Регистрация
Меню сайта
Реклама

0
Misrda Rustam Sa’diyevning «Baron 2» filmini suratga olish ishlari boshlandi, deb yozadi «Kun-u tun».
Nashr filmning yulduzli aktyorlari Kaan Urganji o‘g‘lu va Farhod Mahmudovning birga tushgan suratini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, «Sevgi iztirobi» serialidagi Amir roli bilan tanilgan Kaan Urganji o‘g‘li «Baron 2» filmida bosh rollardan birini ijro etishi haqida film rejissyori Rustam Sa’diyev ma’lum qilgan edi.
0
Bugun, 5 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Avtomobil sanoati: kechagi kun va istiqbollar» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Ushbu matbuot anjumanida «O‘zavtosanoat» AJ vakillari tizimdagi yangiliklar haqida ma’lumot berdi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.

«O‘zavtosanoat» AJ 2019 yildan boshlab yangilangan Cobalt avtomobilini ishlab chiqarishni rejalashtirgan edi. Biroq kompaniya ushbu qaroridan voz kechdi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» AJ raisi o‘rinbosari Aziz Shukurov ma’lum qildi.

«Yangi Cobalt unchalik ham yangi emas. GM’ning o‘zida, Braziliyada ushbu loyiha 2016 yilda amalga oshirilgan edi. O‘zbekistonda joriy yilning oxirida Cobalt ishlab chiqarish to‘xtatiladi. Biz eski avtomobil modellarini ishlab chiqarish to‘g‘ri emas, degan xulosaga keldik. Shunday qilib, yangilangan Cobalt ishlab chiqarish bo‘yicha rejamizni bekor qilamiz», — deydi Aziz Shukurov.

... Davomini o'qish »
0
“Liverpul” ingliz klubi va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh imijini o‘zgartirib, soqolini olib tashladi.
26 yoshli misrlik Instagram’dagi sahifasida avtomobil salonida esda qoluvchi va barcha muxlislar o‘rganib qolgan soqolisiz o‘tirgan suratini joylashtirgan.

Xabarga izohlarda ko‘pchilik futbolchining qiyofasidagi bunday o‘zgarish ularga yoqmaganini aytishgan. “Kimsan? Bo‘lishi mumkinmas”, “Boshqa bunday qila ko‘rma”, deb yozishgan muxlislar. “Sen biror bahsda yoki shunga o‘xshash narsada yutqazib qo‘ydingmi? Yomon emas”, “Yangi uslub, yangi Mosalax, menga yoqdi”, deb yozishgan boshqa bir muxlislar.

Jumladan, Salohning yangi qiyofasi jamoadoshlari tomonidan ham e’tiborsiz qoldirilmagan.
“Endi 26 yoshda ekaningga ishonaman”, deb yozgan futbolchi Deyan Lovren.
“Sen haqiqatan ham Mo Salaxmisan???”, deb hayratini yashirmagan Alberto Moreno.

Bunga javoban Lovren “Yo‘q, ukasi. Uning o‘zidan 10 yosh kichik ukasi”, deb ha ... Davomini o'qish »
0

Amazon Nyu-Yorkdagi qarorgohidan voz kechishi mumkin

Автор: VerSignкатегория: XXI tehnologiyasiдата: 10.02.2019
Amazon Nyu-Yorkda yangi bosh qarorgoh ochish rejalarini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya Nyu-York shtati qonun chiqaruvchilarining qator noroziliklari tufayli bino qurilishidan voz kechishi mumkin.

Qayd etilishicha, gap Kuins tumanida Amazon ofisini qurish haqida ketmoqda.

Shu bilan birga, korporatsiya yangi bosh qarorgohining ochilishi 25 mingga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratishga olib kelishi mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amazon’ning kapitallashuvi 40 mlrd dollarga «qulagandi».
0

Opera Android tizimidagi brauzeri uchun VPN o‘rnatdi

Автор: VerSignкатегория: XXI tehnologiyasiдата: 10.02.2019
Opera Android tizimidagi smartfonlarga o‘zining VPN xizmatini joriy etdi. Xizmatdan hozircha beta-sinov qatnashchilari foydalanishi mumkin bo‘lib, keyinchalik u barchaga taqdim etiladi.

Foydalanuvchm VPN xizmatini brauzer sozlamalarida yoqishi mumkin — servis bepul hamda undan foydalanish uchun hech qanday ro‘yxatdan o‘tkazish talab qilinmaydi. Opera foydalanuvchilarning serverlar orqali o‘tadigan ma'lumotlarini yig‘maslikka va'da bermoqda.

Opera ilgari brauzerdan alohida ishlaydigan VPN-xizmatini ishga tushirgan, ushbu loyihasini 2018 yil aprelda hech qanday izohlarsiz to‘xtatgandi. Hozirda Opera o‘zining desktop versiyalariga VPN o‘rnatgan.
0
Mutaxassislar tadqiqot o‘tkazishdi va nurlanish darajasi bo‘yicha inson salomatligiga eng katta xavf uyg‘otuvchi telefonlar ro‘yxatini tuzishdi. Bu haqda Statista statistika portalining tvitterida xabar berilgan.

