Регистрация
Меню сайта
Реклама

0
“Kamolot” YoIH faoliyati tugatilib, uning o‘rnida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi davlat tashkiloti tuzilgani haqida xabar bergan edik. Hozirda Qurultoy o‘z ishini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qurultoyda nutq so‘zlar ekan, yangi yoshlar tashkilotiga ko‘plab vakolatlar taqdim etdi. Qurultoyda ishtirok etayotganlarning yozishicha, “Yoshlar” telekanali aksiyalarining 50 foizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu telekanalning yoshlar hayotini yoritishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotganini alohida ta’kidladi. Ma’lum qilishlaricha, “Yoshlar” telekanaliga O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov direktor etib tayinlanadi.
0
Internet tarmog‘ida O‘zbekistonda mahalliy musiqachilarga xorij qo‘shiqlarini tarjima qilib, tarona yaratish taqiqlangani haqida xabar tarqaldi.

Mazkur chora o‘zbek milliy musiqasi yo‘qolishining oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgani aytilmoqda. So‘nggi paytlarda haqiqiy o‘zbekona ohanglardan ko‘ra, tayyor turk, arab, eron, rus qo‘shiqlarining o‘zbekchalashtirilgan varianti ko‘proq quloqqa chalinadi. Bu o‘qimishli qatlamning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

“Agar shunday chora qo‘llanmasa, o‘zbek urf-odatlari yo‘qolib ketadi va biz 5 ming yillik tarixga ega bo‘lgan o‘zbek musiqasisiz qolamiz”, deya vaziyatga izoh beradi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘qituvchisi Jo‘raqul Shukurov.

Biz bu xabar to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini bilish uchun “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi bilan bog‘landik. Agentlik vakilining so‘zlariga qaraganda, bu borada hozircha aniq qaror yoki biror-bir hujjat yo‘q. Lekin ayni paytda shunday bandni san’atkorlar bilan tuzi ... Davomini o'qish »
0
Turkiyaning Istanbul shahrida zamonaviy turk kinosining eng taniqli aktyorlari Burak Ozchivit va uning sevgilisi Faxriya Evjenning to‘yi bo‘lib o‘tdi.

Burak va Faxriya uch yil avval suratga olish maydonchasida tanishgan edi.

2017 yilning bahor faslida juftlik unashtirilgan, 29 iyunga esa to‘y sanasini belgilagan edi.

To‘y marosimi kelin-kuyovning yaqinlari ishtirokida Bosfor ko‘rfazi qirg‘og‘idagi Sait Halim Paşa villasida bo‘lib o‘tdi.



0
Bundan bir nechta son avval biz siz bilan yigitlar sevgisini aniqlash usullari haqida suhbatlashgandik. Bugun esa qat’iyatli jins vakillariga yon bosib, ularning ko‘nglidagi malikalari sevgi dardiga mubtalomi, yo‘qmi, shuni tekshiramiz.

Ayol tabiati shunchalik beqarorki, uning qanday tuyg‘uni his etayotganligini tushunish juda qiyin. Ayniqsa, erkaklar uchun. Ko‘ngil qo‘ygan qizingiz bir kuni sizni mehr-muhabbat bilan qarshi olsa, ertasi kuni qor malikasiga aylanadi. Biroq, baribir, ularning ba’zi odatiga qarab munosabati jiddiy yoki havas ekanligini bilib olish qiyin emas. Demak, agar qiz sizni yaxshi ko‘rsa…

Sovg‘alar berib turadi
Qanchalik g‘alati tuyulmasin, qizlar faqat sovg‘a olishni emas, berishni ham yaxshi ko‘rishadi. Ayniqsa, sevgan insoniga. O‘zidan malika yasab, «Yigit kishi atrofimda sovg‘alar bilan parvona bo‘lishi kerak», deydigan qizlar hech qachon sevmagan bo‘ladi. Qiz bola sizga sovg‘a berdimi, demak, u sizni quvontirishni istayapti. Bu ... Davomini o'qish »
0
“Jumanji: Changalzor chorlovi” filmining birinchi treyleri e’lon qilindi. Yangi filmda aktyorlar Dueyn “Qoya” Jonson, Jek Blek, Karen Gillan va Kevin Xart ishtirok etgan, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.



Rolik YouTube’dagi qator kanallarga joylashtirildi.

Original film 1995-yili chiqqan edi. Unda bosh rolni Robin Uilyams ijro etgan edi.

