Регистрация
Меню сайта
Статистика

Онлайн всего: 65
Гостей: 65
Пользователей: 0

0
Mo‘g‘uliston muxolifat demoktarik partiyasining nomzodi Xaltmaagiyn Battulga mamlakat prezidentligi uchun bo‘lib o‘tgan saylovda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Mongoliya seychas”ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga tayanib xabar berilishicha, Battulga 580 ming ovoz to‘plab, 468 ming ovoz yig‘gan o‘zining asosiy raqibi, Milliy partiya nomzodi Miyeegombin Enxbolni ortda qoldirdi.

Saylovchilarning umumiy soni 1 milliondan oshgani sababli saylov amalga oshgan deb hisoblandi. Saylovning yakuniy natijalari barcha ovozlar hisoblab bo‘linganidan so‘ng e’lon qilinadi.
1
"Kunlik internet-to‘plamlar" xizmati doirasida 2017 yilning 19-iyulidan 19-noyabrigacha yanada ko‘proq megabaytlar xarid qiling.

Endi siz yanada qulay narxlarda yanada ko‘proq internet-trafik xarid qilishingiz mumkin, tugallanmagan trafik qoldig‘i esa saqlanib qolib keyingi kunning trafik hajmiga qo‘shilib boraveradi.

Ko‘proq trafik – qulay narxlar!

"Kunlik internet-to‘plamlar"

0
Hurmatli Abonentlar,

Ucell ayni yoz chillasida o‘z abonentlarini xursand qilishda davom etadi! Endi Ucellning aniq va omadli tarif rejalariga doimo bepul o‘tishingiz mumkin.

"Aniq" tarif rejasi – bu kuniga atigi $0.50 evaziga O‘zbekiston bo‘yicha 50 daqiqa va 50 SMS, shuningdek kuniga 33 MB internet. Bonuslar oyning oxirigacha to‘planadi.

"Omadli" tarif rejasi – bu kuniga atigi $1 evaziga tarmoq ichida 500 daqiqa, O‘zbekiston bo‘yicha 100 daqiqa va 500 SMS, kuniga 100 MB internet.

Ushbu tarif rejalariga istalgan vaqtda bepul o‘ting.

"Aniq" va "Omadli" tarif rejalariga Siz *120# USSD-so‘rovi, *111# USSD-menyusi hamda “Mening kabinetim” xizmati yordamida, shuningdek, Kompaniya ofislarida o‘tishingiz mumkin.

Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!
0

11 iyulda Yerga xavfli asteroid yaqinlashadi

Автор: MASSARIкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 08.07.2017
Joriy yilning 11 iyul kuni Yerga xavfli asteroid yaqinlashishi kutilmoqda. 2017 MS4 asteroidi 23 iyun kuni kashf qilingan edi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, kosmik jismning o‘lchami 260 metrga teng. Asteroid xavfli turga kiritilgan.

Asteroidning Yerga maksimal yaqinligi Oygacha bo‘lgan masofaning kamida 20 baravar ortganiga teng, deb aytilmoqda.

Ural federal universitetining Astronomiya, geodeziya va atrof-muhit monitoringi kafedrasi mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, kosmik jism tezligi soatiga 74 ming 700 km.ni tashkil etadi.

Shu kunlarda NASA asteroiddan himoya qiluvchi yangi DART texnologiyasini sinovdan o‘tkazishini ma’lum qildi. U Yerga uchib keladigan asteroidlarni kinetik zarba yordamida boshqa tarafga burib yuborishga mo‘ljallangan.
0
Kuni-kecha O‘zbekistondagi internet nashrlarda Qashqadaryo viloyatida sodir bo‘lgan shov-shuvli voqea – shifokorlar yosh bolani joni uzildi, deb onasiga berishgani, bolani uyga olib ketishgani, uni dafn etish marosimida bola “tirilgani” haqida maqola paydo bo‘ldi. Maqolada tilga olingan bemor bolaning yaqinlari – uning buvisi va onasi bu vaziyatga shifokorlarni ayblashgan, ularning mas’uliyatsizligi, sansolarligi va o‘z kasbini puxta bilmasligini vaj etib ko‘rsatishgan.