Reytingga ko‘ra, bugungi kunda insoniyat tomonidan ishlatiladigan deyarli barcha telefonlarni radiatsiya darajasi yuqori bo‘lgani sababli xavfli, deb atash mumkin.

Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, nurlanish darajasi1,75 Vt/kg bo‘lgan Xiaomi Mi A1 (2017 yilda ishlab chiqarilgan) eng xavfli smartfonga aylandi. Ikkinchi zararli gadjetga OnePlus 5T bo‘ldi - 1,68 Vt/kg, keyin 1,58 Vt/kg bilan Xiaomi Mi Max 3. Ta'kidlanishicha, reytingdan nurlanish darajasi 1,38 Vt/kg va 1,32 Vt/kg bo‘lgan Iphone 7 hamda Iphone 8 ham joy oldi.

Ro‘yxatdagi aksariyat o‘rinni Xiaomi, OnePlus va HTC brendlarining modellari egalladi.

Olimlarning tadqiqotiga ko‘ra, sotib olish uchun rasman mavjud bo‘lgan telefonlar SAR - 1,6 Vt.gacha ruxsat etilgan daraj ... Davomini o'qish »
0
Germaniya qurolli kuchlari uchuvchisiz uchar qurilmalardan himoyalanishni kuchaytiradi va buning uchun beshta yerusti tizimini sotib oladi. Bu haqda federal hukumatdagi manbasiga asoslanib DPA agentligi xabar berdi.

Hozirda Germaniya uchuvchisiz uchar qurilmalardan himoyalanish uchun bitta statsionar va ikkita mobil tizimga ega. Ularning vazifasi aholi va hayotiy muhim infratuzilmani havo hujumidan saqlashdir.

Yana bir muhim jihat – fuqaro aviatsiyasini himoya qilish. O‘tgan yili dronlar samolyotlarning parvoz qilishiga xalaqit bergan 158ta holat qayd etilgan.

Nemis qonunchiligiga ko‘ra, aeroport, kasalxona, qamoqxona, hukumat binosi, port va vokzallar yaqinida havaskor dronlar uchirilishi taqiqlangan.
0
9-fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 23-tur bahslari doirasida 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Turning markaziy o‘yini Madridning ikki klubi “Atletiko” hamda “Real” qarshiligi ostida o‘tdi.

1-bo‘limning 16-daqiqasida “Qirollik klubi” yarim himoyachisi Kazemiro Yan Oblak qo‘riqlayotgan darvozaga “qaychi” uslubida gol urdi va hisobni ochdi (1:0). Oradan 9 daqiqa o‘tib fransiyalik hujumchi Antuan Grizmann darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi va darvozani ishg‘ol qildi (1:1). 42-daqiqaga kelib, “Atletiko” jarima maydonida Vinisius Juniorga nisbatan qo‘pollik ishlatildi va hakam tomonidan Oblak darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi, uni esa Serxio Ramos aniq amalga oshirdi (2:1).

2-bo‘limning 74-daqiqasida Vinisius Junior o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Garet Beyl Luka Modrich uzatmasini golga aylantirdi (3:1).

Shu tariqa Santyago Solari shogirdlari Diyego Simeone jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub ... Davomini o'qish »
0
Professional boksning o‘ta og‘ir vazn (+90,7 kg) toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov (4 ta jang, 4 ta g‘alab) AQShda o‘zining beshinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jalolov joriy yilning 15-mart kuni Kaliforniya shtatining Tyustin shahridagi Markoni avtomobillar muzeyi saroyida bo‘lib o‘tadigan boks kechasida ishtirok etadi. Hozircha uning raqibi kim bo‘lishi ma’lum emas. Tez orada bo‘lajak raqib borasida ma’lumot beriladi.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov 2018-yildan buyon professional boksda faoliyatini davom ettirmoqda. “Mir boksa“ promouterlik kompaniyasi bilan shartnomaga ega sportchi so‘nggi marta 2018-yilning 8-dekabr kuni Markus Valentinga qarshi ringga chiqib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
0
9-fevral, shanba kuni Germaniya Bundesligasining 21-tur bahslari doirasida 6 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa jadvalini boshqarib borayotgan Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Hoffenhaym” jamoasi bilan jang qildi.

1-bo‘limning 32-daqiqasida Jeydon Sancho Lukash Pishchek uzatmasini golga aylantirdi va hisobni ochdi (1:0). 43-daqiqaga kelib, Mario Gyotse hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

2-bo‘limning 66-daqiqasida Gyotse uzatgan to‘pni Rafael Gerreyru raqib darvozasiga to‘p kiritdi va hisobni yiriklashtirdi (3:0). 75-daqiqada esa Andrey Kramarich o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Isxak Belfodil Roman Byurki qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi va hisobni qisqartirdi (3:1). 83-daqiqaga kelib Pavel Kaderjabek jamoasining 2-goliga mualliflik qildi. Oradan 4 daqiqa o‘tib Is’hoq Belfodil gol urib, hisobni tenglashtirdi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (3:3).

