Регистрация
Меню сайта
SEVIMLI SERIAL!
Наш опрос
Sizga qaysi turk seriali yoqadi?
Barcha javob: 624
Статистика

Онлайн всего: 394
Гостей: 394
Пользователей: 0

0
«O‘zgidromet» 11 iyun kuni kutiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 25-27° bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harora ... Davomini o'qish »
0
Hype Auditor analitik platformasi Instagram ijtimoiy tarmog‘ining eng taniqli foydalanuvchisi nomini ma’lum qildi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.

Resurs foydalanuvchilarga real obunachilar nechta layk bosgani, yana nechta layk botlardan kelganini aniqlaydi. Analitiklarning hisob-kitoblariga ko‘ra, eng ko‘p haqiqiy laykni amerikalik qo‘shiqchi Selena Gomes olgan.

U obunachilari soni bo‘yicha yetakchi emas – 151 million kishi, ammo uning Instagram’dagi har bir fotosurati o‘rtacha 4,6 milliontagacha layk yig‘adi.

Ikkinchi o‘rinni model va biznesmen Kayli Jen ... Davomini o'qish »
0

Xitoyda iPhone savdosi tushib ketdi

Автор: VerSignкатегория: XXI tehnologiyasiдата: 01.06.2019
Xitoyda iPhone savdosi keskin tushib ketdi, ayni damda bor-yo‘g‘i 17% xitoyliklar iPhone sotib olish haqida o‘ylamoqda, deb yozadi Sputnik.

UBS kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda ma’lum bo‘lishicha, Xitoyda iPhone’ga bo‘lga qiziqish keskin tushib ketgan. Yaqin ikki oy ichida iPhone sotib olasizmi deyilgan savolga o‘tgan yilning oktabr oyida 22% aholi “Ha” deb javob bergan edi. Hozir bo‘lsa bundaylar soni 5 foizga kamaygan.

UBS kompaniyasi direktori Timoti Arkurining fikriga ko‘ra, bunga AQShda Huawei kompaniyasiga qarshi kiritilgan sanksiyalar sabab bo‘lgan bo ... Davomini o'qish »
0

Dominikanda 5G aloqa birinchi marta sinovdan o‘tkazildi

Автор: VerSignкатегория: XXI tehnologiyasiдата: 01.06.2019
Dominikan Respublikasining VIVA mobil operatori Shveysariyaning Ericsson telekommunikatsiya kompaniyasi bilan bilan hamkorlikda 29-may kuni mobil internetning beshinchi avlodi (5G)ni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Namoyishkorona ulanish prezident Danilo Medina ishtirokida telekommunikatsiya ko‘rgazmasida o‘tkazildi. Tadbir davomida mehmonlar, shuningdek, 5G texnologiyasi afzalliklari hamda uning telemedetsina va IoT (Internet of Things, Buyumlar interneti)da qo‘llanilishi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

VIVA bosh direkitori Marko Erreraning ... Davomini o'qish »
0
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) professional bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Unda o‘zbekistonlik ikki bokschi Shahram G‘iyosov (8 ta g‘alaba, 6 ta nokaut) va Isroil Madrimov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) yuqorilashga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar berdi GoSport.

Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov may oyi uchun chiqarilgan reytingda aprel oyiga nisbatan bir pog‘ona yuqorilab, 13-o‘ringa joylashdi. U fevral oyi uchun chiqarilgan reytingda kuchli 15 talikni tark etgandi.

Ma’lumot uchun, Shahram aprel oyi so‘ngida amer ... Davomini o'qish »
0

Energetiklarni necha yoshdan ichish mumkin?

Автор: MASSARIкатегория: Qiziqarli ma'lumotlarдата: 27.05.2019
Bolalarga 16-17 yoshga toʻlmagunicha qahva va energetik ichimliklar ichishga ruxsat bermang! Bu haqda Moskva sogʻliqni saqlash departamenti psixiatr-narkologi Yevgeniy Bryun ogohlantirmoqda.

