наверх
Главная » Новости » Qiziqarli ma'lumotlar
14:39
Argentinada sichqonlar politsiya omborxonasidagi 540 kg marixuanani “yeb qo‘ydi”

Argentinaning Pilar shahrida joylashgan politsiya omborxonasidan 540 kilogramm marixuana yo‘qoldi. Mahalliy politsiyachilar sudda marixuanani “sichqonlar yeb qo‘yganini” ma’lum qildi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Pilardagi omborxonada so‘nggi ikki yilda olti tonna marixuana saqlangan. Giyohvand moddalarning yo‘qolganini mahalliy politsiyaning yangi rahbari payqab qolgan. Yangi rahbar bu haqda ichki tekshiruv bo‘limiga xabar qilgan, bo‘lim xodimlari yarim tonnadan ko‘proq giyohvand modda yo‘qolganini aniqlagan.

Buenos-Ayres universiteti ekspertlarining fikricha, sichqonlar marixuanani ovqat sifatida qabul qila olmagan bo‘lardi va uni iste’mol qilgan taqdirda, o‘lgan bo‘lardi. Omborxona atrofida o‘lik sichqonlar topilmagan.

Politsiya sakkiz nafar xodimni ishdan bo‘shatgan va darhol ularni tergov uchun hibsga olgan. 4-may kuni ular sud oldida ko‘rsatma beradi.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 389 | Добавил: VerSign | Теги: Sichqonlar, Argentina, marixuana | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]