наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
23:30
1 apreldan gaz va elektr energiyasi narxlari oshiriladi

1 apreldan aholi uchun tabiiy gaz narxi 10 foizga, elektr energiyasi esa 12 foizga oshishi kutilmoqda. Bu haqda payshanba kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub yig‘ilishida O‘zbekiston iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu 2018 yilgi davlat byudjetida ko‘zda tutilgan bo‘lib, inflyatsiya ko‘rsatkichlariga mos keladi. Shu bilan birga, iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari yil davomida oylik va nafaqalar ham adolatli ravishda oshirilishini qo‘shimcha qildi.

Dekabrda Mubin Mirzayev 2018 yilda O‘zbekistonda oylik ish haqining o‘sishi inflyatsiya darajasidan past bo‘lmasligini ma’lum qilgan edi.

Gaz va elektr energiyasi tariflari oxirgi marta 2017 yilning iyulida oshirilgan.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 810 | Добавил: MASSARI | Теги: Gaz, to'lovlar, Elektr energiyasi, 1-aprel | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]