наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
18:08
10-aprel kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

10-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 7—9, kunduzi 13—15 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zA.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 16 daraja iliq, shimol bo‘ylab 0-2 darajagacha sovuq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5—10, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 5—10, kunduzi 13—18 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5—10, kunduzi 13—18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 6—11, kunduzi 18—23 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 5—10, kunduzi 13—18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, ba’zi joylarda 5 darajagacha sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 375 | Добавил: VerSign | Теги: yomg'ir, Ob havo | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]