Регистрация
Меню сайта
Реклама

0
Bugun, 5 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Avtomobil sanoati: kechagi kun va istiqbollar» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Ushbu matbuot anjumanida «O‘zavtosanoat» AJ vakillari tizimdagi yangiliklar haqida ma’lumot berdi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.

«O‘zavtosanoat» AJ 2019 yildan boshlab yangilangan Cobalt avtomobilini ishlab chiqarishni rejalashtirgan edi. Biroq kompaniya ushbu qaroridan voz kechdi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» AJ raisi o‘rinbosari Aziz Shukurov ma’lum qildi.

«Yangi Cobalt unchalik ham yangi emas. GM’ning o‘zida, Braziliyada ushbu loyiha 2016 yilda amalga oshirilgan edi. O‘zbekistonda joriy yilning oxirida Cobalt ishlab chiqarish to‘xtatiladi. Biz eski avtomobil modellarini ishlab chiqarish to‘g‘ri emas, degan xulosaga keldik. Shunday qilib, yangilangan Cobalt ishlab chiqarish bo‘yicha rejamizni bekor qilamiz», — deydi Aziz Shukurov.

... Davomini o'qish »
0

GM Uzbekistan nomini o‘zgartiradi

Автор: MASSARIкатегория: Avto Olamдата: 09.02.2019
GM Uzbekistan o‘z nomini kelgusi bir necha oy ichida o‘zgartiradi. Bu haqda Toshkentda seshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani davomida xabar berilgan.

Kompaniyadan ma’lum qilishlaricha, yangi nom haqida alohida e’lon qilinadi. «O‘zavtosanoat» muqaddam General Motors’ning ulushini sotib olgani tufayli o‘z nomini o‘zgartirmoqda.

Xabar berilishicha, 2018 yilda avtomobillar va butlovchi qismlar eksporti 25,5 million AQSh dollarini tashkil etgan. 2019 yilda bu ko‘rsatkichni 118,6 million dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Kompaniya mahsulotlari eksport qilinayotgan mamlakatlardan tashqari, Afg‘onistonga avtomobillarni yetkazib berish boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda kompaniya 220 667 dona avtomobil ishlab chiqardi. Kompaniya tarixida ilk bor rekord 2018 yil dekabrida qayd etildi. O‘shanda 34 117 avtomobil ishlab chiqarildi.
0
Lada O‘zbekistonda brend rivojlanishi uchun juda katta salohiyat ko‘rmoqda. Bu haqda “AvtoVAZ” sotuv va marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Yan Ptachek ma’lum qildi, deya xabar beradi Spot.

Ptachekka ko‘ra, kompaniya Lotin Amerikasi va Yaqin Sharqqa eksportni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Biroq birinchi galda MDH davlatlari, xususan, Qozog‘iston, Belarus va O‘zbekistonga e’tibor qaratiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Lada avtomobillari sotuvi 2018-yilda 357 foizga oshdi, mamlakat “AvtoVAZ” uchun asosiy eksport bozorlaridan biriga aylandi.
0
«GM Uzbekistan» AJ 20 dan 25 dekabrga qadar respublikamizning barcha avtosalonlarda avtomobil xarid qilish istagida bo‘lgan xaridorlar uchun maxsus Yangi yil aksiyasini o‘tkazilayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur aksiya davomida 100% to‘lovni amalga oshirgan har bir mijoz avtomobil narxidan 1,5% chegirmaga ega bo‘ladi. Aksiya uchun har bir modeldan 100 donadan avtomobil ajratilgan. Aksiyada ishtirok etayotgan avtomobillarni yetkazib berish 2019 yilning aprelida amalga oshiriladi.
0
“GM Uzbekistan” kompaniyasi “Kapitalbank” bilan hamkorlikda “Lacetti” avtomobili uchun imtiyozli kreditlarni joriy qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda Lacetti SX M/T (1-poz.) avtomobiliga quyidagi shartlar asosida imtiyozli kredit rasmiylashtirish mumkin:

10% oldindan toʻlov amalga oshirilganda — 5 yilgacha — 22% yillik;
30% oldindan toʻlov amalga oshirilganda — 3 yilgacha — 20% yillik;
50% oldindan toʻlov amalga oshirilganda — 2 yilgacha — 19% yillik;
60% oldindan toʻlov amalga oshirilganda — 15 oygacha — 18% yillik.

