наверх
Главная » Новости » Kino va Serial yangiliklari
10:55
«Asal oyi» filmi mart oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘pladi

Rejissyor Jahongir Ahmedovning «Asal oyi» filmi mart oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Mart oyining birinchi haftasi kinoreytingida «Asal oyi» filmidan keyingi o‘rinlarni Soyibxo‘ja Mahmudovning «Yovuz», Dadaxon Obidovning «Yuragimdasan», Ruslan Ibragimovning «Egizak oshiqlar», Ruslan Ibragimovning «Qaysar sevishganlar» filmlari band etgan.

Shuningdek, hozirda Alisher Navoiy nomli kino saroyida «Ahmadboy va Rahmatboy», «O‘g‘ri», «Do‘stim hind» kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

26 fevral — 4 mart oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari

1-o‘rin. «Asal oyi» (komediya)

Rejissyor — Jahongir Ahmedov

2-o‘rin. «Yovuz» (drama)
Rejissyor — Soyibxo‘ja Mahmudov

3-o‘rin. «Yuragimdasan» (melodrama)
Rejissyor — Dadaxon Obidov

4-o‘rin. «Egizak oshiqlar» (jangari komediya)
Rejissyor — Ruslan Ibragimov

5-o‘rin. «Qaysar sevishganlar» (komediya)
Rejissyor — Ruslan Ibragimov
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Kino va Serial yangiliklari | Просмотров: 861 | Добавил: MASSARI | Теги: Asal Oyi, Jaxongir Ahmedov | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]