Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

1 oktyabrdan minilgan avtomobilni yangisiga qo‘shimcha haq to‘lash bilan almashtirishingiz mumkin

Автор: MASSARIкатегория: Avto Olamдата: 19.10.2019
O‘zbekistonda 2019 yil 1 oktyabrdan minilgan avtomobilni yangisiga qo‘shimcha haq to‘lash bilan almashtirish borasidagi jahon amaliyoti tatbiq etilishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zavtosanoat» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu amaliyot Prezidentning joriy yil 18 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha choralar to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Matbuot xizmatiga ko‘ra, minilgan avtomobil egasi uni avtosalonda qo‘shimcha haq evaziga mutlaqo yangi avtoga almashtirishi mumkin bo‘ladi. Minilgan avtomobil sotib olishni istaganlar esa uni avtosalondan xarid qilishda mashinaning yuridik «tozaligi» va rosmana «kasallik tarixi»ga ishonchi komil bo‘ladi.

O‘z avtomobilini yangilash istagida bo‘lganlar uchun qanday afzalliklar bor?

- barcha bitimlar bir joyda, madaniy tarzda va xavfsiz;
- rasmiylashtirishning birpasda bo‘lishi va salonlardagi qulay sharoitlar (avtobozorlarga qaraganda);
- avtohavaskorning «yayov» davri maksimal darajada qisqaradi;
- avtobozorlarga qatnash va dallollar bilan muloqotga hojat qolmaydi;
- ikki bitim bittada bo‘ladi: eski avtomobilni sotasiz va shu zahoti yangisida ketaverasiz;
- rasmiy diler mijozning minilgan avtomobili qiymatini, u sotilishini kutib o‘tirmay, yangi mashina qiymatiga kiritib yuboradi;
- ayrim «shubhali» xaridorlar bilan uchrashish, shuningdek, avtomobilni ko‘plab odamlarga ko‘rsatish va chalg‘ituvchi qo‘ng‘iroqlar zarurati yo‘qoladi.

Trade-In tizimi bo‘yicha bitim xususiyatlari:
Diler yangisining evaziga oladigan avtomobil keyinroq qayta sotiladi, shu sababli u to‘liq sotuvoldi tayyorgarligidan o‘tadi, uning ichiga kichik kosmetik ta’mirlash, yuvish, kuzovni silliqlash, salonni kimyoviy tozalash va mashinaga tovar ko‘rinishini berishga qaratilgan boshqa amaliyotlar bajariladi.

Texnik jihatdan ham minilgan avtomobil ko‘pincha ba’zi xarajatlarni taqozo qiladi. Binobarin, diler avtomobilni imkon qadar arzonroqqa sotib olishdan manfaatdor bo‘ladi (har bir xaridor kabi).

«O‘z avtomobilingizni yangisiga almashtirishdan oldin bir nechta dilerlarga boring, narxlarni solishtiring, bunda avtomobillar komplektatsiyasini, albatta, hisobga oling», — deyiladi xabarda.

Теги: Minilgan mashina, Avtomobil

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]