Ushbu voqea yuzasidan Kun.uz muxbiri Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘lim boshlig‘i I.Ro‘ziyev bilan bog‘landi. Shifokor bizga quyidagilarni so‘zlab berdi:

“2017 yilning 14 may kuni tug‘ilgan bemor Rashidov Muhammad VBKTTM chaqaloqlar reanimatsiya bo‘limiga o‘ta og‘ir holatda: «Homila ichi infeksiyasi, sepsis, etiologiyasida Stafilokokkus aurius. Markaziy nerv sistemasini perinatal zararlanishi, chaqaloqlar gemolitik kamqonligi, ichaklar falaji» tashxi ... Davomini o'qish »
0
Har ikki gapning birida o‘zini aslzodalardan ekanini eslatib turishni kanda qilmaydigan “aktrisa”, “teleboshlovchi”, “xonanda”, dizayner Shahzoda Muhammedova ko‘p hollarda hayotidagi ayrim voqealarni ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaga yoyib, e’tibor tortishni xush ko‘rishi sir emas. U bir necha bor ijtimoiy tarmoqlar orqali yozib qoldirgan fikr-mulohazalari (bilmadik, bularni fikr deb bo‘larmikin), suratlari bilan odamlar orasida muhokamaga tushgan. Bir-ikki xususiy kinofilmlar bilan tomoshabin e’tiboriga tushib, bugun kino san’atidan zerikkan va o‘zini qo‘shiqchilikda ham sinab ko‘rib hech omadi kelmagan Shahzoda Muhammedovaning galdagi gaplari O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, bastakor, “Sharq taronalari”, “Toshkent” gimnlari muallifi Dilorom Omonullayevaga ataldi. Ijtimoiy tarmoqlarga Dilorom Omonullayevaning surati yoniga u haqidagi gaplar telba-teskari qilib yozilgan postni joylashtirdi. Postda shunday deyiladi:

... Davomini o'qish »
0
2017 yilning 1 iyul kuni taxminan soat 20:00larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Xrustov Danil Grigorevich, Yashnobod tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 30.000 so‘m pul evaziga fuqaro «I» va «X» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

2017 yilning 4 iyul kuni taxminan soat 11:00larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, muqaddam sudlangan Abdulazizova Albina Garipovna, Yakkasaroy tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 33.000 so‘m pul evaziga fuqaro «R» va «N» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK ... Davomini o'qish »
0

Qizlar «tuzog‘i»ga ilingan yulduzlar

Автор: MASSARIкатегория: Qiziqarli faktlarдата: 08.07.2017
«Futbolchilar eng yosh boylar» degan edi tajribali murabbiy Fabio Kapello. Shu bois qizlar ham aynan ularni qarmog‘iga ilintirgisi keladi. Quyida jahonning ayni paytdagi eng mashhur 6 futbolchisi qanday qilib «tuzoqqa» tushib qolgani bilan tanishishingiz mumkin.

Ronaldo
Braziliyalik mashhur hujumchi hurliqolar qo‘ygan «tuzoqlar»ga ilinish bilan ham dong taratgan. Braziliyalik «don Juan» hayotidagi eng noxush voqea 2008 yili yuz berdi. Rio-de-Janeyrodagi tungi klubda dam olishga qaror qilgan futbolchi bundan qattiq pushaymon bo‘ldi. Sababi atrofini qurshab olgan sohibjamol «kapalaklar» uning ko‘z o‘ngida barzangi yigitlarga aylanishdi… Antiqa tomosha qisqa vaqt ichida ovoza bo‘lib ketdi. Oqibatda Ronaldoning ma’shuqasi Mariya Beatriks Antoni uni tashlab ketdi. Bu ham kamlik qilgandek, Nike kompaniyasi hujumchi bilan imzolangan 100 million dollarli reklama shartnomasini bekor qildi.

Frank Riberi va Benzema
Fransiyalik Frank Riberi ham ... Davomini o'qish »
0

“Turmushga chiqyapman, ammo ko‘nglim o‘zgada...”

Автор: MASSARIкатегория: Xikoyalar / Mutolaaдата: 08.07.2017
“ Sizlarga bu smsni ming bir xijolat bo‘lib jo‘natayapman. Ikki haftadan keyin to‘yim. Turmushga chiqayotgan yigitim yahshi inson, tushungan. Biroq mening ko‘nglim o‘zgada. U bilan uch yil avval ahd-paymon qilgandik. Ota-onam oilasi bizga mosmas, deya sovchilarini bir necha bor rad etishdi. Ular tanlagan yigit bilan qonuniy nikohdan ham o‘tdim. Ko‘ngil qo‘yganimni esa unutolmayapman. Bu dard bilan oila qursam, baxtli bo‘lmasligimni, to‘ydan so‘ng uni o‘ylashim ham gunohligini bilaman... Lekin nima qilay, yuragimga buyruq berolmasam...”
Nasiba, Samarqand viloyati

Agar yurakka buyruq berib bo‘lganida, yer yuzidagi hech bir inson sevgi nashidasini totmasdi. Hammasi biz istagandek bo‘lganida esa hayotning ham, eng muqaddas tuyg‘ularning ham qadri yo‘qolardi.