— Bolalarga kofeinli ichimliklarni ichishga ruxsat bermaslik kerak. Umuman, energetik ichimliklar va qahvadan 16-17 yoshgacha tiyilib turgan maʼqul. Kofein birinchi navbatda bolaning shakllanib kelayotgan nerv tizimiga zarar yetkazadi, — “Moskva” agentligi mutaxassisdan shunday iqtibos keltirmoqda.

Qahva va energetiklar isteʼmolidan soʻng bola jizzaki va injiq boʻlib qolib, tez to ... Davomini o'qish »
0
Gidrometeorologiya xizmati markazi 29 may - 1 iyun kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 29 mayda ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 30–31 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 1 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 29 mayda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 mayda kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 30–35 daraja issiq; 30 ma ... Davomini o'qish »
0

"Nexia R3"ga Rossiyada hech kim yeta olmadi (foto)

Автор: MASSARIкатегория: Avto Olamдата: 27.05.2019
Bogordsk shahri yaqinida joylashgan “Nijniy Novgorod halqasi” poyga yo‘lida Rossiya "Halqa" chempionatining navbatdagi bosqichi o‘tkazildi. Unda "RAVON Racing Team" jamoasi o‘zining ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Yangi tuzulgan “RAVON Racing Team” jamoasi poygada maxsus tayyorlangan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan ikkita "Ravon Nexia R3" avtomobillarida, “Akademiya ralli”, “S-logistik”, “Suvar motorsport” kabi nomdor jamoalar bilan raqobatlashdi.

Keskin va murosasiz o‘tgan poygada "Ravon Nexia R3"ni boshqargan Yefim Gantmaxer “Turing layt” klassining yetakchisi, ta ... Davomini o'qish »
0

Kaliforniyada aholiga oyiga 500 dollar berilmoqda

Автор: VerSignкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 26.05.2019
Denang va Vargas Kaliforniya shtati Stoktonda, texnologik jihatdan katta rivojlanish bo‘layotgan, ammo qashshoqlik darajasi yuqori bo‘lgan shaharda yashaydi. Ular Stoktonni iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan SEED dasturida ishtirok etmoqda. Dasturda 18 oy davomida 130 kishiga oyiga 500 dollardan beriladi, deya yozadi Forum Daily.

Loyiha tarafdorlari tajriba o‘tkazayotgan ishtirokchilardan pulni yaxshi boshqarishini xohlaydi. Ular pulni hayotini yaxshilash uchun ishlatadi, pulli to‘lovlarni saqlab qo‘yadi va kelajak uchun rejalar qo‘yadi, bu tufayli Stoktan kichik iqtis ... Davomini o'qish »
0
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning so‘nggi tur o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda klubning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

34 yoshli portugaliyalik “Sampdoriya”ga qarshi kechadigan 38-tur uchrashuvida maydonga tushmaydi, u dam oladigan bo‘ldi.

Yozda jamoani tark etadigan klub ustozi Massimiliano Allegrining so‘zlariga ko‘ra, o‘yinchi kelasi oy Portugaliya terma jamoasi safida Millatlar Ligasi o‘yinlarida ishtirok etadi. Shu sababli Ronaldu so‘nggi turni o‘tazib yuboradi.

Ronaldu joriy mavsum Italiya chempionatida 31 ta b ... Davomini o'qish »
0

Edin Jeko “Roma”ni tark etadigan bo‘ldi

Автор: VerSignкатегория: Sport yangiliklariдата: 26.05.2019
“Roma” hujumchisi Edin Jeko “Inter” bilan transferini muhokama qildi, deb xabar berdi Sky Sports.

