Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9


0
O‘zbekiston banklari GM Uzbekistan avtomobillari uchun avtokreditlar taqdim etishni to‘xtatdi. Bu haqda Uz24 nashri xabar berdi.

“Afsuski barcha kredit liniyalari qayta moliyalash stavkasining oshishi hisobiga yopildi”, — deya “Asaka” bank operatori ma’lumotni tasdiqlagan.

“Avtokreditlarni taqdim etish rostdan ham vaqtincha to‘xtatildi”, — deydi “Aloqabank” xodimi.

“Biz faqat ikkilamchi bozordagi avtomobillar uchun kredit bermoqdamiz. Birlamchi bozor hozircha yopiq. Qancha muddatga yopiqligi ham noma’lum”, — dedi “Kapitalbank” ishchisi.

“Avto ... Davomini o'qish »
0
2 июнь куни Hodinkee ихтисослаштирилган портали Монакодаги кимошди савдо лотлари рўйхатига Владимир Путинга гўёки тегишли бўлган соат қўшилганига эътибор қаратди. Рўйхат учун Monako Legends компанияси жавобгар эди. Сайт ходимларининг фикрича, савдоларга 5208P – Швейцарининг Patek Pilippe фирмасининг “энг мураккаб” ишларидан бири қўйилган.

Доимий календарь, хронограф, ой фазалари индикатори ва олтин циферблатга эга оқолтин соат энг қимматлардан бири ҳам ҳисобланади – тахминан миллион доллар туради. Hodinkee маълумотига кўра, Patek Pilippe маҳсулоти мурожаат қолдирган фирманинг асос ... Davomini o'qish »
0

Andijonda uyida nasha yetishtirgan fuqaro aniqlandi

Автор: VerSignкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 18.07.2017
Andijon viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar davomida Andijon tumani Bo‘taqora qishlog‘ida yashovchi fuqaro o‘z uyida nasha o‘smligi o‘stirayotgani aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB xabar berdi.

O‘z yashash uyida sakkiz tup nasha o‘simligini ekib yetishtirayotgan fuqaro bilan olib borilgan tezkor profilaktik suhbat natijasida uning uyida bir dona bir litrli idishda jami og‘irligi 54,28 grammni tashkil qilgan marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan va ichki ishlar bo‘limi xodimlari to ... Davomini o'qish »
0
“Yoshlar” teleradiokanali direktori Ozodbek Nazarbekov telekanal faoliyati bilan bog‘liq ijodiy rejalari, loyihalari haqida ma’lum qildi. Bu haqda shoir Muhammad Ismoil Facebook’dagi sahifasida xabar qoldirdi, deb yozadi Uz24.

Aytilishicha, “Yoshlar” telekanalida bir qancha yangi teleloyihalar tayyorlanmoqda. Ulardan biri “Yoshlar qabulxonasi” ko‘rsatuvi bo‘lib, u Ozodbek Nazarbekov tashabbusidir. Ko‘rsatuvda uning o‘zi boshlovchilik qiladi. Ko‘rsatuv 20-iyul, payshanba kuni kechki dasturlarda ilk efir yuzini ko‘radi.

“Ushbu ko‘rsatuv bugungi kunda oliy o‘quv yurtlari ... Davomini o'qish »
0
1916-yili qurilgan sobiq Kaufman yetimxonasi binosi Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidan shahar markaziga ko‘chiriladi. Bu haqda O‘zbekiston me’morchilik va qurilish davlat qo‘mitasidagi manbalariga asoslangan holda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Tarixiy obyektning qayta dislokatsiya qilinishi “regeneratsiya” yo‘li bilan amalga oshirilishi kutilmoqda. Bunda bino ehtiyotkorlik bilan yig‘ib olinib, boshqa joyda o‘z shaklida qayta tiklanadi, har bir g‘isht o‘z o‘rniga qaytariladi.

Nashr manbalarining ta’kidlashicha, energetika va avtomatika instituti hududida joylas ... Davomini o'qish »
0
Toshkent shahrida voyaga yetmagan shaxsning mashina olib qochishi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Bu haqda IIV rasmiy saytida ma’lum qilindi.

