наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
23:56
22 noyabr kuni Oʻzbekistonda yomgʻir yogʻadi

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 22 noyabr kuni poytaxtda havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 4-6, kunduzi 13-15 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, kechasi ayrim joylarda yogʻingarchilik boʻlishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi baʼzi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol baʼzi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol baʼzi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻladi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 7-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Manba: kun.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 213 | Добавил: MASSARI | Теги: ob-havo, o'zbekiston, yomg'ir | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]