наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
13:22
2018 yildan malaka oshirmagan haydovchilar ma’muriy javobgarlikka tortiladi

2018 yilning 1 yanvaridan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotranport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar ikki yilda bir marta malaka oshiradilar. Bu haqda Qalampir nashri xabar bermoqda.

Haydovchilarga malaka oshirgani to‘g‘risida “Avtotest Report” MChJ o‘quv kompleksining sertifikati topshiriladi. 2018 yil 1 iyuldan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini sertifikatsiz boshqargan haydovchilarga nisbatan ma’muriy javobgarlik joriy etiladi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 4 sentyabrda qabul qilingan “Innovatsion o‘qitish uslublarini joriy etish yo‘li bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan.

Bu qaror orqali yo‘l harakati, fuqarolar hayotining xavfsizligi ta’minlanadi, YTHdan ogohlantirish chora-tadbirlarini kuchaytiriladi.
Manba: qalampir.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 459 | Добавил: MASSARI | Теги: YTH, Avtotest Report, haydovchilar | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]