“9-iyul kuni soat 22:20 dan 10-iyul kuni soat 03:30 largacha bo’lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs tomonidan Toshkent shahar Chilonzor tumani D20/2-uy oldida kaliti ichida qarovsiz qoldirilgan, shu uyda yashovchi, 1983-yilda tug’ilgan A.D. ga tegishli Cobalt rusumli avtomobil olib qochilgan”, — deyiladi xabarnomada.

Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida avtomobil Uchtepa tumani, 11-mavze, 2-uyda joylashgan ... Davomini o'qish »
0
Kanadalik olimlar dinozavrlarning yangi turini aniqladi. Bu tur albertavenator nomini oldi, deb xabar qiladi Meduza.

Ushbu dinozavrning tashqi ko‘rinishi kattakon qushga o‘xshagan: u ikki oyoqda yurgan, tanasi esa pat bilan qoplangan. Shuningdek, jonivorning kalta qanotlari ham bo‘lgan.

Paleontologlar u Red-Dir daryosi vodiysida 71 million yil avval yashaganini taxmin qilmoqda.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga qaraganda, qazilma ishlari davomida kichik patli dinozavrlarni aniqlash noyob hodisa hisoblanadi.

“Biz bosh chanog‘ining bo‘lagini topib, ... Davomini o'qish »
0
Videoda model qadimgi Ushaykir fortida kalta yubka bilan kezgani aks etgan.

Video ijtimoiy tarmoqlarda keskin bahslarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar qizni islomiy qoidalarni buzgani uchun qamashga chaqirsa, boshqalar qizning jasoratini ta’kidlab o‘tdi.

Saudiya Arabistonida ayollar boshini o‘rab yurishi hamda abaya nomli uzun ko‘ylak kiyib yurishi majburiydir.
0
Agar siz haqiqiy brendli krossovkalarni internet-do‘konlardan izlayotgan bo‘lsangiz, pullaringizni sifatsiz qalbaki mahsulotga sarflashingiz ehtimoli bor. Shuning uchun to‘lashdan oldin krossovkani va uning qutisini sinchiklab ko‘rib chiqing.

Qutisi va yorlig‘i

Ko‘pincha qalbaki krossovkalarning qutilari g‘ijimlangan yoki yirtilgan bo‘ladi. Chunki qutini yasashda ishlatilgan karton qog‘oz juda yupqa va arzon bo‘ladi.

Shuningdek molning o‘lchami va raqami yozilgan yorliqqa ham e’tibor bering. Agar u qiyshiq joylashgan va xato yozilgan bo‘lsa, demak siz qal ... Davomini o'qish »
0
Lada Vesta SW universalining yo‘ltanlamas versiyasi — Cross Rossiyada 2017-yilning oktabr—noyabr oylarida sotuvga chiqariladi. “Motor” xabariga ko‘ra, bu haqda “AvtoVAZ” prezidenti Nikolya Mor ma’lum qilgan.

“Lada Vesta SW Cross taxminan oktabr—noyabr oylarida, yilning so‘nggi choragida sotuvga chiqariladi. Biroq hozircha aniq bir sanani ayta olmaymiz. Narxlarni ham kuzda bilib olasiz”, — dedi Mor.

“AvtoVAZ” Lada Vesta’ning universal versiyasi — SW hamda uning yo‘ltanlamas Cross-ko‘rinishi taqdimotini iyun oyida o‘tkazgan edi.

Universalning bagaj hajmi — ... Davomini o'qish »
0
Avtopilot tartibida bo‘lgan Tesla mashinasi Minnesota shtatida yo‘l-transport hodisasiga yo‘liqishi oqibatida 5 kishi jabrlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Star Tribune nashriga ko‘ra, Minneapolis yaqinida yashovchi Devid Klark boshqargan va avtopilot tartibida bo‘lgan Tesla harakatlanish chog‘i birdaniga tezlashgan hamda yo‘l chetiga chiqib ketgan. Shundan so‘ng trassa yonidagi botqoqlikka ag‘darilgan.

