Регистрация
Меню сайта
Статистика

Онлайн всего: 431
Гостей: 431
Пользователей: 0
0

Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksga o‘tadigan bo‘ldi

Автор: VerSignкатегория: Sport yangiliklariдата: 20.04.2019
Havaskor boks bo‘yicha Osiyo chempioni, Rio Olimpiadasi kumush medal sohibi, jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyev faoliyatini professional boksda davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

So‘nggi vaqtlarda -81 kg vazn toifasida janglarda ishtirok etib kelayotgan Meliqo‘ziyev kuni kecha AQShga jo‘nab ketgan. Bektemir Meliqo‘ziyev u yerda ”Mir boksa” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, mazkur promouterlik kompaniyasida bugungi kunda o‘zbekistonlik bir qator bokschilar, jumladan Shahram G‘iyosov (7 ta jang, 7 ta g‘alaba, 6 ta nokaut), Murodjon Ahmadaliyev (5 ta jang, 5 ta g‘alaba, 4 ta nokaut), Isroil Madrimov (2 ta jang, 2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) va Bahodir Jalolov (5 ta jang, 5 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) shug‘ullanib kelishmoqda. Bektemir aynan mana shu kompaniya bilan shartnoma tuzayotgan navbatdagi o‘zbekistonlik sportchi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq havaskor boks bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmasini taqdim etuvchi Osiyo chempionati uchun O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilingan va undan Bektemir Meliqo‘ziyev o‘rin olmagandi.

Теги: Bektemir Meliqo‘ziyev professional

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]