Imtiyozli avtokredit uchun hozirda 1000 dona mazkur rusumdagi avtomobil jamlanmasi sotuvga chiqarilgan.

Tez orada kommaniya avtokredit rasmiylashtirish orqali xarid qilish mumkin boʻlgan “GM Uzbekistan” avtomobillari modellarini kengaytirishini maʼlum qilgan.
0
«GM Uzbekistan» avtomobillar sotuvini qayta yo'lga qo'ydi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, ayrim modeldagi avtomobillar narxi o'rtacha 7,7 foizga oshirilgan. Aholi o'rtasida xaridorgir bo'lgan «Spark», «Neksiya» va «Kobalt» rusumidagi avtomobillar narxi o'zgarishsiz qolgan.

Yangi narxlar e'lon qilgach, salkam bir oy to'xtab turgan avtomobillar sotuvi ham qaytadan yo'lga qo'yiladi.

«GM Uzbekistan» avtombillari uchun narxlar preyskuranti

0

GM Uzbekistan avtomobillar narxini oshirmoqchi

Автор: MASSARIкатегория: Avto Olamдата: 28.07.2018
Qayd qilinishicha, yangi narxlar yangi haftadan joriy qilinishi kutilmoqda. Hozircha narxlar taxminan 10-12 foizga qimmatlashishi aytilmoqda.

«Hozircha aniq miqdor ma’lum emas. Lekin narxlardagi 10-12 foizni tashkil qilishi rejalashtirilmoqda», deydi manba.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir kun oldin kompaniyaning Rossiya bozori uchun chiqariladigan Ravon brendi avtomobillarining uchtasida narxlar oshirilgandi.
0

O‘zbekistonda yana bir avtomobil zavodi qurilishi mumkin

Автор: MASSARIкатегория: Avto Olamдата: 28.07.2018
Buxoro viloyatida elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

“Bu davlatimiz rahbarining “2018-2019 yillarda investitsion va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida ro‘yobga chiqariladi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, mazkur hujjat asosida istiqbolli hududiy loyihalar ro‘yxati tasdiqlangan. Masalan, Buxoro viloyatida umumiy qiymati 273 million dollarlik yettita loyiha belgilangan. Ulardan biri muqobil energiya manbalari va elektromobillar ishlab chiqarishdir.

Ayni paytda mazkur loyihaga 64 million AQSh dollar miqdorida xorij investitsiyasi jalb etilishi aytilmoqda. Loyihani amalga oshirishning taxminiy muddati 2019-2020 yillar. Bu boradagi loyiha quvvati aniqlanyapti.

Ushbu sohada xorijlik sarmoyador va sherik sifatida Xitoyning Henan Suda Electric Vehicle Technology Co., Ltd eng yir ... Davomini o'qish »
0
Pininfarina dizaynerlik kompaniyasi o‘zining ilk poyga elektromobili haqida ma’lum qildi. Mashinaga PF0, deb nom berilgan.

Pininfarina PF0 yuz kilometrlik tezlikka 2 soniyada chiqadi. Elektromobilning eng yuqori tezligi 400 km/s. Oddiy yo‘lda yurganda bir bor quvvatlangan akkumulyator zaryadi 500 km masofani bosib o‘tishga yetadi. Shu bilan birga batareya tezkor quvvatlantirgich texnologiyasi bilan jihozlangan va 10-15 daqiqada 80 foizga quvvatlanadi. Akkumulyator Pininfarina PF0’ning o‘rtasida joylashgan va elektrokaraning yo‘ldagi barqarorligini yaxshilaydi.

