наверх
Главная » Новости » XXI tehnologiyasi
11:46
Avstraliyalik arxeolog O‘rta asrlarda odamlar erta vafot etgani haqidagi uydirmani fosh qildi

Avstraliya milliy universiteti arxeologi Kristin Keyv zamonaviy tibbiyot paydo bo‘lgunicha, ko‘pchilik odamlar 50 yoshga ham yetmay vafot etib ketgani haqidagi gaplar uydirma ekanligini isbotladi, deb yozadi “Naukatv.ru”.

Keyv skelet qoldiqlariga qarab marhumlarning yoshini aniqlashning yangi usulini o‘ylab topdi. Tadqiqot doirasida olima odamning tishlari qanchalik darajada yeyilib ketganligini e’tiborga oladi. Arxeolog uchta anglosakson qabristoniga 475 va 625-yillar oralig‘ida dafn qilingan odamlarning jasadlarini o‘rganib chiqishga ulgurdi, natijalar shuni ko‘rsatdiki, bu odamlar ko‘pincha juda qarib qolgunicha yashagan. Eng keng tarqalgan o‘lim yoshi O‘rta asrlarda 70 yosh bo‘lgan.

Marhumlarning yoshi haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlar, deydi Keyv, arxeologlarda keksa kishilarni identifikatsiya qilish usullari yetishmasligi tufayli kelib chiqqan. “Bolalarning yoshini aniqlashda tishlar paydo bo‘lishi yoki suyaklar mustahkamlanishi kabi rivojlanish nuqtalariga e’tibor qaratasiz, bularning barchasi muayyan yoshda yuz beradi. Ammo odamlar to‘liq voyaga yetib bo‘lgach, skelet qoldiqlariga qarab ularning yoshini belgilash tobora qiyinlashib boraveradi, shu sababli ko‘pchilik tadqiqotlar eng ko‘pi bilan 40 yoki 45 dan ortiq yosh kategoriyalariga ega bo‘ladi”, — dedi olima.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: XXI tehnologiyasi | Просмотров: 106 | Добавил: VerSign | Теги: Avstraliyalik arxeolog O‘rta asrlar | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]