Регистрация
Меню сайта
Реклама
0

Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi muddati aniq bo‘ldi

Автор: VerSignкатегория: Sport yangiliklariдата: 22.02.2019
Professional boksning o‘ta og‘ir vazn (+90,7 kg) toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov (4 ta jang, 4 ta g‘alab) AQShda o‘zining beshinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jalolov joriy yilning 15-mart kuni Kaliforniya shtatining Tyustin shahridagi Markoni avtomobillar muzeyi saroyida bo‘lib o‘tadigan boks kechasida ishtirok etadi. Hozircha uning raqibi kim bo‘lishi ma’lum emas. Tez orada bo‘lajak raqib borasida ma’lumot beriladi.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov 2018-yildan buyon professional boksda faoliyatini davom ettirmoqda. “Mir boksa“ promouterlik kompaniyasi bilan shartnomaga ega sportchi so‘nggi marta 2018-yilning 8-dekabr kuni Markus Valentinga qarshi ringga chiqib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Теги: Bahodir Jalolov

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]