Diter Heking boshliq “Borussiya Myunxengladbax” klubi ... Davomini o'qish »
0

“Inter” g‘alaba qozondi, “Napoli”da esa durang

Автор: VerSignкатегория: Sport yangiliklariдата: 10.02.2019
9-fevral, shanba kuni Italiya A Seriyasining 23-turi doirasida 2 ta o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.

Kunning birinchi uchrashuvida musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Karlo Anchelotti boshqaruvidagi “Napoli” jamoasi “Fiorentina” uyiga safar qildi. Bellashuvda hisob ochilmadi va tomonlar durangga imzo chekdi.

Shu kuni 43 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-pog‘onani band qilgan Luchano Spaletti boshliq “Inter” klubi “Parma” mehmoni bo‘ldi.

Milanliklar Lautaro Martinesning 80-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga g‘alabani ilib ketdi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi (1:0).
0
Xonanda Ozoda Nursaidova yurak xastaligi bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda uning singlisi Nilufar Nursaidova Ozoda Nursaidovaning Instagram’dagi rasmiy sahifasiga joylagan videosida ma’lum qildi.

Nilufar Nursaidova opasi 15 kundan buyon yurak xastaligi bilan qiynalayotgani sabab shifoxonaga yotqizilgani, opasi bu haqida hech kimga ma’lum qilmaslikni so‘raganini yozib qoldirgan.

“Ming bor uzr, majburman. Opam aytma desalar ham aytdim, chidolmadim. Opamning Instagram’lariga, ularning ruxsatlarisiz ushbu postni joyladim”, — deydi Nilufar Nursaidova.
0
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat agrar universiteti dekan o‘rinbosari X.A. universitetning 2-kurs talabasi A.dan uni yakuniy imtihonlarga kirishiga ruxsat berish evaziga 600 ming so‘m olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, X.A. muntazam ravishda dars soatlarini qoldirgan 11 nafar talabalarni imtihonlarga kirishlariga ruxsat berishi evaziga olgan jami 4,6 mln. so‘m pul mablag‘larini ixtiyoriy ravishda taqdim qilgan.

“Mazkur holat yuzasidan X.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.
0
Joriy yilning fevral oyi so‘ngida “Bravo” jamoasining litsenziyasini bekor qilish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorov matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi, deb xabar beradi Kun.uz nashri.


Odiljon Abduqahhorov

“Bizga ma’lumki, kezi kelganda man-man degan xonandalar konsertiga chiptalar sotilmay qoladi, biroq yoshlar uchun sevimli bo‘lib borayotgan “Million”, “Dizayn”, “Bravo” kabi jamoalarning konsert dasturlarida, o‘n kun bo‘lsa ham, zal tomoshabinlarga to‘la bo‘ladi. Agarda yoshlar u jamoalarga ergashadigan bo‘lsa, biz ulardan jamiyatimizdagi ijtimoiy masalalarni ko‘tarib chiqishda foydalansak bo‘ladi. “Bravo”ning oxirgi konsertida chindan ham oila davrasida ko‘rib bo‘lm ... Davomini o'qish »
0

GM Uzbekistan nomini o‘zgartiradi

Автор: MASSARIкатегория: Avto Olamдата: 09.02.2019
GM Uzbekistan o‘z nomini kelgusi bir necha oy ichida o‘zgartiradi. Bu haqda Toshkentda seshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani davomida xabar berilgan.

Kompaniyadan ma’lum qilishlaricha, yangi nom haqida alohida e’lon qilinadi. «O‘zavtosanoat» muqaddam General Motors’ning ulushini sotib olgani tufayli o‘z nomini o‘zgartirmoqda.

Xabar berilishicha, 2018 yilda avtomobillar va butlovchi qismlar eksporti 25,5 million AQSh dollarini tashkil etgan. 2019 yilda bu ko‘rsatkichni 118,6 million dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Kompaniya mahsulotlari eksport qilinayotgan mamlakatlardan tashqari, Afg‘onistonga avtomobillarni yetkazib berish boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda kompaniya 220 667 dona avtomobil ishlab chiqardi. Kompaniya tarixida ilk bor rekord 2018 yil dekabrida qayd etildi. O‘shanda 34 117 avtomobil ishlab chiqarildi.
0

Xavi Messini Qatarga chorlamoqda

Автор: MASSARIкатегория: Sport yangiliklariдата: 09.02.2019
«Barselona» klubining sobiq yarimhimoyachisi Xavi kataloniyaliklar yetakchisi Lionel Messini Qatarga chorladi.
39 yoshli ispaniyalik «As-Sadd» klubidagi faoliyatini yakunlagach, murabbiy bo‘lishni rejalashtirmoqda.

Tribalfootball xabariga ko‘ra, u jamoasi safida Lionel Messini ko‘rishni istamoqda va 31 yoshli sobiq jamoadoshiga taklif jo‘natgan.
Hozircha Messining javobi qanday ekani ma’lum emas. Uning «Barselona» bilan imzolagan shartnomasi 2021 yil yozigacha mo‘ljallangan.
« 1 2 3 4 5 ... 167 168 »