наверх
Главная » Новости » Turmush chorraxalarida
22:29
Biz qachondan beri nikohsiz yigit-qizning uchrashuvlariga yo‘l bera boshladik?

To‘y – xalqimizning ezgu an’analarini o‘zida mujassam etgan qadim qadriyat. Keksalar uchun orzu-havas bekati, yoshlar uchun yangi hayot, yangi olam ostonasi. Afsuski, keyingi paytlarda o‘zini ko‘z-ko‘z qilish maqsadida dabdaba bilan to‘y qilish holatlari paydo bo‘lmoqda-ki, bu xalqimizga xos go‘zal qadriyatlarga mutlaqo yotdir.

Xalqimizda o‘zingga yarashmagan ishni qilma, degan ibora bor. Albatta, o‘ziga yarashmagan ishni qilgan odam uyatga, malomatga qoladi. Ayni paytda to‘ylarimizda urfga aylanib ulgurgan «ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi ikki yosh haqida «film”, kelin-kuyovning valsga tushishi, gul otish, yana allaqanday qiliqlar milliy qadriyatlarimizga yot, o‘zligimizga yarashmaydigan bema’ni xatti-harakatlar, xolos. Biz qachondan beri nikohsiz yigit-qizning uchrashuvlariga, qo‘l ushlashib sayru sayohat qilishiga yo‘l bera boshladik? «S’yomka” jarayonida videokamera kelin-kuyovning xobxonasigacha kirib borishi sharmsizlik emasmi?!

…To‘yxonada chiroq bir o‘chib yondi. Sahnaga ko‘z tashlasam, oppoq qo‘lqopli kuyov kelinning belidan quchgancha raqs tushmoqda. Dasturxon atrofidagi yoshi ulug‘ insonlarga razm solaman. Xuddi o‘zlaridan uyalganday xijolat chekib o‘tirishibdi. Yonimdagi kishiga bu holat haqida aytsam, xotirjam kulib: «bu ham taraqqiyot» dedi. Taraqqiyot qadriyatlarimizni oyoqosti qilish evaziga bo‘ladimi?! Maishiy-madaniy turmushimizga yot illatlarni kiritish taraqqiyotni belgilaydimi?! To‘ydan oldingi «Sevgi hikoyasi”chi?! Bu videotomoshaga kiritilayotgan «yangiliklar”ni ko‘rib bir kulging kelsa, bir yig‘laging keladi kishining.

Kelin-kuyovning ilk uchrashuv jarayoni tasviri ko‘rsatilmoqda. Qiz kutubxonada qalin muqovali kitobni mutolaa qilmoqchi. Kitob javonlari orasidan bir yigit unga tikilib turgani birdan xayolini bo‘ladi kelinning. To‘g‘ri, uchrashuv kitob targ‘iboti bilan boshlangani yaxshi. Zero, ma’naviy yaqinlikkina ikki yosh qurayotgan oila poydevorini mustahkamlaydi. Ammo bo‘lajak kelin haqiqatan ham kitobxonmi yoki umrida birinchi marta badiiy kitob ushlamoqdami? Haqiqiy kitobxon bo‘lsa, uning dunyosida «ommaviy madaniyat” illatlari nima qilib yuribdi?!
Manba: upl.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Turmush chorraxalarida | Просмотров: 988 | Добавил: MASSARI | Теги: nikohsiz, to'y, yigit va qiz | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]