Anglaganingizdek, bugun «kundaligimiz»da muhabbati armonga aylangan qizlar bilan dardlashamiz.

To‘y oldi stress
Turmushga chiqayotgan qizlarning deyarli barchasini «Shu inson bilan t ... Davomini o'qish »
0

Bugungi Munajjimlar Bashorati (8-iyul 2017-yil)

Автор: MASSARIкатегория: Munajjimlar bashoratiдата: 08.07.2017
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
8 iyul kunning birinchi yarmida kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘ladi. Shuning hisobigami, ishlaringiz ketma-ketiga baroridan kela boshlaydi. Tushdan keyin shaxsiy ishlar bilan yaqin manzillarga borib kelishingiz, yoshi ulug‘ qarindoshlarga yaqindan ko‘mak berishingiz kutiladi. Bugungi kun turmush qurish, cho‘milish va quyoshda toblanish uchun foydali kechadi. Ammo biling, oiladagi muammolarni o‘zingizdan bo‘lak hech kim bartaraf eta olmaydi. Asabni asrang. Salomatligingizni ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduzlar sizga butun boshli romantik kunni va’da qilmoqda. Agar shundan ko‘nglingiz to‘lsa, xotirjam tortaverishingiz mumkin. Kun davomida qarindoshlar bilan tez-tez xabarlashishni unutmang, yordam kerak bo‘lsa, bajonidil zimmangizga oling. Kechqurun vaqtingizni oila davrasida o‘tkazishga harakat qiling. Salomatligingizdan bugun shikoyat qilmasligingiz kutiladi. Kechqurunga borib moliyaviy ahvolingiz ham yaxshilanadi. Qanday yaxshi! ... Davomini o'qish »
0

Qanday qilib iPhone Xitoyda butun bir shaharni barpo etdi?

Автор: MASSARIкатегория: XXI tehnologiyasiдата: 07.07.2017
Insider Pro nashri elektronika ishlab chiqarish zavodi atrofida yetti yil mobaynida butun bir shahar paydo bo‘lganligi haqida hikoya qiladi.

Fermer Chjan Xaylin makkajo‘xori va bug‘doy dalalari ustida vertolyotlar paydo bo‘lgan 2010-yilning o‘sha kunini yaxshi eslaydi. Mashinalar ma’lum bir joylarga ulkan sharlar — yer ishlari uchun ko‘rsatkichlarni tashlar edi. “Uch kun o‘tib bu yerga yuzlab buldozerlar yetib keldi”, — deydi u.

Bu Xitoyga iPhone’ning kirib kelishi edi. Tez orada Chjenchjouda yangi sanoat shahri paydo bo‘ldi, mahalliy aholi unga iPhone-siti deb nom berdi.

Bor-yo‘g‘i bir necha oy ichida ishchilar zavod korpuslarining koroblarini barpo etdi, elektr uzatish simlarini tortib keldi va Apple’ning deyarli barcha smartfonlarini teruvchi Foxconn Technology Group fabrikasi darvozalariga ishchilar bilan to‘la avtobuslar kela boshladi.

Bir yil o‘tib Foxconn rahbari milliarder Terri Gou zavod majmuasida 100 ming ishchi mehnat qila ... Davomini o'qish »
0
Facebook Messenger’da “Taxtlar o‘yini” serialining oldingi 6 mavsumi voqealari haqida hikoya qiluvchi chat-bot paydo bo‘ldi. Bu haqda Daily Afisha hikoya qilmoqda.

Unda foydalanuvchilar har bir qahramon bilan yaqindan tanishishi, u tirik yoki o‘lgan ekanligi haqida ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin.

Chat-botni serialning yettinchi mavsumi arafasida Londonning Catch kreativ agentligi ishlab chiqdi. Bot serialning barcha hodisalari haqida gif’lar, videolavhalar yordamida hikoya qiladi, treylerlar, qo‘shimcha materiallar jo‘natadi, hatto hazillashadi ham.


