Регистрация
Меню сайта
Реклама
0

AQShlik fuqaro o‘ziga hujum qilgan pumani bo‘g‘ib o‘ldirdi

Автор: VerSignкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 22.02.2019
4-fevral kuni AQShning Kolorado shtatidagi Colorado Parks and Wildlife bog‘ida yugurish bilan shug‘ullanayotgan odam o‘ziga hujum qilgan pumani bo‘g‘ib o‘ldirdi, deb yozadi “Zakon.kz”.

Xabarda aytilishicha, puma dastlab yugurayotgan kishining orqasidan kelgan. Keyin unga tashlanib, tirnoqlari bilan bilagidan ushlab olgan. Erkak bo‘sh qo‘li bilan yerdan tosh olgan va puma boshiga qarab urgan. So‘ng uni yelkasiga chiqib olib, yerga yiqitgan va oyoq-qo‘llari yordamida pumani bo‘g‘gan.

Puma hujumidan o‘zini himoya qila olgan kishi qo‘llari va yuzidagi jarohatlar bilan mashinasiga o‘tirib kasalxonaga yetib borgan.

Colorado Parks and Wildlife bog‘i vakillarining aytishicha, Koloradoda pumalar hujumi kam uchraydigan hodisa bo‘lib, bu vaziyatda odamning yugurib ketayotgani puma e’tiborini tortgan bo‘lishi mumkin.

Теги: AQSH

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]