Pininfarina PF0 giperkarini avgust oyida Pebble Beach Concours d’Elegance yopiq ko‘rgazmasida omma e’tiboriga havola qilish rejalashtirilgan. To‘liq namoyishi esa, 2019 yil mart oyida Jeneva avtosalonida bo‘lib o‘tadi. 2020 yilda birinchi seriyali varianti konveyerdan chiqadi. “Uchar mashina”ning narxi 2 −2,5 mln dollar.

Pininfarina, bu Italiyaning 1930 yilda tashkil etilgan sobiq dizaynerli ... Davomini o'qish »
1

“Chiroyli” avtoraqamlarning narxlari o‘zgardi

Автор: MASSARIкатегория: Avto Olamдата: 26.06.2018
Endilikda “chiroyli” raqamlar kamida 5 ish kuni muddatga (ilgari 3 ish kuni) auksionga qo‘yiladi.

Hukumatning 2018 yil 25 iyundagi qarori bilan Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Endilikda “chiroyli” raqamlar kamida 5 ish kuni muddatga (ilgari 3 ish kuni) auksionga qo‘yiladi.

Bundan tashqari “chiroyli” raqamlarning boshlang‘ich narxlari va toifalari ham o‘zgardi.

Xususan, 002, 003, 004, 005, 006, 008, 009 raqamlar kombinatsiyasi 2 toifaga o‘tkazildi.

2 toifa raqamlarining boshlang‘ich narxi agar ular har xil kombinatsiyadagi harflar bilan bo‘lsa, eng kam ish haqining 40 baravari (ilgari 70 b ... Davomini o'qish »
0
O‘zbekistonda avtomobillarni sotish tizimi o‘zgartiriladi, u mijozlarga avtomobilni sotib olish kunida olishga imkon beradi, deya ma’lum qildi “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi Umidjon Salimov.

“Savdo siyosati - eng muhim ustuvor vazifa. Bizning maqsadimiz nima: mijoz keladi, mashina uchun pul to‘laydi va uni darhol olib ketadi. Bu birinchi navbatda ta’minlashimiz kerak bo‘lgan narsa. Agar odam pulining 85 foizini to‘lasa, mashina zavodniki emas, balki uning o‘zinikidir. Bizning ustuvor vazifa - mijozni sotib olish vaqtida avtomobil bilan ta’minlash”, - dedi Salimov jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, savdo tizimini darhol qayta tashkil etib bo‘lmaydi, ammo bu yo‘nalishda ishlar boshlangan. Yaqinda GM Uzbekistan’da savdo va marketing tizimiga mas’ul rahbarlar almashdi, dedi Salimov.

“Albatta, bu qiyin vazifa va 2-3 oy ichida uni amalga oshirish juda mushkul. Savdo tizimi o‘nlab yillar davomida bor edi, ammo biz global amaliyotni albatta tatbiq ... Davomini o'qish »
0
Asaka avtomobil zavodi 2018 yil oxirigacha Chevrolet Captiva avtomobilini ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi Umidjon Salimov ma’lum qildi.

“Hozirda Captiva o‘rnini bosadiganlar tayyorlanmoqda. Mashina o‘z hayot siklining oxiriga yaqinlashmoqda. Yil oxirigacha uni chiqarishni to‘xtatamiz”, - dedi Salimov.

O‘zbekistonda Captiva 2007 yil oktyabr oyidan beri ishlab chiqarilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan Matiz ishlab chiqarishni to‘xtatayotgani xabar berilgandi. Ushbu sinfdagi avtomobillarga bo‘lgan ehtiyoj Spark avtomobillarini ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish orqali qoplanadi.
1

Namanganda ham avtozavod quriladi

Автор: VerSignкатегория: Avto Olamдата: 03.05.2018
Namangan viloyatida ham avtozavod quriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Norin tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Davlat rahbari Namangan viloyatida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan bir necha barobar pastligi, ayrim tumanlarda sanoat korxonalari umuman yo‘qligini tanqid qildi.