Endi Jumanji olamiga to‘rt nafar o‘smir borib qolib, videoo‘yin personajlariga aylanib qoladi. Qahramonlar ushbu sharoitga ko‘nikib, uyga qaytish yo‘llarini qidiradi.

Kartina rejissori — Jeyk Kezdan.
0
O‘zbekistonning bir qator kasb-hunar kolleji va akademik litseyida 9-sinf bitiruvchilaridan hujjat qabul qilish to‘xtatildi. Bu haqda, o‘rta maxsus ixtisoslashgan ta’lim markaziga tayanib, Uz24 xabar bermoqda.

Aytilishicha, bunday holat Buxoro, Farg‘ona, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida aniqlangan. Ta’kidlanishicha, hali vazirlikdan tegishli buyruq kelmagani bois ko‘rsatilgan hududlardagi ayrim kollej va litseylar hujjat qabul qilmay turibdi. Samarqand, Qarshi va Nukusning alohida kollejlarida bitiruvchilardan hujjat qabul qilish davom etmoqda.

O‘rta maxsus ixtisoslashgan ta’lim markazi vakilining so‘zlariga qaraganda, har yili hujjat qabul qilish jarayoni 20–30-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan. Bu yili 9-sinf bitiruvchilari ota-onalari o‘rtasida ta’limni 11 yillikka qaytarish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov yakunlari noma’lumligi bois ba’zi o‘rta maxsus ta’lim dargohlari hujjat qabul qilish jarayonini kechiktirib turibdi.

“Qonun bo‘yicha, attestatla ... Davomini o'qish »
0
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi va nazorati” texnik hamkorlik loyihasining muhokamalar protokolini imzoladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Mazkur hujjatning imzolanishi agentlikning O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida 2017—2021-yillarga mo‘ljallangan yangi loyihasi ishga tushirilishini anglatadi. Muhokamalar yakuni bo‘yicha Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti JICA bilan hamkorlikda loyiha amalga oshirilishini tashkillash uchun mas’ul bo‘lishi haqida kelishib olindi.

Loyiha vazirlikning yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, xususan, yurak-qontomir va qand xastaliklari xavfi omilini maqsadli mintaqalar — Toshkent va Navoiy viloyatlarida pasaytirish bo‘yicha urinishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Shuningdek, loyiha doirasida aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lom turmush tarzini shakllantir ... Davomini o'qish »
0
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh sobiq Davlat kotibi Genri Kissinjerni qabul qildi. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Uzoq yillardan beri Putin va Kissinjer mustahkam shaxsiy aloqalarni saqlab kelmoqda. Ular bunga imkoniyat tug‘ilganda uchrashishni kanda qilmaydi”, — dedi Dmitriy Peskov.

AQSh sobiq Davlat kotibi Rossiyada “Primakov o‘qishlari” tadbirida ishtirok etish uchun bo‘lib turgani bildirilmoqda.
0
AQShning Minnesota shtati politsiyasi YouTube’dagi kanali uchun videoni suratga olish vaqtida sevgan yigitini otib qo‘ygan 20 yoshli Monaliz Peresni qo‘lga oldi. Bu haqda Daily News’ga tayanib, Daily Afisha xabar berdi.

Pedro Ruis III homilador dugonasiga kanaldagi kuzatuvchilarini jalb qilish maqsadida videotryuk suratga olishni taklif qilgan. “Tasavvur qil, bizning 300 ming kuzatuvchimiz bo‘ladi”, — deydi Ruis videoda. Buning uchun u Peresga 50-kalibrli jangovar qurolni berib, undan kitob orqali o‘ziga qarata o‘q otishini so‘raydi. O‘q kitobni teshib o‘ta olmasligiga uni ishontiradi.

Qizning tergovchilarga so‘zlashicha, u Ruisni bu kabi tavakkal fikrdan qaytarmoqchi bo‘lgan, biroq u o‘z bilganidan qolmagan. Oqibatda kitobni teshib o‘tgan o‘q, juftlikning uch yashar qizining ko‘z oldida yigit ko‘kragiga qadalgan. Tez yordam xodimlari 22 yoshli amerikalikning hayotini saqlab qola olmadi, uning joni voqea joyidayoq uzilgan.

Noxush hodisa sodir bo‘l ... Davomini o'qish »
1
2017—2018-yillarda O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun to‘lov-kontrakt miqdorini oshirish rejalashtirilmagan. O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun kontrakt puli eski miqdorda qoladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi qaroriga tayanib, UzNews xabar bermoqda.

