Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

AQShda yaqin 40 yil ichida “megafalokat” yuz berishi mumkinligi ma’lum qilindi

Автор: MASSARIкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 28.01.2021
AQShning Kaliforniya shtatida oqibatlari AQShning g‘arbiy sohilbo‘yi uchun odatiy o‘rmon yong‘inlari va zilzilalarnikidan jiddiyroq bo‘ladigan “megadovul” yuz berishi mumkin. Bu haqda olimlarga tayanib ABC News telekanali xabar berdi.

Iqlimshunos olim Deniyel Sueynning ta’kidlashicha, shtatda 1861-1862 yillar qishida yuz bergan hamda rekord sonda qurbonlar va vayrongarchiliklarga olib kelgan tabiiy ofat takrorlanishi mumkinligini istisno qilib bo‘lmaydi.

O‘shanda bir necha hafta davom etgan yomg‘ir shtatda joylashgan Markaziy vodiyning suv bilan qoplanishiga hamda eni 65 km va uzunligi 240 km keladigan ichki dengiz hosil bo‘lishiga olib kelgan. O‘shanda tabiiy ofat shtatning 1 foiz aholisi yoki 4 mingga yaqin kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

Sueyn hamda seysmolog Lyusi Jonsning fikricha, bunday falokat takror yuz berishi xavfi mavjud. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘shanda yog‘ingarchilik 25 kun davom etgan. Bu Kaliforniyadagi barcha inshootlarning chorak qismi suv ostida qolishiga yetarli bo‘lgan. Olimlar daraxtlarning yillik halqalari bo‘yicha oxirgi 1800 yil ichida Kaliforniya 1861-1862 yillardagi tabiiy ofat ko‘lamidan kattaroq bo‘lgan kamida 6ta toshqinni boshdan kechirganini hisoblab chiqishgan.

Sueynning ta’kidlashicha, oxirgi ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, “megadovul”lar har 200 yilda yuz beradi. Bu esa keyingi bunday tabiiy ofat yaqin 40 yil ichida yuz berishi mumkinligini anglatadi.

Olimlarning ta’kidlashicha, agar bunday tabiiy ofat XVIII asrning yarmida yuz bergan falokat kabi shtat aholisining 1 foizi hayotini olib ketsa, uning qurbonlari soni deyarli 400 ming kishini tashkil qilishi, 1,5 mln kishi esa xavfsiz joylarga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lishi mumkin.

Теги: AQSH, Megafalokat

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]