— Namanganning sanoat salohiyatini rivojlantirish uchun Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi imkoniyatlaridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu mamlakatda avtomobilsozlik tarmog‘ini kengaytirishi bilan birga, viloyat uchun dolzarb bo‘lgan yangi ish o‘rinlari yaratishga ham turtki beradi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, hozirda Namangan shahrida avtomobil faralari ishlab chiqaruvchi UzChasys qo‘shma korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
0
9-may munosabati bilan 17-apreldan 9-mayga qadar “G‘alaba — barcha uchun bitta” nomi ostida noyob avtomobillar marafoni uyushtiriladi. Rossiyaning Xanti-Mansiysk muxtor okrugi tuzilmalari tomonidan tashkil etilayotgan tadbir Nijnevartovsk shahridan boshlanib, Samarqandda tugaydi.

Tadbirda 18 nafar rossiyalik avtomobil ishqibozi ishtirok etadi. Ular 1930–1943-yillarda ishlab chiqarilgan yettita GAZ M-20 “Pobeda” mashinalarini boshqarib boradi.

Tadbirda, shuningdek, jurnalistlar, tashkilotchilar, blogerlar, videooperatorlar qatnashadi.

Avtoralli Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududidan o‘tadi. Yo‘nalish, jumladan, O‘zbekistonning Toshkent va Samarqand shaharlarini qamrab oladi.

Avtoyurish ishtirokchilarining Chimkent orqali O‘zbekistonga kirishi 28-aprel kuniga mo‘ljallangan. Ular 1-may kuni Samarqanddan Qozog‘istonga qaytib ketadi.

Respublikada bo‘lganida video va fotosyomka ishlarini olib boradi, urush ... Davomini o'qish »
0
O‘zbekistonda yilning birinchi choragida yengil avtomobillar ishlab chiqarish 44 foizga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar bermoqda.

Mamlakatda yanvar—mart oylari yakuni bo‘yicha 38 029 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 26 287 donaga teng edi.

Shuningdek, avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish ham 43 foizga o‘sdi (tegishli ravishda 30 403 va 21 181).

Benzin ishlab chiqarish 11 foizga ko‘paydi va 309,9 ming tonnani tashkil etdi (2017-yilda 277,6 ming tonna).
0
Xitoyning Baidu, Alibaba va Tencent kabi texnologik gigantlari elektron savdo, mobil to‘lovlar va ijtimoiy tarmoqlarda muhim rol o‘ynamoqda, endi esa ular avtomobil sanoatida ham rivojlanishni ko‘zlamoqda. Buning uchun ular elektr, haydovchisiz va aqlli avtomobillar yaratish bilan shug‘ullanuvchi startaplarga investitsiya kiritmoqda, deb yozadi “Vedomosti”.

Amerikaning texnologik kompaniyasi bo‘lgan Alphabet va uning tarkibiy qismi bo‘lgan Waymo ham avtomobil biznesida faol ishlamoqda. Biroq Baidu, Alibaba va Tencent Xitoyda katta ustunlikka ega, chunki hukumatning internet ustidan o‘rnatilgan nazorati xorijiy kompaniyalarga ular bilan raqobatlashishga imkon bermaydi. Masalan, Xitoyda xorijiy kompaniyalarning raqamli kartografiyalari taqiqlangan, ular esa haydovchisiz avtomobillar uchun zarur hisoblanadi.

Mazkur holat xorijiy va xitoylik avtomobil ishlab chiqaruvchilarni, shu jumladan, Ford, BMW, SAIC Motor va Zhejiang Geely kabilarni Baidu, Alibaba va Tencent ... Davomini o'qish »
1 2 3 4 5 »