Foto: Madina Nurman
“2017—2018-yillarda oliy o‘quv yurtlarida (bakalavriat, magistratura) o‘qish uchun to‘lov-kontrakt miqdori 2016—2017-yillardagidek bo‘ladi”, — deya qayd etilgan qarorda.

Shunday qilib, kontrakt miqdori quyidagicha bo‘ladi:

Gumanitar yo‘nalishlar:

1) Pedagogika, kasb-hunar ta’limi: bakalavriat — 6 650 000 so‘m
2) San’at: bakalavriat — 7 900 000 so‘m
3) Gumanitar fanlar: bakalavriat — 6 650 000 so‘m
3.1)Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima va amaliyot nazariyasi, o‘zbek-ingliz tarjimasi nazariyasi va amaliyoti: bakalavriat — 7 250 000 so‘m
3 ... Davomini o'qish »
0

Pasportingiz raqami orqali taqdiringizni bilish!..

Автор: MASSARIкатегория: Qiziqarli ma'lumotlarдата: 29.06.2017
Zamonaviy insonni hujjatsiz tasavvur etish qiyin. Dunyoga kelganida tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, undan keyin maktab attestati, pasport va shu kabi boshqa turli tuman shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar uning doimiy hamrohiga aylangan. Bu hujjatlarning har biri o‘z raqamiga ega.

Numeralogiya fanining ma’lumotlariga qaraganda, hujjatlardagi raqamlar ham inson taqdiriga o‘z ta’sirini o‘tkazar ekan. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport)dagi raqamga qarab, insonning fe’l- atvorini bilib olish mumkin.

Masalan: pasport raqamingiz 1214000 bo‘lsa, ularni 1 dan 9 gacha bo‘lgan raqam hosil bo‘lgunicha bir-biriga qo‘shing: 1 2 1 4 0 0 0=8 Hosil bo‘lgan raqam 8. Endi shu chiqqan raqamga keltirilgan tarifni o‘qib, mulohaza qilib ko‘ring! Agar javobi 9 sonidan ortiq chiqsa, chiqqan sonlarni yana alohida qilib qo‘shib chiqas masalan …=15, 1+5=6.

1. O‘ziga ishongan, kuchli insonlarga tegishli raqam. Bunday insonlar kirishimli va tengqurlari orasida o‘z o‘rniga ega ... Davomini o'qish »
0

ZAMONAVIY UY BEKASI… U qanday bo‘lishi kerak?

Автор: MASSARIкатегория: Foydali maslaxatlarдата: 29.06.2017
Aksariyat uy bekalari turmushga chiqqanida qanday bo‘lsa, shundayligicha qolaveradi. Va buni me’yoriy holat deb hisoblaydi. Holbuki, barcha kasbdagi ayollar kabi uy bekalari ham o‘zini o‘zi hamisha tarbiyalab, mukammallashtirib bormog‘i zarur.

Quyidagi tavsiyalar ana shunday tarbiya jarayonida sizga asqotadi, deb umid qilamiz.

Zamonaviy uy bekasi eng avvalo, oqila, saranjom-sarishta, ozoda va rejali, asosiysi, pazanda bo‘lishi lozim. Ayolning bunday fazilatlari erkaklar uchun juda muhim!

Ularni ko‘proq tinglang. Ayol turmush o‘rtog‘iga yaxshi suhbatdosh bo‘lishi, uni ko‘proq tinglab, kamroq gapirishi, o‘z qiziqishi va mashg‘ulotlari haqida so‘zlashiga imkon yaratib berishi lozim. Bu kamtarlik va hurmat belgisidir.

Bahslashuvlardan imkon qadar qoching. Erkaklar ba’zan birdan jahl otiga minishadi. Bunday paytda ko‘zyoshi yordam bermaydi, aksincha, bu holat turmush o‘rtog‘ingizni asabiylashtiradi, xolos. O‘z fikrini bildirmay mum tishlab ... Davomini o'qish »
0
Samsung butun dunyodan akkumulyatorlari portlab ketishi xavfi sababli qaytarib olingan Galaxy Note 7 smartfonlarini ta’mirlab, Janubiy Koreya bozoriga chiqarmoqda. Kompaniya bu smartfonlarni "ashaddiy muxlislar uchun" mo‘ljallanganini aytmoqda.

Smartfonning ta’mirdan chiqarilgan modeli Galaxy Note 7 FE deb nom oldi, undagi FE – Fandom Edition (muxlislar uchun versiya) deganini anglatadi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri. Smartfonni faqatgina Janubiy Koreyada 1 iyuldan boshlab 700 ming von (616 dollar) narxda sotib olish mumkin bo‘ladi.

