Регистрация
Меню сайта
Статистика

Онлайн всего: 221
Гостей: 221
Пользователей: 0

0
2004-yil “mankunianlar” safiga kelib qo‘shilgan Ueyn Runi “Everton” a’zosiga aylandi, deb yozdi Liam Kenning Twitter sahifasida.

Shu tariqa “Manchester Yunayted”ni 2008-yil Yevropada tengsiz qilgan faqatgina bitta futbolchi jamoada qoldi. Bu — Maykl Kerrik. Qolgan futbolchilar yo jamoa bilan xayrlashdi yoki bo‘lmasa futbolchilik faoliyatini tugatdi.

Endilikda Ser Aleks Fergyuson jamoasini yodga soladigan faqatgina bitta futbolchi “Yunayted” muxlislari uchun to‘p surishda davom etadi.
0
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gamburgdagi G20 sammitining yakuniy matbuot anjumanida 2018-yilgi inauguratsiyada saylangan prezident foydalanadigan “Kortej” limuzini haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.

“Siz mendan yaxshiroq bilasiz, men bu haqda birinchi marta eshitishim”, — dedi u jurnalistlarning bu haqdagi savoliga javoban.

Undan ushbu mashinaga minib ko‘rish niyati tug‘ilgan-tug‘ilmaganini so‘rashdi.

“Yo‘q, bunday niyat tug‘ilmadi, negaki u hali tayyor emas. Siz o‘zingiz tayyor bo‘lmagan mashinaga minib ko‘ring, keyin taassurotlaringiz haqida gaplashib ko‘ramiz. kelishdik”, — deb hazillashdi Putin.
0
Meksikadagi qadimiy Teotiuakan shahrida joylashgan Oy piramidasining ostida 10 metr chuqurlikda topilgan tunnel “do‘zax”ga taqlid uchun qazilgan bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda “Nauka”.

Teotiuakan qazilamalarida ishlayotgan arxeologlar Oy piramidasi ostida maxfiy yo‘l bo‘lganini isbotlovchi dalil topganini ma’lum qilmoqda. Maxfiy yo‘l odamlarni qatl qilish va boshqa marosimlar uchun xizmat qilgan markaziy maydongacha cho‘zilgan.

Meksika antropologiya va tarix milliy instituti tomonidan qayd etilishicha, tunnelni aniqlash uchun kompyuter tomografiyasi usulidan foydalanilgan. Dastlabki tasvirlar tunnelning qadimiy shahar markazi tomonga cho‘zilganini ko‘rsatgan, biroq yer osti dunyosi haqidagi nazariyalar tasdiqlanishi uchun qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazilishi kerak.
0
Toronto universiteti olimlarining tushuntirishicha, insonning baxtli yuz ifodasi bevosita muvaffaqiyatga bog‘liq, deb yozadi “Nauka”.

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, notanish odamning boy yoki kambag‘alligini uning portretiga qarab bemalol aniqlash mumkin. Ijtimoiy holat hatto neytral yuz ifodasida ham aks etadi.

Psixologlarning tushuntirishicha, ijtimoiy holat odamlarning yuzida gavdalanadi, yangi paydo bo‘lgan ifodalar esa ma’lum darajada odamlar uchun yangi ochilayotgan imkoniyatlar aksi bo‘lishi mumkin.

O‘smirlik va yoshlik davridagi hissiyotlar, qiyinchiliklar yosh o‘tsa ham yo‘qolmadigan “niqob”ga aylanadi.

Buni tushuntirish uchun psixologlar asos sifatida kanadalik oilaning o‘rtacha yillik daromadini oldi. Keyin esa oilaviy daromadi pastroq va yuqoriroq bo‘lgan ko‘ngillilar tanlab olindi. Tadqiqotning barcha ishtirokchilari suratga tushirildi va suratlar nazorat guruhiga berildi.

Ekspertlarga suratlardan tashqari h ... Davomini o'qish »
0
Facebook AQShning Menlo-Park shahridagi 11 ming kvadrat metr maydonda oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar va savdo tarmoqlari kabi turli infratuzilma obyektlarini quradi. Majmua Willow deb nomlanadi. Shu bilan birga, Facebook 1,5 mingta uy qurib, hududdagi turar joy muammosini hal qilishga kirishmoqda. Uylarning 15 foizi bozor narxidan pastroq narxlarda sotilishi va’da qilinmoqda. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Shuningdek, kompaniya US-101 trassasini rivojlantirish va yaxshilash evaziga transport inqirozi muammosiga yechim topmoqchi.

Loyihani amalga oshirishda birinchi rasmiy qadam 2017-yil iyul oyida shahar ma’muriyati bilan hamkorlikda qurilish loyihasini taqdim etish hisoblanadi. Qurilish bir necha bosqichda bo‘lib o‘tadi: 2021-yilga qadar oziq-ovqat do‘konlari, turar joylar va ofis binolari paydo bo‘ladi, keyin esa ikki yil davomida qolgan rejalar amalga oshiriladi.

