Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Ben Bird Muhammad Saloh sababli islomni qabul qildi

Автор: MASSARIкатегория: Sport yangiliklariдата: 14.11.2019
"Men musulmon bo‘lgunimga qadar Islomdan nafratlanar edim. Mening ushbu e’tiqodni tanlashimga sababchi Liverpul klubi hujumchisi Muhammad Salohdir", deydi angliyalik futbol muxlisi Ben Bird.

Futbolchi o‘zini haqiqatdan ham hayratlantirgani, uni e’tiqod masalasida katta qarorni qabul qilishi va musulmon bo‘lishiga sabab bo‘lganini aytadi.

Ben: "Men o‘zligimni topdim va bu Muhammad Salohdan olgan narsamdir. Men uning qo‘lini tutishni va unga tashakkur aytishni istayman", deydi.

U Guardian nashriga bergan intervyusida musulmon bo‘lgach yuragi sokinlikni his qilganini aytadi.

Ben odatda barda futbolni kuzatganini, qimor o‘ynagani va ichimlik ichganini aytadi. Bu Angliyada ko‘plab muxlislarning hayot tarziga aylangani qayd etgan.

Lids universitetida Yaqin Sharq tadqiqotlari yo‘nalishida o‘qib yurgan vaqtlarida u islom bilan tanishganini va "Muhammad Saloh Allohning mukofoti" degan futbol muxlislarining qo‘shig‘ini uchratganini aytgan.

U universitetda ko‘plab musulmon talabalarni uchratganini va ular haqidagi tasavvurlari butunlay o‘zgarganini aytadi. Muhammad Saloh musulmonlarning aslida qanday ekanini va musulmonlarni sevish kerakligini ko‘rsatmoqda.

Manba: muslim.uz

Теги: Islom dini, Muhammad Saloh, Ben Bird

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]