Ta’kidlanishicha, 33 yoshli bosniyalik Milan klubi bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Avvalroq “nerradzurilar” Jekoni 20 million yevro evaziga sotib olishi mumkinligi ma’lum bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Jekoning rimliklar bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilning yoziga qadar amal qiladi. O‘yinchi “Roma”dan shartnoma muddatini uzaytirish borasida yangi taklif olgani yo‘q. Ma’lum bo‘lishicha, Rim klubi hujumchininig jamoani tark etishiga qarshi e ... Davomini o'qish »
0

WhatsApp ichida yashiringan shpion dastur topildi

Автор: MASSARIкатегория: XXI tehnologiyasiдата: 17.05.2019
Dunyoda eng ommaviy bo‘lgan messenjerlardan biri WhatsApp yaxshi himoyalanmagani tufayli uning ichiga shpion dasturlar yashirin ravishda o‘rnashib olishi mumkinligi aniqlandi, dedi Rossiya Davlat Dumasining axborot texnologiyalari xavfsizligi qo‘mitasi a’zosi Yevgeniy Lifshits. Bu haqda RIA Novostiga tayanib Sputnik ma’lum qilmoqda.

Bundan oldin Financial Times nashri may oyining boshida butun dunyoda minglab telefonlarda WhatsApp dastur orqali yashirincha o‘rnatilgan Isroilda ishlab chiqilgan shpion dasturlari mavjudligi haqida xabar qilgan edi. WhatsApp messenjeridan butun dunyo ... Davomini o'qish »
0
Rossiyalik xonanda MakSim YTHdan keyin ilk konsertini 25 may kuni Toshkentda, «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyida beradi. Bu haqda qo‘shiqchi MY5 telekanali orqali muxlislariga videomurojaatida ma’lum qilgan.

Shu yil aprel oyida MakSim «Abonent nedostupen» qo‘shig‘iga klip olish uchun safarga otlanayotib, bexos sodir bo‘lgan YTH sabab Moskva shifoxonalaridan biriga yotqizilgandi. Hozirgi paytda uning sog‘lig‘i ancha tiklangan va u Toshkent safariga hozirlik ko‘rmoqda.

— Assalom, quyoshli Toshkent! Biz sizlar bilan 25 may kuni «Xalqlar do‘stligi» saroyida ko‘rishamiz! ... Davomini o'qish »
0
Niderlandiyaning Amsterdam shahar kengashi 2030-yildan boshlab benzin va dizel yoqilg‘isida harakatlanadigan avtomobillarning shaharga kirishi butunlay taqiqlanishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Meduza.

Hukumat tomonidan qabul qilingan dastur mazkur taqiqqa bir maromda, silliq o‘tishni ta’minlaydi. 2020-yilga borib shaharga ishlab chiqarilganiga 15 yildan oshgan dizelda harakatlanuvchi mashinalar, 2022-yildan avtobuslar, 2025-yildan esa skuter va mototsikllar kira olmaydi.

Bundan tashqari hukumat tomonidan aholini elektrokarlarga o‘tkazish bo‘yicha bir qator dastur ... Davomini o'qish »
0
Sakkiz yoshli Freddi Kuk bionik qo‘lga ega bo‘lgan dunyodagi eng yosh insonga aylandi. U o‘ng qo‘lsiz tug‘ilgan bo‘lib, shifokorlar bolakay 20 yoshigacha protezdan foydalana olmasligini ma’lum qilgan. Biroq Open Bionics kompaniyasi Freddining tug‘ilgan kuniga Hero nomli bionik qo‘lini sovg‘a qildi, deb xabar beradi TJournal.

Open Bionics qurilmalarining odatdagi protezlardan farqi uning barmoqlarini to‘laqonli harakatlanadi. Masalan, Hero’ning egasi barmoqlarini qisishi, “besh tashlashi” va oddiy odamlar bajaradigan boshqa ko‘plab harakatlarni amalga oshira oladi.

Ope ... Davomini o'qish »
0
4-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 36-turi doirasida 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Madridning “Atletiko” klubi “Espanyol” mehmoni bo‘ldi.

Bellashuvning 45-daqiqasida madridliklar himoyachisi Diyego Godin avtogol muallifiga aylangan bo‘lsa, 52 va 89- daqiqalarda (penalti) mezbon jamoa a’zosi Borxa Iglesias dublga erishdi (3:0).

Shu tariqa Diyego Simeone jamoasi “Espanyol” bilan kechgan bahsda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi (0:3).

Shu kuni muddatidan avval chempionlikni nishonla ... Davomini o'qish »
« 1 2 3 4 ... 175 176 »