наверх
Главная » Новости » Dunyo g'aroyibotlari
00:01
Braziliyalik erkak tirik zombini uchratdi… mi?…

Kuni kecha Braziliyaning San-Paulu shahrida yashovchi erkak shaxsiy mashinasiga yaqin keldi-yu, qo‘rquvdan tosh qotdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, mashina kapotiga suyangancha ayol qiyofasidagi tirik zombi turardi. U o‘zidan xunuk va beo‘xshov tovushlar chiqarar, nigohlari xuddi murdalarnikidek sovuq, qo‘l-oyoqlarini ham kinolardagi zombilar kabi beo‘xshov qimirlatardi. Erkak sira o‘ylab o‘tirmay, darhol politsiyaga xabar berdi. Zum o‘tmay politsiyachilar yetib kelishdi-yu, ular ham hayratdan qotib qolishdi. Haqiqatan, qarshilarida ayol qiyofasidagi rosmana zombi turardi. Hayratlanishlariga qaramay, ular zombining qo‘llariga kishan urib mahkamaga olib borishdi.

Hozircha sud-tibbiy ekspertiza, mutaxassislar zombi ayolni tekshiruvlardan o‘tkazishmoqda. Politsiyachilar yaqin kunlarda uning haqiqatan zombi yoki bunday emasligi ma’lum bo‘lishini aytishdi.

Erkak esa bu voqeani jurnalistlarga dahshat aralash so‘zlab berdi.

— Biz kinolarda zombini ko‘p ko‘rganmiz, — dedi u. — Lekin bugun rostakamini uchrataman deb sira o‘ylamagandim. Mana, hozir turibman-u, uyga ketishga qo‘rqyapman. Uyga kirsam-u, xonamda yana bir zombi turgan bo‘lsa nima qilaman?..

Politsiya vakillari erkakni uyiga olib borib, u bilan bir necha soat birga o‘tirishdi. Harqalay, boshqa zombi ko‘zga tashlanmadi.
Manba: hordiq.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo g'aroyibotlari | Просмотров: 1492 | Добавил: MASSARI | Теги: Zombi, braziliya | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 2
2 Oybek   (05.10.2017 10:20)
P6pmi pr6sta like bosiwcun tarqatilgan miwmiwla iwomela kiydirwvotdi

1 Shingis   (04.10.2017 15:18)
Bu rosttan ham zombi ekan mi?

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]