наверх
Главная » Новости » XXI tehnologiyasi
12:55
"Apple" kompaniyasi "iPhone 5"ni eskirgan smartfon deb tan oldi

"Apple" kompaniyasi o‘zining eskirgan va foydalanishdan chiqarilgan mahsulotlari ro‘yxatini yangiladi. Ushbu ro‘yxatdan bundan olti yil avval chiqarilgan "iPhone 5" smartfoni ham o‘rin oldi.

"iPhone 5" endi AQSh va Turkiyada eskirgan, jahonning qolgan mamlakatlarida esa foydalanuvdan chiqarilgan telefon sifatida tasniflanadi. Bu turkumga odatda ishlab chiqarishdan olinganiga ko‘pi bilan besh yil va kamida yetti yil to‘lgan mahsulotlar kiritiladi.

Bu qurilmalar uchun "Apple" ortiq qurilmaviy ta’minot xizmatini ko‘rsatmaydi, oddiy til bilan aytganda, ular endi "Apple"ning rasmiy vakillari tomonidan ta’mirlab berilmaydi.

"iPhone 5" smartfoni taqdimoti 2012 yil sentyabrida bo‘lib o‘tgan. Uning dizayni avvalgi smartfonlardan sezilarli farq qilardi. Alyuminiy korpusli ushbu qurilma 4 dyuymli ekranga ega, LTEni qo‘llab-quvvatlardi.

Bundan tashqari, "iPhone 5" 30 kontaktli eski konnektordan "Lightning" slotiga o‘tkazilgan "Apple"ning ilk smartfoniga ham aylangan edi.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: XXI tehnologiyasi | Просмотров: 552 | Добавил: MASSARI | Теги: iPhone, iPhone 5 | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]