillik indeksidan ham ko‘p.

Aterton meri Bill Vidmerning so‘zlariga ko‘ra, daraxtlar bilan qoplangan ko‘chalar va ko‘p sonli uchastkalar aholiga sokinlik bag‘ishlasa-da, aholi uylaridan bir necha daqiqa o‘tar-o‘tmas Stenford universiteti, Google va Facebook joylashgan.

Nyu-York shtatidagi Manxettenning shimolida joylashgan Skarsdeyl bu yil ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘tgan yilgi hisobot davri bilan taqqoslaganda, uning aholisining daromadi o‘rtacha 30 ming dollarga o‘sgan.

Amerikaning 100 ta eng boy joylarining yarmidan ko‘pi Nyu-York yoki Kaliforniyada joylashgan.
0
Chikago (Illinoys) aholi soni bo‘yicha Qo‘shma Shtatlardagi ikkinchi shahar, ammo mana bir necha yildirki u mamlakatning eng korrupsiyalashgan shaharlari ro‘yxatida yetakchilik qiladi, deya xabar beradi “ForumDaily”.

Chikago shahridagi Illinoys universitetida 11-fevralda chop etilgan “Chikago va Illinoys shtatidagi korrupsiya” nomli hisobotda, AQShning so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi federal ayblovlari darajasi kamayganiga qaramay, Chikago bunday qatorlar ro‘yxatiga boshchilik qilishda davom etmoqda.

Bundan tashqari, Illinoys boshqa yirik shtatlar va Kolumbiya okrugiga nisbatan aholi jon boshiga uchinchi eng korrupsion davlat bo‘lib qolmoqda.

Guruh Adliya vazirligining so‘nggi ma’lumotlaridan foydalangan, bu 2017-yil davomida Illinoys shimoliy hududida, Chikago shahrini va shimoliy qismini o‘z ichiga olgan korrupsiyaga oid jami 25 ta hukm chiqarilganligini ko‘rsatadi.

Bu raqam 2016-yilda 30 ta hukmdan iborat bo‘lgan, so‘nggi 10 y ... Davomini o'qish »
0

Kemerovo viloyatida qora qor yog‘di (foto)

Автор: VerSignкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 15.02.2019
Kemerovo viloyatining uchta shahri — Prokopyevsk, Kiselevsk va Leninsk-Kuzneskda qora qor yog‘di, deya xabar beradi “Vedomosti”.

Viloyat prokuraturasi mahalliy OAVning “Prokopevskaya” qayta ishlash zavodida ko‘mir changining otilishi to‘g‘risida xabar tarqalganidan so‘ng tekshiruvni boshlagan.

Kemerovo viloyati hokimi o‘rinbosari Andrey Panovning aytishicha, ifloslanishning sababi bug‘ qozonlari ham bo‘lishi mumkin.
... Davomini o'qish »
0

Xitoyda dunyoda eng yirik aeroport qurilmoqda (foto)

Автор: VerSignкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 15.02.2019
Xitoyda yangi aeroport qurilish ishlari olib borilmoqda. Qurilish ishlari yakuniga yetgach u dunyoda eng yirik aeroportga aylanadi, deb yozadi TravelAsk.

Pekin shahrida qurilayotgan xalqaro aeroport yo‘lovchilar tashish salohiyatiga ko‘ra dunyodagi barcha aeroportlarni ortda qoldiradi. Unda yiliga 100 milliongacha yo‘lovchi tashish ko‘zda tutilgan. Binoni joriy yilning kuz oyidayoq qisman foydalanishga topshirish rejalashtirilgan bo‘lib, qurilish ishlari butunlay yakunlanishi 2022-yilga mo‘ljallangan.

Pekin Dasin aeropor ... Davomini o'qish »
0

Bill Geyts soliqlarning pastligidan shikoyat qildi

Автор: VerSignкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 15.02.2019
Dunyodagi eng boy odamlarning ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallagan, 96,7 milliard AQSh dollarga teng boylikka ega Microsoft asoschisi Bill Geyts yana bir bor uning soliqlar summasi ozligidan norozi ekanini bildirdi. Bu haqda “ForumDaily” xabar berdi.

Tadbirkor u tomondan to‘langan soliq miqdori qariyb 10 milliard AQSh dollardan oshgan bo‘lishiga qaramay undan ham ko‘p pul to‘lashi mumkinligini ma’lum qilgan.

Geyts o‘zini “qonunga itoatkor” soliq to‘lovchi deb atadi, ammo AQShda soliq stavkalari yanada progressiv bo‘lishi kerak, degan fikrni bildirdi. Shuningdek, milliarder boshqa boylar singari o‘zini boyliklariga arzimasligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u vaqt, omad va u bilan ishlagan odamlar tufayli boylikka erishgan.

Geyts meros solig‘ini oshirish foydasi haqida ham gapirgan: AQShda ota-onalar farzandlariga 11,5 million AQSh dollardan ortiqroq pul tashlab ketishi mumkin, ammo u soliqqa tortilmaydi.

Microsoft asoschisining fi ... Davomini o'qish »
1 2 3 ... 167 168 »