Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Ayollarda qorin paydo bo‘lishining 7 sababi

Автор: MASSARIкатегория: Qiziqarli ma'lumotlarдата: 28.01.2021
Ayollarda qorin paydo bo‘lishining bir qancha sabablari mavjud. Buning uchun eng avvalo, vaznni me’yorga keltirishga harakat qilish kerak. Qorin sohasidagi yog‘ birikmalarini mutaxassislar «kortizol qorinlari» deb ataydi, chunki uning paydo bo‘lishining asosiy sababi stress gormonidir.

Qorin bo‘shlig‘i mushaklarining zaifligi
Ayrim ozg‘in ayollarda ham qorin chiqib ketganligini ko‘rish mumkin. Bu semizlik hisoblanmaydi. Jismoniy faollikni yetarli emasligi yoki yoki umuman shug‘ullanmaslik ortidan qorin bo‘shlig‘i mushaklarining zaiflashuvi ichki organlarning hajman kengayishiga olib keladi. Ularning bosimi ostida teri cho‘ziladi va qorin kattalashadi. Shuningdek, bu oshqozon-ichak trakti kasalligi ham bo‘lishi mumkin. Buning uchun jismoniy faollikni oshirish, qorin pressi mashqini bajarish va yengil yurish kerak. Tug‘ruq jarayonidan so‘ng esa mashqlar va maxsus korsetlar taqish tavsiya etiladi.

Modda almashinuvi jarayonining buzilishi
Modda almashinuvi jarayoni inson tanasidagi hamma narsalar singari endokrin va asab tizimlari tomonidan tartibga solinadi. Gipotalamus deb nomlangan miyaning bir qismi jarayonda ishtirok etadi. Agar ayolda yog‘ birikmalari asosan qorin va dumg‘azada to‘plangan bo‘lsa, endokrin modda almashinuvi buzilishi ehtimoli katta. Bunday vaziyatda endokrinologga murojaat qilib, muammoning asl sababini aniqlash kerak.

Harakatsiz hayot tarzi
Ko‘pchilikda yoshligidan bunga moslashish jarayoni kuzatiladi. Iste’mol qilingan oziq-ovqatlar energiyasi hech narsaga sarflanmaydi va u organizmda to‘plana boshlaydi. Bunday sharoitda nafaqat qorin, balki son, bel, qo‘l va boshqa a’zolar ham vazn yig‘ib boradi. Vaziyatdan chiqish yo‘li bitta. «Harakat – bu hayot» iborasiga to‘liq amal qilish.

Tartibsiz ovqatlanish
Agar bulochkalar sariyog‘ bilan, ortidan shokolad ham tanovul qilinsa, tanada tartibsizliklar paydo bo‘ladi. Albatta, tartibsizliklar qorinda yog‘ va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tartib bilan ovqatlanish – organizm kerakli barcha oziq moddalarni to‘g‘ri nisbatda qabul qilishidir. O‘rtacha jismoniy faollik bilan shug‘ullanadigan sog‘lom odamning ratsionida yog‘, oqsil va uglevodning nisbati 1:1:4,5 me’yor hisoblanadi. Aynan shu nisbat inson tanasining energiya va plastik ehtiyojlarini maksimal darajada qondiradi. Aslida tartibli ovqatlanishni tashkil qilish unchalik ham qiyin emas. Tarkibida yog‘, oqsil, uglevod, tola, vitamin va mikroelementlarga boy mahsulotni o‘z ichiga olgan oziq-ovqatlardan iborat parhezni tutish kifoya.

Yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar
Ko‘p ayollarda qorin chiqishi menopauza jarayoni boshlanishi bilan bog‘liq. Sababi ushbu jarayon ba’zi gormonlar ishlab chiqarilishini sekinlashtiradi yoki to‘xtatadi. Masalan, yosh ayollarda estrogenlar qondagi tiroksin gormon konsentratsiyasini oshiradi, bu modda almashinuvi uchun javobgardir. Ammo estrogen miqdori yoshga qarab kamayib borishi qalqonsimon bezning faoliyatini ham susaytiradi. Natijada modda almashinuvi ham kamayib boradi. Bu har kuni ayollarning kamroq energiya sarflashida seziladi, ammo oziq-ovqat iste’mol qilish va jismoniy faollik darajasi bir xil bo‘lib qoladi. Shuningdek, qo‘shimcha vazn ham paydo bo‘ladi.

Stress
Yaxshi kayfiyat va ijobiy fikrlash go‘zal qiyofaning kalitidir, ammo tinimsiz stress va xavotir qorin paydo bo‘lishiga ko‘proq yordam beradi. Bunday davrda ayrim ayollar vazn tashlaydi, lekin ko‘p emas. Vaziyat yaxshilangach vazn ham o‘z joyiga qaytadi. Stress paytida organizm kortizol gormonini faol ishlab chiqaradi. Uning juda ko‘pligi qorin va belning yuqori qismida yog‘ to‘planishiga olib keladi. Shuningdek, ba’zi ayollar stress vaqtida shirinlik iste’mol qilishni ko‘paytiradi va ortiqcha vaznga yo‘l ochib beradi.

Uyquning buzilishi
Uyqusizlik ham, ko‘p uyqu ham ortiqcha vazn ortishiga, qorinning chiqishga olib kelishi mumkin. 10-12 soat uxlash bedorlikda yetarli miqdorda kaloriya sarflashga imkon bermaydi. 4-5 soat uxlash esa tanadagi kortizolning ortiqcha ishlab chiqarilishiga sabab bo‘ladi va yana stress yuzaga keladi.

Yuqoridagi vaziyat kuzatilganda birinchi bo‘lib, gormonal fonni me’yorga keltirish muhim. Agar kortizol darajasi yuqori bo‘lsa, mutaxassis dori vositalari va to‘g‘ri ovqatlanishni taklif etadi. Juda qiyin holatlarda esa gormon terapiyasi qo‘llanilishi ham mumkin. Ammo o‘ta og‘ir holatlardagina cheklangan dozalar buyuriladi. Shuningdek, ular organizmda boshqa ko‘plab kasalliklarning ham rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Eng yaxshisi, ovqatlanish odatini to‘g‘rilash orqali tanada kortizol miqdorini sezilarli darajada kamaytirgan samaralidir.

Теги: qorin chiqishi, ayollar, qorin, qorin solish

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]