2016 yil yozida sotuvga chiqarilgan Galaxy Note 7 akkumulyatori portlab ketishi bilan bog‘liq ko‘plab holatlardan keyin savdodan va foydalanuvchilardan to‘liq qaytarib olingandi. Yangi Galaxy Note 7 FE’da akkumulyator va ba’zi detallar almashtirildi. Smartfonlarni bor-yo‘g‘i 400 ming dona miqdorda chiqarish rejalashtirilgan.

Avvalroq Samsung ta’mirlangan Galaxy Note 7’larni Hindiston, Vetnam va bosh ... Davomini o'qish »
0
Yuridik shaxslar bir mobil operatordan beshta va undan ortiq raqamni olish uchun bu ehtiyojni yozma tarzda asoslab berishlari kerak bo‘ladi. Bu normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida joylashtirilgan mobil operatorlar uchun yangi qoidalarda ko‘zda tutilgan. Bu haqda Kun nashri xabar berdi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, beshta va undan ortiq raqamlariga ega bo‘lgan abonent – jismoniy shaxs bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzish ushbu operatorning xizmat ko‘rsatish punktlarida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, shartnoma faqatgina ehtimoliy abonent shaxsan kelganida va u tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda tuziladi. Muqobil variant sifatida pasportning asli va ishonchnoma taqdim etgan vakil bilan ham shartnoma tuzilishi mumkin.

Yangi qoidalar telefon suhbatlari va telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatiluvchi boshqa xabarlarning maxfiyligini saqlab qolishni nazarda tutadi. Operator va diler abonent haqidagi m ... Davomini o'qish »
0
Clash Of Clans - Onlayn Strategik o'yini butun dunyoni o'ziga jalb qilib olgan desak adashmaymiz. O'yinning qiziqarliligi birinchidan onlayn bo'lsa ya'ni kompyuterga qarshi emas, aynan o'zimiz kabi odamlar tuzgan rejali bazalarga qarshi jang qilishi bilan bo'lsa, ikkinchisi quvnoqlikdir va o'yinning asta sekin yuqori cho'qqilarga chiqib borishidir. Ushbu o'yin yaratuvchisi bu o'yinni bu darajada ommalashib ketishini hatto kutmagan ham ekan.
2017-yil 27-iyun kuni ushbu o'yinning yangilanishi haqida bildirishnoma keldi. Hullas yangilanishdan so'ng o'zgarishlar bilan tanishib chiqing:

RATUSHA 11

Pushka 15 bosqichga ko'tariladi
Luchnitsalar minorasi (Башня лучница) ham 15 bosqichga ko'tarishingiz mumkin.
Ikkala qurollar ham ko'tarilish vaqti qisqardi va narxi ham pasaytirildi.

Adskaya minora 5 bosqichga ko'tariladi. Ushbu holatda Multibosqich +4 ko'tariladi. Yakka hujumi esa qisqaradi.

P.E.K.K.A 6 bosqichga ko'tarilad ... Davomini o'qish »
0

Ucelldan Megabayt o'tkazish qanday amalga oshiriladi?

Автор: MASSARIкатегория: Mobil operatorlarдата: 27.06.2017
Yoz oyida Ucell kompaniyasi tomonidan bir-biringizga megabayt ulashish imkoniyati paydo bo'ldi. Megabayt o'tkazish *525# USSD so'rovi orqali amalga oshiriladi. So'ngra menyudan o'zingiz uchun qulay bo'limni tanlaysiz.

Menda megabayt o'tmayapti? Sababi nima?
Ushbu so'rovga operatordan javob oldik. Megabayt o'tkazish faqatgina oylik trafikka ulanganlar uchun ekan. Kunlik va bonus megabaytlar ushbu xizmatda ishlamaydi. Demak, megavaytni faqat oylik internetga ulanganlargina o'tkaza oladilar.

Necha MB o'tkazish mumkin?
Bir martalik Megabayt o'tkazish so'rov vaqtida 1 mbdan 100 mbgacha mumkin.

Mening tarifim "Special". Undagi berilgan internet tarifigini o'tkazishim mumkinmi?
Buning ham imkoni yo'q. Megabayt o'tkazish faqatgina oylik internetga ulanganlar uchun.

Ucell yanada ko'prog'ini kuting!
« 1 2 ... 154 155 156 157 158 ... 167 168 »