Регистрация
Меню сайта
Статистика

Онлайн всего: 61
Гостей: 61
Пользователей: 0

0
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘ynash uchun harakat qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi saralashning 2-turida ham zafar quchdi.

Nepal olimpiyachilariga qarshi maydonga tushgan Ravshan Haydarov murabbiyligidagi jamoa 2:0 hisobida zafar quchdi. Hisob himoyachi Doston Tursunov tomonidan ochilgan bo‘lsa, keyinroq “Nasaf”ning Yevropa klublari qiziqayotgan a’zosi Aziz G‘aniyev ikkinchi golga mualliflik qildi.

Nepal ilk turda saralash mezboni BAA bilan o‘ynab, 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergandi. O‘zbekiston terma jamoasi esa 1 ta avtogol hamda “Nasaf” hujumchisi Bobur Abduxoliqovning dubli sabab Livanni taslim qilgandi — 3:1.

Shu tariqa Nepal Osiyo chempionatidan chetda qoldi. O‘zbekiston hal qiluvchi o‘yinni 19-iyul kuni Amirlik termasiga qarshi o‘tkazadi. O‘z navbatida BAA olimpiyachilari bir necha soatdan keyin Livanga qarshi o‘yinni yakunlaydi.

Turnir reglamentiga ko‘ra, guruh peshqadamlari Osiyo c ... Davomini o'qish »
0
Google’ning yetakchi kvant texnologi Jon Martinis o‘z laboratoriyasida o‘ta qudratli kvant kompyuteri yaratilayotgani, uning ishini oddiy kompyuterlar yordamida tekshirish mumkin emasligi haqida gapirib berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Biz hozirda juda kuchli hisoblash tizimini yaratishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz va hatto bu ishni boshladik. Avvalo, biz ‘kvant ustunligi’ jumbog‘ini yechib, kvant kompyuterlar haqiqatan ham ‘yechib bo‘lmaydigan’ vazifalarni hal eta olishini isbotlamoqchimiz, shundan so‘nggina uni amaliyotda qanday qo‘llash ustida bosh qotiramiz”, — dedi Jon Martinis.

Kvant kompyuterlar qanday kutilmagan topshiriqlarni bajara olishi haqidagi savolga javob berar ekan, Jon kimyodagi kvant jarayonlarni o‘rganishni tilga oldi.

“Bu yerda biz kvant hisoblash tizimlari ‘otasi’ Richard Feynman aytgan gapga qaytamiz — biz murakkab kvant muammolarni yechish va murakkab kvant tizimlar xulqini tavsiflash uchun kvant kompyuterlarni yaratamiz”, — ... Davomini o'qish »
0
SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Gubernatorlar milliy uyushmasi uchrashuvida nutq so‘zlar ekan, “sun’iy aql insoniyat sivilizatsiya sifatida to‘qnash keladigan asosiy xavf” ekanligini aytdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Mask ishlab chiquvchilar yanada ilg‘or texnologiyalar ortidan quvib, sun’iy aql keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xavflarni unutib qo‘yishidan cho‘chimoqda.

“Robotlar soxta yangiliklar va press-relizlarni tarqatish, elektron pochta hisoblarini qalbakilashtirish va axborotni manipulyatsiya qilish orqali urush boshlashi mumkin. Qalam qilichdan o‘tkir”, — dedi u.

SpaceX va Tesla rahbari eng ilg‘or sun’iy aqldan foydalanish imkoniyati borligini aytib, shu tufayli uning so‘zlariga ishonishga chaqirdi.

Uning fikricha, bu sohada davlat nazorati zarur, u kompaniyalarni yanada mukammal sun’iy aql ortidan quvishdan tiyib turadi.
0
Plastikning metalldan asosiy ustunligi uning yengilligidir: plastik qismlar po‘latga qaraganda o‘rtacha 25—30 foiz yengil hisoblanadi. Avtomobil vaznining kamayishi esa uning yoqilg‘i sarfini kamaytirish imkonini beradi, deb yozadi Forbes.

Po‘lat ikkinchi sanoat inqilobidan buyon sanoatning barcha sohalarida keng qo‘llaniladi. Biroq bugungi kunda undan faol foydalanish o‘rnini boshqa materiallar egallamoqda.