Facebook tomonidan qayd etilishicha, qurilishning o‘zi mahalliy quruvchilar uch ... Davomini o'qish »
0
Xitoyning Sinogene kompaniyasi dunyodagi birinchi geni o‘zgartirilgan klon it tug‘ilganini ma’lum qildi, deb yozmoqda “Nauka”.

Lun-Lun laqabli bigl zotidagi it may oyining oxirida laboratoriyada tug‘ilgan, biroq bu haqda endi xabar berildi.

It “gen nokauti” metodi yordamida yaratildi. Unga ko‘ra, organizmdan ma’lum genlar olib tashlanadi yoki ularning ish faoliyati to‘xtatiladi.

Xitoylik olimlar uzoq vaqtdan buyon itlar ustida genetik tajribalar olib bormoqda. Avvalroq, mahalliy gen muhandislari “muskulli” itni yaratganini ma’lum qilgan edi.
0
AQShning Kaliforniya shtatidagi sog‘lomlashtirish oromgohida 90 nafar bola va 50 nafar yetakchi hududda avj olgan o‘rmon yong‘ini asiriga aylandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Mahalliy o‘t o‘chirish xizmati rahbari Deyv Zaniboni Circle V Ranch oromgohidan kishilarni evakuatsiya qilishning iloji yo‘qligi, bu yerga olib boruvchi yo‘llar alanga olgan o‘rmonlar bilan to‘silganini bildirdi.

Bolalar va ularning yetakchilari hodisa joyida tabiiy ofatdan yashirinishga majbur bo‘lmoqda.

O‘rmon yong‘inlari Santa Barbara okrugida 8-iyul, shanba, kunning ikkinchi yarmida boshlandi va tezda tarqalmoqda. Ular qo‘shni Kolorado shtatiga o‘tishga ham ulgurdi.
0
Gollivuda yulduzi, “Transformerlar” filmi bilan shuhrat qozongan Shaya Labaf Jorjiya shtatida mast holda bezorilik qilgani uchun hibsga olindi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.

Aytilishicha, aktyor kechki soatlarda Savanna shahrida ushlangan. U shaharda o‘tayotgan syomkalarda ishtirok etayotgan edi.

Ayni paytda u 7 ming dollar garov puli evaziga ozodlikka chiqarilgan.

Aktyor ilgari ham bezorilik uchun hibsga olingan.
0
Qutqaruvchilar Bektemir tumanida Chirchiq daryosida cho‘milish chog‘ida murakkab vaziyatga tushib qolgan fuqaroga yordam ko‘rsatdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

“6-iyul kuni soat 22:07 da FVV navbatchilik qismiga cho‘milish qoidalarini buzganligi natijasida bir kishi Toshkent shahar Bektemir tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosining chap tomonidagi qirg‘og‘i yonida joylashgan kichik orolchaga tushib qolgani va uni qutqarish uchun yordam so‘rayotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi”, — deyiladi xabarda.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra FVV qutqaruv otryadi voqea joyiga 22:20 da yetib bordi.

Qutqaruvchilar tomonidan tungi vaqtda cheklangan ko‘rinishga va qattiq oqimga qaramasdan maxsus qayiqda fuqaro Muzaffar (21 yosh) qutqarib olindi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi va yaqinlariga topshirdi.
0
“ToshkentboshplanLITI” DUK o‘zining Facebook’dagi sahifasida poytaxtda quriladigan “Toshkent Siti” markazining konsepsiyasini taqdim etdi.

Mazkur markaz keyingi yildan “O‘qchi Olmazor” massivida bunyod etila boshlanadi, uning umumiy maydoni 70 gektarni tashkil etadi. Taqdim etilgan videorolikda markazda sakkizta biznes markazi, texnopark, madaniy xiyobon, uch restoran va turar-joy binolari qurilishini ko‘rish mumkin.
0
AQSh prezidenti Donald Tramp Gamburgda bo‘lib o‘tgan G20 sammiti doirasida Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvini “hayratlanarli” deb atadi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

AQSh yetakchisi Putin bilan uchrashuv taassurotlari haqida shanba kuni tongda Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tgan.

CNN jurnalisti Jeff Zeleni Amerika prezidenti Putin bilan uchrashuvini qanday ta’riflagani haqida Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirgan. “Prezident Putin bilan hayratlanarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi”, — deb, Trampning so‘zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist.

AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning so‘zlariga ko‘ra, Putin va Tramp o‘zlarining ilk uchrashuvida “juda tez til topishib ketdi”, ular o‘rtasida “ijobiy bir ximiya” yuzaga kelgan. Tillerson ikki davlat rahbarlari muloqotini samimiy o‘tganini ta’kidladi.

