наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
21:06
Birdaniga 15 tumanda adliya bo'limi boshliqlari ishdan olindi

2018 yilning 8 sentabr kuni Adliya vazirligining tumanlar (shaharlar) adliya bo'limlari faoliyatiga bag'ishlangan majlisi o'tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Unda Adliya vazirligining tumanlar (shaharlar) adliya bo'limlarining shu kungacha bo'lgan faoliyati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha kun tartibidan o'rin olgan masalalar muhokama etildi.

Bo'lib o'tgan majlisda Adliya bo'limlari tashkil etilgan vaqtdan boshlab shu kunga qadar amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda ular faoliyatidagi mavjud kamchiliklar ko'rsatib o'tilib, ularni bartaraf etish, kelgusida yo'l qo'ymaslik masalasi ham muhokama etildi.

Yig'ilishda Surxondaryo viloyatining Denov, Toshkent viloyatining Bo'stonliq, Andijon viloyatining Marhamat, Toshkent shahrining Bektemir tuman adliya bo'limlari qisqa vaqt ichida ijobiy natijalarga erishgani qayd etildi.

Shu bilan birga, yig'ilishda adliya bo'limlari tomonidan faoliyatida qo'pol xato va kamchiliklarga yo'l qo'yib kelinganligi jiddiy tanqid ostiga olindi.

Belgilangan vazifa va topshiriqlarni har bir xodim, vazirdan tortib tizimdagi oddiy xodimgacha mas`uliyatni chuqur his qilishi lozimligi, bunda hech kim, na rahbar yoki oddiy xodim chetdan turib kuzatib turishga haqqi yo'qligi, bunga yo'l qo'yilmasligi, yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni vijdonan bajarishi shartligi alohida ta`kidlandi.

Yig'ilishda faoliyatida kamchiliklarga yo'l qo'ygan, ishiga mas`uliyatsizlik bilan yondashgan 28 nafar adliya bo'limlarining xodimlari (shundan 15 nafari tuman adliya bo'limlari boshliqlari) lavozimidan ozod etildi.

Adliya boshqarmalari tomonidan yuklatilgan vazifalar ijrosini ta`minlashga hamda tuman (shahar) adliya bo'limlarining ish faoliyatlarini to'g'ri tashkil etishga, faoliyatini muvofiqlashtirib ularga uslubiy rahbarlik qilishga mas`uliyatsizlik bilan qaralayotganligi, ba`zi hududlarda adliya bo'limlarining faoliyati o'z holiga tashlab qo'yilganligi, ko'rsatib o'tildi. Faoliyatida kamchiliklarga yo'l qo'yganligi uchun hududiy adliya boshqarmalarining 25 nafar xodimlariga hayfsan e`lon qilindi. 29 nafar xodim ogohlantirildi.
Manba: Kun.Uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 270 | Добавил: KenjaMedia | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]