Metalldan voz kechish an’anasini avtomobilsozlikda plastikdan foydalanish misolida ham kuzatish mumkin. 1970-yillardan boshlab avtomobillardagi metall qismlar ulushi kamayib bormoqda: agar avvalgi avtomobilning 79 foizini po‘lat tashkil qilsa, bugungi kunda avtomobillardagi metallning ulushi 55 foiz atrofida. Plastmassa esa aksincha qat’iy o‘sishda davom etmoqda: 1970-yillarning boshidagi olti foizdan 2020-yilga kelib 18 foizga, rezina esa ikki foizdan yetti foizgacha bo‘lgan ko‘rsatkichga yetishi ma’lum qilinmoqda. Bir qaraganda plastik faqat salonni beza ... Davomini o'qish »
0
Qoraqalpog‘istonda pensionerlar har oylik pensiya mablag‘larini mahalliy hokimlar, “Xalq banki” va pensiya jamg‘armasi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq posyolka, qishloq, ovul va mahallalardagi fuqarolar yig‘inlarida joylashgan kassalardan oladi. Bu haqda “Xalq banki” Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali boshlig‘ining o‘rinbosari A.Sadiqov ma’lum qildi, deya xabar beradi “KRuz.uz”.

“Xalq banki” filiallaridan maxsus kassalarga naqd pullarni o‘z vaqtida va uzluksiz yetkazib berish uchun 32 ta Damas rusumli avtomashinalar bilan ta’minlandi.

Qoraqalpog‘istonda 407 fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, mazkur hududlarda 247 nafar bank xodimi faqat pensiya pullarini tarqatish bilan shug‘ullanadi.

Respublikadagi 168 ming 182 nafar (aprel oyi holatiga) pensioner uchun bir oyda talab qilinadigan mablag‘ 78 milliard 759 million so‘mni tashkil etadi.
0
Oq uy AQSh fuqaroligini olgan britaniyalikka AQShning 44-prezidenti Barak Obamaning imzosi tushirilgan tabrik xatini yubordi deb xabar berdi Forum Daily.

Oq uy sobiq rahbarining imzosi tushirilgan hujjatni fuqarolikni olgan shaxsning rafiqasi Aisha Sultan o‘zining Twitter’dagi sahifasiga joylashtirdi.

“Buyuk Britaniyada tug‘ilgan turmush o‘rtog‘im bugun fuqarolikni qubul qilish vaqtida qasamyod qildi. Amerikaning yangi fuqarolari uchun berilgan papkada prezident Obamadan tabrik xati joylashgan edi”, — deb yozadi Aisha.
0
iPhone flagmanlarining yildan-yilga qimmatlashib borishi -- haqiqat. Ayni paytda 256 gigabaytli iPhone 7 Plus $969 dollardan sotilmoqda.

iPhone modelining 10 yillik yubileyi syurprizlarga boy bo‘ladi. Xususan, yangi model ham dizayn, ham texnik jihatdan tubdan o‘zgaradi. Apple ayni paytda yangi ayfonni yaratish uchun yangi texnologiyalarga bearmon pul sarflamoqda, yirik va qimmat startaplarni sotib olmoqda. Bunga e’tibor qilayotgan marketologlarning fikricha, bu chiqimlar uning narxiga ham ta’sir o‘tkazadi va keyingi iPhone narxi kamida $1,200 dan $1,400 dollar atrofida bo‘ladi.

Bu to‘g‘rida yaqindagina taniqli Apple tahlilchisi va Creative Strategies kompaniyasi prezidenti Tim Bajarin ham ma’lum qilgan.

Narx qimmatlashuvining birinchi sababi -- OLED matritsali yorqin ekran paneli bilan bog‘liq. 10 yillik yubiley talqini yanada yorqin va betakror ekran, yirik va yupqa korpus, ilg‘or kamera, kuchli platformaga ega bo‘ladi.

