0
“Bo‘lishi mumkinmas!”: Muhammad Saloh soqolini olib tashladi
Автор: MASSARIкатегория: Sport yangiliklariдата: 22.02.2019

26 yoshli misrlik Instagram’dagi sahifasida avtomobil salonida esda qoluvchi va barcha muxlislar o‘rganib qolgan soqolisiz o‘tirgan suratini joylashtirgan.
Xabarga izohlarda ko‘pchilik futbolchining qiyofasidagi bunday o‘zgarish ularga yoqmaganini aytishgan. “Kimsan? Bo‘lishi mumkinmas”, “Boshqa bunday qila ko‘rma”, deb yozishgan muxlislar. “Sen biror bahsda yoki shunga o‘xshash narsada yutqazib qo‘ydingmi? Yomon emas”, “Yangi uslub, yangi Mosalax, menga yoqdi”, deb yozishgan boshqa bir muxlislar.
Jumladan, Salohning yangi qiyofasi jamoadoshlari tomonidan ham e’tiborsiz qoldirilmagan.
“Endi 26 yoshda ekaningga ishonaman”, deb yozgan futbolchi Deyan Lovren.
“Sen haqiqatan ham Mo Salaxmisan???”, deb hayratini yashirmagan Alberto Moreno.
Bunga javoban Lovren “Yo‘q, ukasi. Uning o‘zidan 10 yosh kichik ukasi”, deb hazil qilishda davom etgan Lovren.
Misrlik futbolchi dunyoning eng qimmat futbolchilaridan hisoblanadi, transfermarkt’ning baholishicha, uning transfer narxi 150 mln yevro turadi.
Saloh ingliz klubi uchun 2017 yildan beri to‘p surib keladi. U klub tarkibida 83 ta o‘yin o‘tkazib, 63 ta gol va 24 ta golli pasga mualliflik qilgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 5 yilga mo‘ljallangan.
Теги:
Вернуться
Просмотров: 685
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0 | |