Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Amerikalik qiz kasal oqqushni qutqarish uchun tug‘ilgan kunini nishonlashdan voz kechdi

Автор: MASSARIкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 17.01.2021
Wild Bird xayriya fondining sobiq menejeri Eriel Kordova-Roxas o‘zining 30 yoshini Jamaika Bay Wildlife qo‘riqxonasida nishonlashga qaror qildi. U rang-barang tabiat va qushlarni tomosha qilishdan zavqlanishni rejalashtirgan edi, ammo Eriel tasodifan kasal oqqushga duch kelganidan so‘ng barchasi o‘zgardi. Ayol qushni bu holda tashlab ketolmadi. Uni tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qildi va qush u taxmin qilganidek oyoqda turolmaydigan bo‘lib chiqdi.

Eriel o‘ylab ham o‘tirmasdan 8 kilogrammli oqqushni qo‘liga oldi. Unga yordam berishi uchun esa shu og‘irlik bilan 2 kilometr bosib o‘tishi kerak edi. Eriel avtoturargohga yetib borganida begona haydovchi uni eng yaqin metro stansiyasiga olib borishga rozi bo‘ldi.



Bir necha soatdan so‘ng Eriel oqqush bilan shifokorga yetib bordi. Unga infeksiya va zaharlanish tashxisi qo‘yildi. Veterinarning so‘zlariga ko‘ra, Eriel vaqtida qushni olib kelmaganida, u vafot etishi ham mumkin edi.



Oqqushga Bey deb ism berildi va u hozirda o‘zini yaxshi his qilmoqda. Davolanish kursi va karantindan so‘ng oqqush umumiy hovuzga qo‘yib yuboriladi, u allaqachon o‘ziga do‘stlar topib ulgurgan.



«Men oqqushni shifoxonaga olib kelganimda u o‘rnidan turolmasdi. U juda zaif va ozg‘in edi», − eslaydi qiz. – Endi esa u dumini silkitib, ahvoli yaxshi ekanligini ko‘rsatmoqda».

Eriel tug‘ilgan kunini shu tarzda nishonlashni rejalashtirmagan edi. Lekin u qilgan ishidan xursand. Hayvonlarga yordam berish uning hayotida azaldan bo‘lgan. Beyning tasodifan topib olinishi esa u uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.

Теги: Oqqush, Amerikalik qiz

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]