наверх
Главная » Новости » Turmush chorraxalarida
16:03
Ayol kishining eng katta xatosi…

Qizim, Alloh senga munosib koʻrganni sevib, qadriga yet. Ayol kishining eng katta xatosi — eri bilan boshqaning erini solishtirmogʻidir.

Qizim, shuni bilginki, kimlarningdir sening eringga ham havasi keladi. Eringning boshqalarda yoʻq yaxshi sifatlari ham borligini unutma!

Qizim, sahobiya ayollardan oʻrnak ol. Ular “Biz erlarimizga sizlar amirlaringga muomala qilganingizdek muomala qilamiz”, der edilar.

Qizim, rashk bobida haddan oshmagin! Nooʻrin rashk — oila baxtiga rahna soluvchi va ortiqcha rashk taloqning kalitidir.

Qizim, aqlli ayol erining qalbidagi muhabbatni uygʻota oladi va eri nimalardan rozi boʻlishi va nimalardan gʻazablanishini yaxshi biladi.

Qizim, eringni xobxonada oʻn yillik turmush oʻrtogʻim, deb bil. Hayotda esa unga oʻn kunlik kuyovga muomala qilgandek munosabatda boʻl.

Qizim, ering uchun ziynatlanishni zinhor tark qilmagin! Eng yaxshi ziynat — surma va eng yaxshi atir suvdir.

Qizim, mana bu hadisni doim yodingda tut: “Qaysi ayol eri undan rozi boʻlgan holda vafot topsa, jannatga kiradi”.
(Termiziy rivoyati)
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Turmush chorraxalarida | Просмотров: 922 | Добавил: MASSARI | Теги: ayol kishi, Ayol | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]