наверх
Главная » Новости » XXI tehnologiyasi
13:54
Apple asoschilaridan biri Stiv Voznyak Facebook’dan ketishini ma’lum qildi

Apple asoschilaridan biri Stiv Voznyak foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari chiqib ketishi bilan bog‘liq janjal tufayli Facebook kompaniyasidan ketishini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Foydalanuvchilar Facebook’ka shaxsiy hayotining barcha detallarini ma’lum qiladi, kompaniyaning butun daromadi shu axborotga asoslangan. Foydalanuvchilarning o‘zlari bu daromaddan hech narsa olmaydi”, — ma’lum qildi Voznyak.

Uning fikricha, reklamachilarga foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini fosh qilgandan ko‘ra ijtimoiy tarmoqdan foydalanish uchun pul undirgan ma’qul.

“Apple sifatli mahsulotlardan pul topadi, Facebook’da esa foydalanuvchilarning o‘zi kompaniya mahsulotidir”, — qo‘shimcha qildi Voznyak.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: XXI tehnologiyasi | Просмотров: 308 | Добавил: VerSign | Теги: apple, stiv, Voznyak | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]