наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
11:44
2018-yilda O‘zbekistonda qurilish materiallari narxi oshadi

2018-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasining o‘sishiga asosiy sabablardan biri qurilish materiallari narxining oshishi bo‘ladi. Bu haqda, Davlat statistika qo‘mitasiga asoslanib, “Spot.uz” xabar bermoqda.

Bu holat Vazirlar Mahkamasining 1025-sonli “Tabiiy gaz va elektr energiyasini yetkazish va realizatsiya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining amalga kirishi bilan bog‘liq.

Hujjatga muvofiq, pishiq g‘isht, asfalt va sement, beton, gipsokarton va boshqa qurilish materiallarining ishlab chiqarilishida ishlatiladigan gaz va elektr energiyasi 2018-yil 1-yanvaridan ko‘tarilgan tariflar bo‘yicha narxlanadi.

Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi mahsulot narxining oshishiga olib keladi, bu, o‘z navbatida, nooziq-ovqat mahsulotlari narx indeksida va umumiy inflyatsiyasida aks etadi
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 718 | Добавил: VerSign | Теги: Qurilish materiallari, narxi oshadi | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]