Регистрация
Меню сайта
Статистика

Онлайн всего: 183
Гостей: 183
Пользователей: 0

0
Shu paytgacha Samvel Babayanning boshiga ne kunlar tushmadi, deysiz. Omadsizliklar, mag‘lubiyatlar, “tesha tegmagan” tanqidlar. Eh-he... Buncha gapga haligacha ilon po‘st tashlab yuborgan bo‘lardi. Babayan esa miq etgani yo‘q. Turib-turib shu insonning “iroda”siga qoyil qolaman. Agar uning o‘rnida boshqa odam bo‘lganida salkam qirq marta iste’foga chiqardi-yov.

Men Babayanni yomonlamoqchi emasman, aslo. Uning dushmanlariga murojaat qilmoqchiman. Bilasizmi, bu yerda Babayanning aybi yo‘q. uning futbol ilmi uchun yaroqsizligi avvaldan ma’lum edi-ku! Hamma ayb ana shu yaroqsizlikka ko‘z yumib, menejerdan bosh murabbiy yasaganlarda. Terma jamoaning taqdiri bilan o‘ynashganlar-da. Hurmatli Babayanning dushmanlari, nima, siz Samvel terma jamoa boshqaruviga tayinlanayotganda asosiy maqsad jahon chempionatiga yo‘llanma olish bo‘lgan deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, to‘g‘ri, mundialga chiqish maqsad qilingan, ammo bu yerga gap asosiy maqsad haqida ketyapti. Bu fikrga isbot keltirish shart em ... Davomini o'qish »
0
Internetdan faol foydalanuvchilar uchun yangi tarif reja - «Connect»!
2500 MB + 2500 MB tungi Internet atigi $12 evaziga!
Yangi ulangan abonentlarga 6 oy davomida 500 MB dan bonus beriladi!
Onlayn bo‘ling va talablarga mos aloqadan foydalaning.

"CONNECT" TA'RIFI

2500 MB (kechayu-kunduz) oyiga.
2500 MB (tungi 00:00 dan ertalab 08:00 gacha) oyiga.
Yangi ulangan abonentlarga 6 oy davomida har oy 500 MB dan bonus!
Abonent to‘lovi oyiga $12

O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar 1 daqiqa AQSh dollarida
$0,02 UMS abonentlariga
$0,02 O’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga
$0,02 Shahar raqamlariga

O’zbekiston bo’yicha SMS 1 xabar AQSh dollarida
$ 0,00 Kiruvchi SMS-xabar
$ 0,02 Chiquvchi SMS-xabarlar – UMS abonentlariga
$ 0,02 Chiquvchi SMS-xabarlar – O’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentla ... Davomini o'qish »
0
“Yengil Internet” xizmati bilan Internetdan yengil va qulay tarzda foydalanish hamda faqat foydalanilgan megabaytlar uchun haq to‘lash imkoniyatiga egasiz!

Uni bir marotaba yoqing hamda Internet-to‘plamlaringiz bo‘yicha yoki tarif rejangiz doirasida megabaytlar tugab qolishidan boshqa xavoritlanmang.

“Yengil Internet” – bu har oy belgilanadigan 50 MB dan 10 ta to‘plam bo‘lib, Internet-to‘plamlaringiz bo‘yicha yoki tarif rejangiz doirasida megabaytlar tugab qolganda avtomatik ravishda ishga tushadi. Ular yakunlangandan keyin esa foydalanilgan bir megabayt narxi atigi $0,015 tashkil qiladi.

Eng muhimi, har bir 50 MB to‘plam haqi faqat undan foydalanib bo‘lingandaligina yechib olinadi!

Xizmat Buxoro, Jizzax, Surxondaryo, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida barcha tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar – jismoniy shaxslar uchun amal qiladi.

Kalendar oyining har 1-sanasida xizmat doirasidagi hisoblagich yangilanadi.

... Davomini o'qish »
0
Zarina Nizomiddinovaning Instagram’dagi obunachilari 1 millionga yetdi. Bu haqda MyDay xabar bermoqda.

