наверх
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
09:14
​AMERIKALIK AYOL IKKI O`G`LINI GAZ PECHIDA O`LDIRDI

Amerikaning Atlanta shahrida (Jorjiya shtati) 24 yoshli ko`p bolali ona ikki o`g`lini o`ldirganlikda ayblanmoqda.

Bu haqda The Atlanta Journal-Constitution xabar berdi. Tergovda ma`lum bo`lishicha, ayol 1 va 2 yoshli bolalarini gaz pechiga tiqqan.

Ma`lum bo`lishicha, ayol farzandlarining otasiga qo`ng`iroq qilib, videochatda bolalarning tanasini ko`rsatgan. Erkak darhol polisiyaga qo`ng`iroq qilgan. Aniqlanishicha, ularning yana bir o`g`li Jamil jabrlanmagan. 6 yoshli qizi esa shu kuni qarindoshlarinikida mehmonda bo`lgan.

Nashrning qayd etishicha, ona ruhiy kasal bo`lgan, ammo shifokorlarga murojaat qilmagan. Kasallik otasidan ayrilgach va to`rt bolani dunyoga keltirgach avj olgan. Bir oy oldin bolalariga enaga topolmagani uchun ishdan bo`shagan.

Yaqin dugonasining aytishicha, ayol farzandlarini yakka o`zi tarbiyalagan, otasidan esa zaruriy yordam ololmagan.

Ayol o`g`illarini tanishlariga tashlaganini, uyga kelganida esa ularni o`lik holda topganini ma`lum qilmoqda. Biroq polisiya bu ko`rsatmaga ishonmayapti, deb yozadi Lenta.ru.
Manba: Darakchi.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 1067 | Добавил: KenjaMedia | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]