Yirik, ya’ni ... Davomini o'qish »
0
«Terbayt» nashri Toshkentdagi «Malika» bozorida sotilayotgan Iphone smartfonlarining narxlarini e’lon qildi. Narxlar 14 iyul holatiga ko‘ra keltirilgan.

iPhone 5s seriyasi

iPhone 5s (16 Gb, grey) — 2 415 000 so‘m

iPhone 6 seriyasi

iPhone 6 (16 Gb, gold, silver, grey) — 3 430 000 so‘m

iPhone 6 (64 Gb, gold) — 3 935 000 so‘m

iPhone 6+ seriyasi

iPhone 6+ (16 Gb, silver) — 3 935 000 so‘m

iPhone 6s seriyasi

iPhone 6s (16 Gb, rose) — 4 275 000 so‘m

iPhone 6s (32 Gb, gold, grey, rose) — 4 610 000 so‘m

iPhone 6s (64 Gb, grey) — 5 120 000 so‘m

iPhone 6s (128 Gb, grey) — 5 460 000 so‘m

iPhone 6s+ seriyasi

iPhone 6s+ (16 Gb, grey, silver) — 4 780 000 so‘m

iPhone 6s+ (64 Gb, grey) — 5 460 000 so‘m

iPhone 6s+ (128 Gb, gold, grey, rose) — 5 880 000 so‘m
< ... Davomini o'qish »
0
«Terbayt» nashri Toshkentdagi «Malika» bozorida sotilayotgan Galaxy J, Galaxy A va Galaxy S turkumiga kiruvchi smartfonlarning 15 iyul holatidagi narxlarini e’lon qildi.

Samsung Galaxy J turkumi

Galaxy J1 mini (2016) black, gold, white — 620 000 so‘m

Galaxy J1 Ace black, blue, white — 755 000 so‘m

Galaxy J1 (2016) black, gold, white — 850 000 so‘m

Galaxy J2 Duos black, gold, white — 930 000 so‘m

Galaxy J3 (2016) black, gold, white — 1 010 000 so‘m

Galaxy J5 (2016) black, gold, white — 1 370 000 so‘m

Galaxy J5 Prime black, gold — 1 425 000 so‘m

Galaxy J7 (2016) black, gold, white — 1 610 000 so‘m

Samsung Galaxy A turkumi

Galaxy A3 (2017) black, gold, blue — 2 160 000 so‘m

Galaxy A5 (2016) gold — 2 250 000 so‘m

Galaxy A5 (2017) black, gold, blue — 2 810 000 so‘m

Galaxy A7 (2017) black, gold, blu ... Davomini o'qish »
0

Samsung yangi "maxfiy" smartfonga ega bo‘ldi

Автор: MASSARIкатегория: XXI tehnologiyasiдата: 17.07.2017
Geekbench benchmarketi ma’lumotlar bazasida Samsung’ning SM-G9600 deb belgilangan yangi smartfoni xarakteristikalari haqida ma’lumotlar paydo bo'ldi.

Apparat tarkibida hozircha rasman taqdim etilmagan Qualcomm SDM840 chipidan foydalanilgani ma’lum qilingan. Kuzatuvchilarning taxminicha, bu Snapdragon 820 protsessorining yaxshilangan namunasi — Snapdragon 840 bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Snapdragon 820 buyumi taktli chastotasi 2,2 GGs.gacha bo‘lgan to‘rtta 64 bitli Kryo hisoblash yadrosi, shuningdek Adreno 530 samarador grafik kontrollerga ega. Unda to‘rtinchi avlod mobil tarmoqlarida ishlash imkoniyati beruvchi X12 LTE modemi ham bor.

SM-G9600 smartfonida foydalanilgan protsessorga kelsak, taktli chastotasi 1,77 GGs bo‘lgan to‘rtta hisoblash yadrosi haqida gap boradi. Tezkor xotira hajmi 4 Gigabaytdan iborat.

Qurilmada Android 7.1.2 Nougat operatsion tizimdan foydalanilgani ta’kidlanmoqda. Displey va kamera xarakteristikalari och ... Davomini o'qish »
0
Telegram messenjeri yaratuvchisi Pavel Durov ushbu xizmatga Indoneziyada to‘siq qo‘yilganiga izoh berdi. U Indoneziya aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan tarmoqda terrorizm targ‘iboti bilan shug‘ullanayotgan kanallar ro‘yxatini yuborgani, ammo bu kanallarni to‘sishning imkoni bo‘lmaganini tan olgan.