1 millionlik ko‘rsatkich dastlab o‘zbek xonandalari o‘rtasida Shahzodada qayd etilgan edi. Keyinchalik aktrisa Asal Shodiyeva ham bu marrani zabt etgandi. Yaqinda esa xonanda Rayxon ham millionlik marraga yetdi. Endi esa latofatli aktrisa Zarina Nizomiddinovaning ham Instagram’dagi obunachilari soni 1 millionga yetdi. Aktrisa barcha muxlislariga minatdorchilik bildirdi.
0
2017-yilning 11-12-iyul kunlari Turkmaniston Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mehmon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Turkmaniston delegatsiyasining tashrif dasturidan hukumatda va Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.
0
Professional boksning yarim-o‘rta vazn toifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan o‘zbekistonlik Qudratillo Abdurahmonov rossiyalik Dmitriy Mixaylenkoni mag‘lub etdi, deb yozdi “Olamsport”.

23 yoshli o‘zbekistonlik bokschi rossiyalik raqibiga qarshi Rossiya ringlarida chiqish qilgan. 12 raund davom etgan jang yakunida hakamlar Abdurahmonovning ustunligini qayd etgan — 117:110, 116:111, 116:114.

Shu tariqa Qudratillo WBC Silver chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi. G‘alabasidan keyin bokschi o‘z vazn toifasidagi chempionlik janglarida ringga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Qudratillo Abdurahmonov 9-iyul kungi jangini ham qo‘shib hisoblaganda jami 12 marta ringga ko‘tarilgan va ularning barchasida raqiblarini taslim qilishga muvaffaq bo‘lgan.
0
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, 11-iyuldan 1 AQSh dollari kursi 27,95 so‘mga oshadi va 4 014,50 so‘mni tashkil etadi.

Yevroning qiymati 33,44 so‘mga oshib 4 568,90 so‘mga yetadi, rubl esa 0,64 so‘mga pasayib 66,49 so‘mni tashkil qiladi.
0
Toshkentning “Obod” futbol klubi faoliyatini tugatgan, deb yozdi “Championat.asia” nashri. Biroq jamoa bu borada PFLga rasmiy maktub yo‘llamagan.

“Obod”ning keyingi taqdiri PFL jim turgani uchun ham noma’lumligicha qolmoqda. Avvalroq Toshkent jamoasi o‘ziga tegishli bo‘lgan futbolchilarga javob berib, ularni erkin agentga aylantirgani aytilgandi.

Nashrning qayd etishicha, o‘z vaqtida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan hujumchi Pavel Solomin “Obod” uchun xorijdan homiylar topgani katta ehtimol. “Obod” tasarrufida bo‘lgan korxona faoliyatini tugatgan bo‘lsa-da, yangi homiy uning Oliy ligadagi tayyor o‘rniga ega chiqishi mumkin.

Bugda gap aynan qaysi homiylar haqida ketayotgani aytilmagan. Avvalroq futbol agenti San’at Sharipov Pavel Solominning ham shu sohada mehnat qilayotgani haqida aytib o‘tgandi.

Bungacha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan ham “Obod” rahbariyati bilan uchrashib, klubni qo‘lga ... Davomini o'qish »
0
InsiderPro nashri yozuvchi va mashhur minimalist Joshua Bekerning ortiqcha narsalardan voz kechishga qaror qilish orqali nimalarni qo‘lga kiritish mumkinligi haqidagi fikrlarini taqdim etadi.

Bir necha yil avval har kuni aynan bir xil kiyim — to‘q kulrang futbolka va mosh rang shim kiya boshladim. Dastlab buni bir haftalik tajriba sifatida sinab ko‘rmoqchi va bunga odamlar nima deyishini bilmoqchi bo‘ldim.

Har kuni ulardan biri va nihoyat: “Yetar, Joshua! Nega yana shu kiyimdasan?” deyishini kutdim. Balki menga aytishmasa ham, ichlarida shunday o‘ylashi aniq.

