наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
21:01
Anvar qori Tursunov mikroinsultni boshdan kechirdi

Toshkent shahar va “Minor” masjidi bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov mikroinsultni boshdan kechirdi, deb xabar berdi “Xabar.uz”.

Anvar qori Tursunov operatsiya qilingan va hozirda ahvoli ancha yaxshi. U bugungi juma namozida ishtirok eta olmaydi, keyingi haftadan boshlab faoliyatini davom ettirishi kutilyapti.

Ma’lumot uchun, Anvar qori Tursunov 1958-yil 21-noyabrda Toshkent shahri Hamza tumanida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1966—1976-yillarda Hamza tumanidagi 198-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan.

1981-yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetini, 2001-yil Toshkent islom institutini tamomlagan.

Anvar qori Tursunov mehnat faoliyatini 1981—1984-yillarda “Yoshlik” jurnalida muharrir vazifasidan boshlagan. So‘ngra O‘zbekiston fanlar akademiyasi ilmiy xodimi, Abdulla Qahhor uy muzeyi ilmiy xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi tarjima va adabiy aloqalar markazi Sharq adabiyoti bo‘yicha katta muharrir kabi lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

U diniy sohadagi faoliyatini 1994—1999-yillarda Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi “Yangiobod” jome masjidi imom-xatibi sifatida boshlagan. 1999-yildan Toshkent shahar bosh imom-xatibi hamda “Xo‘ja Ahror Valiy” jome masjidi imom-xatibi bo‘lib ishlagan. 2015-yildan “Minor” jome masjidi bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritmoqda.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 341 | Добавил: VerSign | Теги: Anvar qori Tursunov mikroinsultni b | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]