наверх
Главная » Новости » Kino va Serial yangiliklari
18:10
Arnold Shvarsenegger “Terminator”ning yangi qismi qachon suratga olinishini oshkor qildi

Mashhur aktyor Arnold Shvarsenegger “Terminator” filmining navbatdagi – 6-qismi suratga olish ishlari 2018 yil iyunda boshlanishini ma’lum qildi.

Suratga olish ishlari ushbu filmning so‘nggi qismi “Terminator: Genezis” ekranlarga chiqqanining 3 yilligi arafasida boshlanadi. Shvarseneggerning aytishicha, u o‘zining eng mashhur rollaridan biriga qaytadi.

“Biz “Terminator-6”ni iyunda suratga olishni boshlaymiz va oktyabr o‘rtalarida tugatamiz. Men undarol ijro etaman. O‘z rolimga qaytishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman”, deb aytgan aktyor.

Shvarsenegger rejissyor Tim Miller va suratga olishni nazorat qiluvchi Jeyms Kemeron bilan barchasi a’lo darajada bo‘lishini aytdi. Miller “Dedpul” filmini suratga olgan.

Ushbu “Terminator” yangi trilogiyaga start beradi va “Terminator-2”ning undan keyin chiqqan 3 qismni hisobga olmagan holdagi to‘laqonli davomi bo‘ladi.

Yangi qismda ham Sara Konnor rolini “Terminator” va “Terminator-2” filmlarida ushbu rolni ijro etgan aktrisa Linda Xemilton o‘ynaydi. Film premyerasi 2019 yil 26 iyulga belgilangan.

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Kino va Serial yangiliklari | Просмотров: 557 | Добавил: KenjaMedia | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]