Ijtimoiy me’yorlar va odatlar xaridlarimizga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Brendlar assortimentini doimiy yangilab turish uchun mavsumiy kiyimlar kolleksiyasi va aksessuarlarni faol taklif qiladi. Bugun kirgan do‘koningiz bir haftadan so‘ng tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketadi. Garderobingiz ham aynan shu tarzda har oy, mavsum, yil o‘zgarib borishi mumkin.

Zamonaviy jamiyatda qabul ... Davomini o'qish »
0

Daromadingizni oshirishning 15 usuli

Автор: VerSignкатегория: Foydali maslaxatlarдата: 09.07.2017
Yaqinda ish boshlaganmisiz yoki 20 yillik tajribaga egamisiz, ko‘proq daromad qilishni istasangiz kerak. 2017-yilda oylik maoshingiz oshishiga kafolat bera olmaymiz, biroq har oylik daromadingizni oshirish imkonini beruvchi bir nechta oddiy usullar bilan bo‘lishamiz, deb yozadi Forum Daily.

Pullik obunalaringizni tekshiring

Telefoningizdagi sozlamalarni tekshirib chiqing, siz uchun zarurati yo‘q ilovalar uchun haq to‘layotgan bo‘lishingiz mumkin. Shuningdek, telefon aloqasi uchun ortiqcha to‘lov amalga oshirmayotganligingizni ham tekshiring. Ehtimol, foydaliroq tariflarni taklif qiluvchi mobil operatorini tanlashingiz lozimdir. Elektr energiyasi iste’molini nazorat qiling. Quyoshli mamlakatda yashovchilar uchun quyosh batareyalari elektr energiyasi uchun xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.

Derazalarni izolyatsiya qiling

Kommunal xizmatlar to‘lovi uchun daromadingizning katta qismi sarflanishi mumkin. Qanchalik ... Davomini o'qish »
0

Shimoliy Koreya aviatsiyasi

Автор: VerSignкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 09.07.2017
Air Koryo KXDRning yagona aviakompaniyasi hisoblanadi. 2006-yilda Yevropa Ittifoqi KXDRdan keladigan reyslarni taqiqlab qo‘ygan. O‘tgan yili esa Bangkok, Kuala-Lumpur va Kuvaytga uchuvchi reyslar ham to‘xtatilgan. So‘nggi yillarda joriy etilgan xalqaro sanksiyalar Shimoliy Koreya aviatsiyasining parvozlarini cheklab qo‘ygan, faqat Xitoy va Vladivostokka uchuvchi yo‘nalishlar qolgan. Kamdan-kam bo‘ladigan ichki reyslar hisobiga uchuvchilar o‘z parvoz ko‘nikmalarini saqlab turibdi. Asosiy samolyotlar esa eski An, Il va Tu hisoblanib, ularning umumiy soni 15 tani tashkil qiladi. Il-62 Kim Chen Inning shaxsiy samolyoti hisoblanadi. “Gazeta.ru” mazkur mamlakat aviatsiyasi aks etgan suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
0

Ferrari 2021-yilda krossoverni taqdim etadi

Автор: VerSignкатегория: Avto Olamдата: 09.07.2017
Ferrari kompaniyasi 2021-yilda bozorga chiqariladigan va gibrid dvigatelga ega krossoverni tayyorlamoqda. Bu haqda Motor xabar berdi.

Avtomobil shartli F16X nomini olgan. Kompaniya vakillariga ko‘ra, mashina to‘liq ma’nodagi krossover yoki yo‘ltanlamas bo‘lmaydi. Italiya markasi “besh eshikli kupe” chiqaradi.

Yangilik GTC4 Lusso modelining vorisi tayyorlanadigan alyumin platformada quriladi. Undan krossover to‘liq uzatma tizimini oladi. O‘lchamlari bo‘yicha esa F16X birmuncha balandroq bo‘ladi.

Kapot ostida 8 silindrli motor yoki gibrid benzin-elektr dvigateli joylashishi kutilmoqda. V12 motori variant sifatida ko‘rilmayapti.