«Biz indonez tili va madaniyatidan yaxshi xabardor mutaxassislardan iborat maxsus moderatorlar guruhini tuzamiz. Bu orqali terrorizm bilan bog‘liq so‘rovlarni aniqlash imkoni ortadi», — degan Durov.

U bu borada Indoneziya hukumatiga so‘rov yo‘llangani haqida ma’lum qilgan.

14 iyul kuni Telegram messenjeri Indoneziya hududida mamlakat aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi qarori bilan bloklangandi.
0
«Qirg‘iziston go‘zali 2013» unvoniga ega bo‘lgan 22 yoshli Jibek Nukeyeva vafot etdi. Bu haqda «KNews» xabariga tayanib Daryo yozmoqda.

Ilgari qiz sarkoma o‘simtali xastaligiga chalingani ma’lum bo‘lgan edi. U bu haqda qirg‘izistonliklarga maktub yo‘llagan va millionlab odamlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi.

Qirg‘iziston fuqarolari uning davolanishiga pul to‘play boshladi. Nukeyeva Italiya, Turkiya, Isroilning eng yaxshi klinikalarida davolandi, lekin uning hayotini saqlab qolishning imkoniyati bo‘lmadi.
0
Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi sudyasi Yelena Xaxaleva qizining to‘yini uyushtirib, unga 2 million dollar taklif qildi. Bu haqda mahalliy advokat Sergey Jorin Instagram orqali ma’lum qildi.

“Haftasiga sakkiz soatdan oyiga 20 ming rubl uchun ishlab yurganlar ko‘rib qo‘ying. Amaldagi qonunchilikka tayanib Krasnodar o‘lkasida haqiqatni himoya qilishga urinayotgan hamkasblar, ko‘rib qo‘ying”, — deb yozdi u.

“Ren TV” to‘y videolarini e’lon qildi. Kadrlardan ma’lum bo‘lishicha, to‘yga xonandalar Nikolay Baskov va Valeriy Meladze kelgan.

Shuningdek, videoda ko‘rinmagan bo‘lsa ham, marosimga qo‘shiqchi Vera Brejneva kelgani aytilmoqda.
0
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Unda ishtirok etgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yoshlarga munosib sharoitlar yaratish, uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Ilyos Rahimov O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi raisi etib saylandi. Kengash rahbari viloyat hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi va maqomi jihatidan hokimning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Anjumanda Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
0
Rejissor Zulfiqor Musoqovning ishchi nomi “Berlin — Oqqo‘rg‘on” bo‘lgan yangi filmi uchun fotokasting e’lon qilindi, deb yozadi “Afisha.uz”.

Kasting 14-iyuldan 29-iyulga qadar har kuni o‘tkaziladi. Xabarda talab qilinayotgan tipajlar keltirib o‘tilgan. Bular — 35—45 yoshlardagi tashqi ko‘rinishi Adolf Gitlerga o‘xshash erkak, 16—18 yoshlardagi ozg‘in o‘zbek qiz va 20—24 yoshlardagi ozg‘in o‘zbek yigit hamda 9—14 va 16—21 yoshlardagi yevropacha qiyofali qizlar va 18—23 yoshlardagi yevropacha qiyofali yigit.

Film “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “O‘zbekfilm” kinostudiyasi” tomonidan suratga olinadi. Postanovkachi rejissor va ssenariynavis — Zulfiqor Musoqov, postanovkachi operator — Azizbek Orziqulov.
0
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari 14-iyul kuni Quyuv-mexanika zavodi muhandisi Fayzi Abdurahimovni pora olayotgan vaqtda qo‘lga oldi.

IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, Abdurahimov o‘zini Toshkent temiryo‘l transporti muhandislari instituti xodimi sifatida tanishtirib, abituriyentlardan birini o‘qishga kiritib qo‘yish va’dasi bilan 8 ming dollar olgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan firibgarlik va pora berishga dalolatchilik qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘agan.

ToshTTMIga kiritib qo‘yish va’dasi bilan pora olish holati 12-iyul kuni ham qayd etilgan edi. Shuningdek, avvalroq Toshkent davlat pedagogika universiteti dekan muovini 7 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgan edi.
« 1 2 ... 149 150 151 152 153 ... 174 175 »