Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Achchiq taom va yeguliklarning organizmga qanday foydasi bor?

Автор: MASSARIкатегория: Qiziqarli ma'lumotlarдата: 22.01.2021
O‘ta achchiq taomlarni sevib iste’mol qilish ham qobiliyatga o‘xshaydi. Sababi har kim ham og‘izni yondirar darajadagi taomlarni xushlamaydi. Ularning foydali tomoni bo‘lgani kabi zararli jihatlari ham mavjud. Masalan, gastritdan oshqozon yarasiga qadar.

Achchiq taomlar sog‘liqni yaxshilaydi
Chili qalampirida o‘tkir ta’mni beruvchi kapsaitsin alkaloidi mavjud. Olimlarning ta’kidlashicha, parhezi ham ziravorlar bilan to‘lib toshgan Lotin Amerikasidagi odamlar g‘arb mamlakatlariga qaraganda saratonning ayrim turlariga kamroq chalinadi. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, kapsaitsin o‘pka, oshqozon osti bezi va prostata bezlaridagi saraton hujayralarini a’zolarga zarar yetkazmasdan yo‘q qilishga qodir. Shuningdek, chili qalampiri xolesterin ko‘payishidan himoya qiladi va insulinga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishi mumkin. Bundan tashqari, kapsaitsin me’da kislotasining ortiqcha ishlab chiqishining oldini oladi.

Ziravorlar vazn kamaytirish xususiyatiga ega
Achchiq ziravorlar vazn bilan kurashishga yordam beradimi yoki yo‘qligi haqida bahslar allaqachon tugagan, bu savol o‘z isbotini topgan. Murch, qalampir va achchiq ziravorlar modda almashinuv jarayonini tezlashtiradi va tanada hosil bo‘lgan energiyani samarali sarflanishiga olib keladi. Shuningdek, taomlar orasiga chilini qo‘shish ovqatlanish orasidagi ochlikni kamaytiradi. Bu esa vazn tashlashning eng yaxshi usuli hisoblanadi.

Karri nafaqat xushbo‘y, balki foydali hamdir. Chunki tur xil qalampir, ziravor, chili va zarcho‘va kombinatsiyasi qon aylanishiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Qon tomir kasalliklarini bartaraf etadi, shuningdek, yallig‘lanishning ham oldini oladi.

Ziravorlar shamollashni davolashda samarali vosita
Ularni iste’mol qilganda, ko‘zlar yoshlanishi mumkin, lekin nafas yo‘li tozalanishida yordam beradi. Chili qalampiri tana harorati ko‘tarilganda gripp va isitmani yengillashtiradi. Shuningdek, astmada ham foydali sanalanadi. Olimlarning fikriga ko‘ra, o‘rta darajadagi achchiq taomlarni muntazam iste’mol qilish nafaqat yallig‘lanishni kamaytirish va og‘riqni yo‘qotish, balki organizmning umumiy qizishidan keyin ajraladigan endorfinlar tufayli kayfiyat yaxshilanadi.

Achchiq taomlar iste’molini birdaniga amalga oshirish tavsiya etilmaydi. Sababi o‘ta achchiq taom oshqozonida muammosi bor insonlar uchun qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin. Yaxshisi, oz-ozdan ziravorlar qo‘shgan holda organizmni achchiq taomga o‘rgatib borish kerak.

Теги: achchiq, Achchiq taomlar

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]