наверх
Главная » Новости » Mobil operatorlar
22:19
Beeline abonentlari uchun: iPhone‘larda 4G‘ni qanday yoqish mumkin?

Nima bo‘layapti?

2014 yilda Beeline O‘zbekistonda birinchi bo‘lib 4G tarmog‘ini ishga tushirgan. O‘tgan yildan beri kompaniya faollik bilan tarmoq qoplamini butun mamlakat bo‘ylab kengaytiri kelmoqda. Lekin, iPhone foydalanuvchilarining smartfonlarida yangi 4G texnologiyasi ishlamaganligiga duch keldilar.

Kim aybdor?

Hamma Beeline‘ni aybladi, lekin bu bunday emas. Muammoning sababi iOS sozlamalarida bo‘lib, Apple kompaniyasining aralashmasidan avval uni yechishning iloji yo‘q edi. Bugun, 6 dekabr kuni LTE tarmog‘ining ko‘pdan beri kutilgan belgisi iPhone‘larda paydo bo‘la boshladi, va bu haqida abonentlar ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lisha boshladilar. Aytgancha, bu yangilikni abonentlar ijtimoiy tarmoqlarda Beeline‘dan ham avval e’lon qildilar.

Men ham istayman, qanday qilib yoqishim mumkin?

Avvalam bor o‘z SIM-kartangizni tekshiring. 4G texnologiyasi faqatgina yangi turdagi zamonaviy SIM-kartalarda yoqiladi. Agar siz SIM-kartangizni almashtirmagan bo‘lsangiz, operatorga murojaat qilishingiz kerak. Buning uchun SIM-karta egasi kompaniya ofisiga murojaat etishi lozim. Agar siz SIM-kartangizni almashtigan bo‘lsangiz, iOS versiyasini 11.2gacha yangilang. Quyidagilarni amalga oshiring: Sozlamalar – Aloqa tarmog‘i – ma’lumotlar parametrlari – Ovoz va ma’lumot – LTE (Nastroyki – Sotovaya svyaz – Parametrы dannыx – Golos i dannыe – LTE). LTE tugmasiga bosing va Beeline‘ning 4G tezligida uching!



Alohida trafik sotib olish kerakmi?

Yo‘q, kerak emas. Agar siz Internet-paket harid qilgan bo‘lsangiz, Internetdan qaysi tarmoqda foydalanganingizdan qat’iy nazar tizim megabaytlarni yechib oladi.

Tezlik qanday va bu aslida nima uchun kerak?

Tezlik 2G va 3G tezliklaridan sezilarli darajada yuqori. Mamlakatning 20dan ziyod shahrlari yangi tarmoq bilan qoplangan. Operatorning aytishicha, yaqin vaqt orasida tarmoq yana kengayadi va butun mamlakatni qoplab oladi. Yoqing va sinab ko‘ring, agar ayrim sabablarga ko‘ra ishlamasa, 0611 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va call-markazining mutaxassislari bosqichma-bosqich tarmoqni yoqishda yordam berishadi va xizmatdan qanday foydalanish haqida maslahat berishadi.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Mobil operatorlar | Просмотров: 295 | Добавил: MASSARI | Теги: iPhone, 4G, 4G yoqish, beeline | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]