Birinchi shunday Ferrari narxi 350 ming dollar bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Kompaniya uning yordamida sotuv hajmini ikki barobar ko‘paytirib, yiliga 16 mingtaga yetkazishni mo‘ljallamoqda.
0
2004-yil “mankunianlar” safiga kelib qo‘shilgan Ueyn Runi “Everton” a’zosiga aylandi, deb yozdi Liam Kenning Twitter sahifasida.

Shu tariqa “Manchester Yunayted”ni 2008-yil Yevropada tengsiz qilgan faqatgina bitta futbolchi jamoada qoldi. Bu — Maykl Kerrik. Qolgan futbolchilar yo jamoa bilan xayrlashdi yoki bo‘lmasa futbolchilik faoliyatini tugatdi.

Endilikda Ser Aleks Fergyuson jamoasini yodga soladigan faqatgina bitta futbolchi “Yunayted” muxlislari uchun to‘p surishda davom etadi.
0
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gamburgdagi G20 sammitining yakuniy matbuot anjumanida 2018-yilgi inauguratsiyada saylangan prezident foydalanadigan “Kortej” limuzini haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.

“Siz mendan yaxshiroq bilasiz, men bu haqda birinchi marta eshitishim”, — dedi u jurnalistlarning bu haqdagi savoliga javoban.

Undan ushbu mashinaga minib ko‘rish niyati tug‘ilgan-tug‘ilmaganini so‘rashdi.

“Yo‘q, bunday niyat tug‘ilmadi, negaki u hali tayyor emas. Siz o‘zingiz tayyor bo‘lmagan mashinaga minib ko‘ring, keyin taassurotlaringiz haqida gaplashib ko‘ramiz. kelishdik”, — deb hazillashdi Putin.
0
Meksikadagi qadimiy Teotiuakan shahrida joylashgan Oy piramidasining ostida 10 metr chuqurlikda topilgan tunnel “do‘zax”ga taqlid uchun qazilgan bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda “Nauka”.

Teotiuakan qazilamalarida ishlayotgan arxeologlar Oy piramidasi ostida maxfiy yo‘l bo‘lganini isbotlovchi dalil topganini ma’lum qilmoqda. Maxfiy yo‘l odamlarni qatl qilish va boshqa marosimlar uchun xizmat qilgan markaziy maydongacha cho‘zilgan.

Meksika antropologiya va tarix milliy instituti tomonidan qayd etilishicha, tunnelni aniqlash uchun kompyuter tomografiyasi usulidan foydalanilgan. Dastlabki tasvirlar tunnelning qadimiy shahar markazi tomonga cho‘zilganini ko‘rsatgan, biroq yer osti dunyosi haqidagi nazariyalar tasdiqlanishi uchun qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazilishi kerak.
0
Toronto universiteti olimlarining tushuntirishicha, insonning baxtli yuz ifodasi bevosita muvaffaqiyatga bog‘liq, deb yozadi “Nauka”.

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, notanish odamning boy yoki kambag‘alligini uning portretiga qarab bemalol aniqlash mumkin. Ijtimoiy holat hatto neytral yuz ifodasida ham aks etadi.

Psixologlarning tushuntirishicha, ijtimoiy holat odamlarning yuzida gavdalanadi, yangi paydo bo‘lgan ifodalar esa ma’lum darajada odamlar uchun yangi ochilayotgan imkoniyatlar aksi bo‘lishi mumkin.

O‘smirlik va yoshlik davridagi hissiyotlar, qiyinchiliklar yosh o‘tsa ham yo‘qolmadigan “niqob”ga aylanadi.

Buni tushuntirish uchun psixologlar asos sifatida kanadalik oilaning o‘rtacha yillik daromadini oldi. Keyin esa oilaviy daromadi pastroq va yuqoriroq bo‘lgan ko‘ngillilar tanlab olindi. Tadqiqotning barcha ishtirokchilari suratga tushirildi va suratlar nazorat guruhiga berildi.

Ekspertlarga suratlardan tashqari h ... Davomini o'qish »
« 1 2 ... 151 152 153 154 155 ... 170 171 »