Putin va Trampning dastlabki uchrashuvi yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi. ... Davomini o'qish »
0
Insider Pro nashri elektronika ishlab chiqarish zavodi atrofida yetti yil mobaynida butun bir shahar paydo bo‘lganligi haqida hikoya qiladi.

Fermer Chjan Xaylin makkajo‘xori va bug‘doy dalalari ustida vertolyotlar paydo bo‘lgan 2010-yilning o‘sha kunini yaxshi eslaydi. Mashinalar ma’lum bir joylarga ulkan sharlar — yer ishlari uchun ko‘rsatkichlarni tashlar edi. “Uch kun o‘tib bu yerga yuzlab buldozerlar yetib keldi”, — deydi u.

Bu Xitoyga iPhone’ning kirib kelishi edi. Tez orada Chjenchjouda yangi sanoat shahri paydo bo‘ldi, mahalliy aholi unga iPhone-siti deb nom berdi.

Bor-yo‘g‘i bir necha oy ichida ishchilar zavod korpuslarining koroblarini barpo etdi, elektr uzatish simlarini tortib keldi va Apple’ning deyarli barcha smartfonlarini teruvchi Foxconn Technology Group fabrikasi darvozalariga ishchilar bilan to‘la avtobuslar kela boshladi.

Bir yil o‘tib Foxconn rahbari milliarder Terri Gou zavod majmuasida 100 ming ishchi mehnat qila ... Davomini o'qish »
0
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida foydalanuvchilar akkauntlarining ommaviy tarzda bo‘oklanishi va o‘chirilishi bilan bog‘liq muammoga duch kelmoqda. Ular Twitter va Facebook orqali ijtimoiy tarmoq ma’muriyatiga murojaat qilib, akkauntlarni tiklashni talab qilmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

“Instagram obunachilarni o‘chirmoqda. Menda ularning soni 25,1 mingga tushib qoldi”, — dedi foydalanuvchilardan biri.

Instagram rahbariyati buzilishga tizimdagi xato sabab bo‘lganini aytmoqda. Akkauntlarni qaytarish borasida ish olib borilmoqda.
0

Apple yuz tanish texnologiyasi uchun patent oldi

Автор: VerSignкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 08.07.2017
Apple kompaniyasi bo‘lajak iPhone 8 flagmanida ishlatiladigan yuz tanish texnologiyasi uchun patent oldi. Yangi funksiya Touch ID’ning o‘rnini egallaydi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Tavsifda aytilishicha, texnologiya datchiklar yuzni topguniga qadar past quvvat rejimida ishlaydi. Shundan so‘ng funksiya faolllashtiriladi.

Ayni paytda texnologiya sinovdan o‘tkazilmoqda, ammo yaqin orada u yangi iPhone’da paydo bo‘ladi. Smartfon shu yilning kuzida taqdim etiladi.
0

Kelajakda global isish qoramollarga xavf tug‘dirmaydi

Автор: VerSignкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 08.07.2017
Yer sayyorasida havo haroratining isishi, aholi sonining esa o‘sishi davom etmoqda. Shunga bog‘liq ravishda oziq-ovqat xavfsizligi global muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Olimlar bir necha yildan beri sigirlardan chiqadigan metan gaziga qarshi kurashib keladi, deb yozadi “Nauka”.

Olimlar yaqindan boshlab nafaqat issiq sharoitga chidamli shoxli qoramolni, balki ularni zotli ko‘paytirish, shuningdek, olinadigan go‘sht sifati samaradorligini oshirishga bel bog‘ladi.

Florida universiteti olimlari yuqori haroratga chiday oladigan qoramolning bardoshli yangi zotini yaratish ustida ish olib bormoqda.

Bu turdagi ishni bajarishga branguss zoti (braxman va aberdin-anguss zotining chatishmasi) o‘rganib chiqilganidan so‘ng qaror qilingan.

Branguss zotli qoramollar boshqa zotdagilarga nisbatan issiq va namlikka bardoshli ekanligi ma’lum.

Branguss ikki qoramol zotlarining eng yaxshi xususiyatlarini o‘zida birlashtirgan. Braxman zotin ... Davomini o'qish »
0

Ozodbek Nazarbekov Tojikistonda konsert bermoqda

Автор: VerSignкатегория: Shou-Biznes yangiliklariдата: 08.07.2017
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Tojikistonning uchta katta shahrida konsert dasturlari bilan mehmon bo‘lmoqda. Bu haqda MyDay sayti xabar berdi.

Konsert dasturining nomi — “Payomi do‘sti” (“Do‘stlik nomasi”).

5–6-iyul kunlari o‘zbekistonlik san’atkorlar Dushanbe shahrining Amfiteatrida konset bergan edi.
« 1 2 ... 155 156 157 158 159 ... 173 174 »