наверх
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
17:30
Bankni o‘marish uchun “azamatlar” 500 metrlik tunnel qazishgan...

Braziliya politsiyasi mamlakatning eng katta banki sanalmish Braziliya Bankining (Banco de Brasil) San-Paulu shu’basini o‘marish maqsadida yer ostidan 500 metrlik tunnel qazigan 16 kishidan iborat jinoiy guruhni qo‘lga oldi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

San-Paulu politsiyasining matbuot xizmati boshlig‘i Fabio Lopez bergan bayonotga ko‘ra, jinoiy guruh bankni o‘marish maqsadida 500 metrlik tunnel qazish ishlarini 5 oy oldin boshlab yuborishgan. Politsiya 3 oy muqaddam ularning iziga tushgan.

Shuningdek, “Bankda 1 milliard Braziliya reali (qariyb 317 millon AQSh dollari) bo‘lganligi va agar ular bu jinoyatni sodir etishganda dunyodagi eng katta bank o‘marishini amalga oshirgan bo‘lar edi”, deb qo‘shicha qilgan Fabio Lopez.

Jinoiy guruh tunnel qazishda ishlatilgan yog‘och va temir ustunlar uchun 4 million real, ya’ni 1,24 mln AQSh dollari (*1 Braziliya reali — 0,31 AQSh dollariga teng) sarflagani aniqlangan.
Manba: qalampir.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 541 | Добавил: MASSARI | Теги: Tunnel, braziliya, Bank o'g'rilari | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]