Mashinada 4 nafar yo‘lovchi bor edi. Ularning barchasi va haydovchi jarohatlandi. Politsiya tekshiruv olib borilishini ma’lum qildi.

O‘z navbatida, T ... Davomini o'qish »
0

Krossvord yechish aqli zaiflikning oldini olishi aniqlandi

Автор: VerSignкатегория: Qiziqarli faktlarдата: 18.07.2017
Krossvord yechish miyaga uzoq istiqbolda ijobiy ta’sir ko‘rsatib, aqli zaiflikning oldini olishda yordam beradi. Bu haqda tadqiqot o‘tkazgan Ekseter universiteti mutaxassislarining hisoboti Alsgeymer uyushmasi xalqaro konferensiyasida taqdim etildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Tadqiqotga 50 yoshdan oshgan 17 ming sog‘lom inson jalb qilindi. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, krossvord ishlaganlar diqqatni jamlash va mushohada yuritish bo‘yicha vazifalarni eng yaxshi bajargan. Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, krossvord ishqibozlarining miyasi qolganlarnikiga nisbatan o‘n yi ... Davomini o'qish »
0
Apple’da Stiv Jobs davri tugadi: korporatsiya smartfonlar bozoridagi raqobatda Samsung’dan ortda qolishi mumkin. Bu haqda Apple sobiq kreativ direktori Xyu Dyuberli ma’lum qildi, deya xabar beradi The Wall Street Journal.

“Samsung yaxshiroq bo‘lib qolgani yo‘q, Apple butkul o‘zgardi. Stiv Jobsga xos bo‘lgan shiddat tugadi”, — ta’kidladi Samsung’da ham faoliyat yuritgan Dyuberli.

Gazetaga ko‘ra, Galaxy S8 dan o‘tib ketish uchun Apple yangi va g‘ayrioddiy mahsulotni taqdim etishi lozim. Qolaversa, Consumer Reports nashri Samsung flagmanini innovatsiyali dizayni sababli ... Davomini o'qish »
0
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Instagram’dagi sahifasida rossiyalik xonanda Nikolay Baskov teleboshlovchi va model Viktoriya Lopiryovaga turmushga chiqishni taklif etganini ma’lum qildi.

Qodirovga ko‘ra, to‘y Grozniyda bo‘lib o‘tadi.

“Demak, 5-oktabr, Grozniy shahri kuni Checheniston poytaxtida olamshumul voqea yuz beradi! Rossiya xalq artisti, mamlakatimizning ‘oltin ovozi’ Nikolay Baskov va sohibjamol teleboshlovchi, ‘Rossiya go‘zali — 2003’, futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionati elchisi Viktoriya Lopiryovaning to‘ylari bo‘lib o‘tadi”, — deya yozuv qoldi ... Davomini o'qish »
0
Rejissor Aziz Rametovning “Arslon izidan” filmi iyul oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Iyul oyining uchinchi haftasi kinoreytingida “Arslon izidan” filmidan keyingi o‘rinlarni Azamat Ahrorovning “Qaysarginam 2”, Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimovlarning “Ahmadboy va Rahmatboy”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi”, Jahongir Ahmedovning “Onam bilmasin” filmlari band etgan.

Ma’lumot uchun, ... Davomini o'qish »
0

Uchtepa tumanida korzinka.uz supermarketi ochildi

Автор: VerSignкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 18.07.2017
Toshkentning Uchtepa tumanida Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ining yana bir do‘koni ishga tushdi. Bu haqda tarmoqning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

O‘tgan dam olish kunlari o‘tkazilgan ochilish marosimiga tashrif buyurganlar karnay-surnay va milliy musiqa jo‘rligidagi quvnoq muhitdan bahramand bo‘ldi. Bundan tashqari, maxsus kun munosabati bilan do‘konda chegirmalar va aksiyalar amal qildi. Chegirmalar ayni damda ham davom etmoqda.

“Korzinka.uz Uchtepa” tarmoqning 2017-yilda ishga tushgan ikkinchi supermarketi sanaladi. Yangi do‘kon Uchtepa tumani hokimi ... Davomini o'qish »
« 1 2 ... 152 153 154 155 156 ... 179 180 »