наверх
Главная » Новости » Kino va Serial yangiliklari
15:11
Berk JANKAT: “Iskandar judayam adolatli inson”

Turk aktyori Berk JANKAT “Ko`sem” serialida bolaligida yo`qolgan shahzoda Yahyo-Iskandar rolini ijro etgan. Yosh aktyorning iqtidori va mashhurligi “yulduzlik kasalligi”ga chalinishiga aslo sabab bo`lmagan...

RASM DARSI

Bo`lajak akyotr arxitektorlar oilasida dunyoga kelgan. Qalamlar xuddi qoshiq va sanchqidek har kuni ishlatiladigan muhitni voyaga etgan. Shu bois Berk bolaligidanoq bo`sh vaqtida rasm chizish bilan shug`ullangan. Anqaradagi Bilkent san`at institutining grafik dizayn fakultetiga hujjat topshirishi ham tabiiy edi. Universitetni tamomlab, Istanbulga jo`naydi va ma`lum vaqt o`z sohasida ishlaydi. O`sha vaqtda Jankatning dizaynga qiziqishi so`nib, aktyorlik qobiliyati nish ura boshlashi hech kimning, hatto o`zining ham xayoliga ham kelmagandi. “Aktyor bo`lishni orzu qilmaganman. Bu qiziqish qadamba qadam paydo bo`lgan. Rolga tayyorlanish jarayonida ham istalgan havaskor uddalay oladigan ishlarni qilaman. Yutug`im — taqdir bilan bahslashmayman”, deydi aktyor.


TEAT – DAVO MASKANI

«Yuqori sinflarda o`qib yurgan kezlarim havaskorlar teatr truppasida ishtirok etardim. Keyinchalik teatr yo`nalishida “Muhtasham yuz yil” serialidagi Xyurrem roli orqali yaxshi tanish bo`lgan Vaxide Gerdyumning teatr studiyasida tahsil oldim. Biroz vaqt o`tgach, “Senga sirni ochaman” serialidan taklif tushdi, u ilk rolim edi”, deydi aktyor.

Jankat spektakl sahnalashtirilganda ustozlari Vaxide Gerdyum va Jivan Janovaga assistentlik ham qilgan. Shu bois ham Jankatga seriallarda rol ijro etish qiyinchilik tug`dirmaydi. Teatr haqida so`z borganda “Teatr men uchun eng yaxshi terapiya. Odamlarga sovuqqon bo`lib ko`rinishim mumkin. Biroq gapirishdan ko`ra o`ylashni avzal biladiganlar toifasidanman”, deydi aktyor.

«KAMERA QARShISIDA DONG QOTGANMAN»

Vazminlik va soddalik suratga olish maydonchasida ham o`z so`zini aytgan. «Ochig`i, o`zimni “sindirishim”ga to`g`ri kelgan. Tabiatan e`tiborni o`zimga jalb qiladiganlar toifasidan emasman. Omma orasida-ku suvga tushgan toshdek bo`lib ketaman. Bu odatlarimdan voz kechish uchun vaqt kerak bo`ldi», deydi aktyor.

Aktyor uchun ilk to`siq bu – kameraning shafqatsiz “nigohi” bo`lgan.

«Teatrda tomoshabin ko`z o`ngida rol ijro etishga o`rgangandim. Kamera qarshisida esa dong qotganman», deydi xotira “kitob”ini varaqlab. Ikkinchi plan rol nasib etganda, e`tiborga loyiq ekanini ikki karra ko`proq isbotlashiga to`g`ri kelgan. “Senga sirni ochaman” serialida Ekin Koch bilan birga rol ijro etgan. Vaqt o`tib, ikki aktyorning Ahmad va Iskandar rolida chiqishi tomoshabinlar uchun haqiqiy sovg`a bo`lgan. Sevgi va hukmronlik uchun raqobatchiga aylanadigan bu ikki aktyor “Senga sirni ochaman” serialidagi ishtirokidan boshlab do`stga aylanishgan.

Aktyorning kinodagi ilk bosh roli “Qishloqlik go`zal” romantik komediyasida bo`lgan. Mazkur komediya aktyorga mashhurlik onlarini taqdim etgan. Aynan shu komediyaning so`nggi qismida suratga tushayotganida “Ko`sem” serialining kinosinovida ishtirok etish taklifini olgan. Kinosinov engil va omadli o`tgan.

YoLG`IZ ShAHZODA

Qahramonimizning tarixiy prototipi shahzoda Yahyo hayotda ham bo`lgan. Biroq u Safiya sulton xonimning o`g`li emas, sulton Murodning bir joriyasining farzandi edi. Boshqa manbalarga ko`ra u sulton Ahmadning ukasi sifatida qayd etilgan. Har ikki vaziyatda ham Iskandar taxt uchun kurashadi. «Iskandar rolini ijro etishda uning fe`l-atvori qiyinchilik tug`dirdi. “Iskandar qanday inson bo`lishi kerak? Qanday so`zlashadi, yurishi qanaqa? Nimani yaxshi ko`radi?” kabi savollar ustida ko`p bosh qotirdim. Serial syujetiga ko`ra Iskandar Avstriyadan kelib, yanicharlarga qo`shilib qoladi. Bu rolni ijro etish uchun vazn tashlashimga ham to`g`ri keldi. Bundan tashqari, otda yurish va qilich ishlatishni ham o`rgandim», deydi aktyor.

“ILK QADAMNI TAShLOLMAYMAN”

Aktyor bo`sh vaqtida sokin hayot tarzini olib boradi: rasm chizadi, mutolaa qiladi, sport bilan shug`ullanadi. Oshxonada ham ijod qilishni xush ko`rgani uchun hatto kulinariya blogiga ham yozilgan. Biroq hali o`z juftini topishga ulgurmagan. Bu haqda o`zi shunday deydi:

«Orzuimdagi qiz bilan vaqtim quvnoq o`tishi kerak. U kerak vaqtda menga dalda bo`la oladigan do`st bo`lishi lozim. Qisqasi, ochiqko`ngil va o`ziga ishongan qiz – hayotim malikasi bo`la oladi. Nozik xilqat vakillarini tushunmaganim uchun ilk qadamni ulardan kutaman. Bordiyu birortasini yoqtirib qolsam, batamom so`zdan qolaman».

  • Berk Jankat 1984 yilning 9 mayida Anqarada tug`ilgan.

Manba: Darakchi.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Kino va Serial yangiliklari | Просмотров: 596 | Добавил: KenjaMedia | Теги: Ko'sem, Berk JANKAT | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]