Foto: The Verge

Eslatib o‘tamiz, “Taxtlar o‘yini” serialining 7-mavsumi premyerasi 16-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
0
Nyu-York metrosida iyulda elektron kutubxona o‘z faoliyatini boshlaydi. Yo‘lovchilar kitoblar, jumladan, bestsellerlar, yangiliklar va Nyu-York haqidagi hikoyalarni bepul o‘qishi mumkin, deya xabar beradi Forbes.

Megapolis metrosining 6 bekatida Wi-Fi 2011-yilda ishga tushdi. Qolgan bekatlarni 2018-yilda tarmoqqa ulash rejalashtirilgandi, biroq Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo bu ishga aralashgach, jarayon tezlashdi va internet metroda 2016-yil oxirida to‘liq paydo bo‘ldi.

Nyu-York metrosi bilan 27 yillik sheriklik sharnomasini imzolagan Transit Wireless kompaniyasi tarmoq bilan bir vaqtda The Subway Library elektron kutubxonasini ham ishga tushirdi. Kompaniya mazkur loyihaga 350 million dollar sarfladi.
0
Avvalroq Toshkent axborot texnologiyalari universiteti joriy yilda o‘zining test sinovlarini o‘tkazish joylarida biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abituriyentlarni nazorat qilish (identifikatsiya) va boshqarish tizimini joriy etilishini ma’lum qilgan edi. Bu haqda universitetning tuit.uz sayti ham ma’lumotlar berib o‘tgandi.

Joriy yilning 5-iyul kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakultetining 450 nafar abituriyentlari uchun test imtihonlari o‘tkazildi.

Biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abituriyentlarni nazorat qilish va boshqarish tizimi asosida “Zaychik” abituriyentlar aniqlandi, deb xabar berildi universitetning Facebook’dagi sahifasida.

Xalq orasida “Zaychik” deya ataluvchi abituriyentlar “biometrik tizimni aldayman” degan umidda harbiylar formasini kiyishga ham muyassar bo‘lgan, natijada esa 16 ta “zaychik” qopqonga tushdi.

Shu bilan bir qatorda, 100 dan ortiq mobil aloqa vositalari aniqlani ... Davomini o'qish »
0
OAV Rossiya prezidenti Vladimir Putinga benihoya o‘xshash ekanligini bir necha yillar avval payqagan xitoylik fermer Lo Yuanpin hayotidan nolidi. 54 yoshli erkakka ko‘ra, dunyo yetakchisining qiyofasi har doim ham hayotdagi muvaffaqiyat belgisini anglatmaydi, deya xabar beradi “MK.ru”.

Lo Yuanpin bir necha bor tok-shoular mehmoni sifatida teleekranda paydo bo‘ldi, matbuot nashrlariga taklif etildi. Biroq hayotida hech qanday o‘zgarishlar yuz bermadi.

Fermerning aytishicha, Putinga o‘xshash qiyofa unga shuhrat, na boylik, na shaxsiy hayotda baxt keltirdi. U o‘ziga turmush o‘rtog‘i topishdan ham deyarli umidini uzib qo‘ydi: Lo Yuanpin puli kamligi tufayli hatto uylanishga ham qurbi yetmaydi.
0

"Lacetti"ning o‘rniga yangi avtomobil ishlab chiqariladi

Автор: MASSARIкатегория: Avto Olamдата: 06.07.2017
GM Uzbekistan 3-4 yildan keyin "Lacetti"ning o‘rniga yangi avtomobil ishlab chiqaradi, deb xabar qildi jurnalistlarga GM Uzbekistan zavodining bosh direktor v.b. Rustam Rajabov.

Rajabov aytishiga qaraganda kompaniya "S" segmentida yangi modeldagi avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Ushbu segmentda ayni damda ishlab chiqarilayotgan "Lacetti" avtomobili 2-3 yildan keyin eskiradi.

"Biz kelajak rejalarimizni izchil o‘ylab olmoqdamiz. Yo‘nalishlardan biri "S" segmentidir. Biz ushbu segmentda bugun ishlab chiqarayotgan Lacetti 2-3 yildan keyin eskiradi. Biz hozir ushbu yo‘nalishda mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlarni o‘rganmoqdamiz. Men albatta hozir bu qanday model bo‘lishini ayta olmayman, lekin u zamonaviy, sifatli va qulay avtomobil bo‘ladi", — dedi Rustam Rajabov.

Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan yaqin to‘rt yil ichida ikkita yangi model avtomobili ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Bu "O‘zavtosanoat"ning 2021 yilgacha bo‘lgan rejasiga ki ... Davomini o'qish »
« 1 2 ... 157 158 159 160 161 ... 174 175 »