наверх
Главная » Новости »
20:38
Britaniya politsiyasi istalgan lahzada smartfonlarga buzib kirish imkoniyatiga ega bo‘ldi

Buyuk Britaniya huquq-tartibot organlari xodimlari mobil telefonlarga buzib kirish va unda saqlanayotgan barcha axborotni qo‘lga kiritish uchun xakerlik vositalariga ega bo‘ldi, deya xabar bermoqda Hi-Tech Mail.Ru Privacy International jamoatchilik tashkilotiga tayanib.

Bir tomonlama kuzatuv obyekti nafaqat gumonlanuvchilar, balki jinoyatlar qurbonlari va ularning guvohlari ham bo‘lishi mumkin. Huquq-tartibot organlari xodimlari istalgan lahzada qo‘ng‘iroqlar va xabarlar haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek, foydalanuvchining barcha yozishmalari va internet-faollik haqidagi ma’lumotlarni yuklab olish huquqini qo‘lga kiritdi. Nazorat ostiga gadjet ichidagi kontaktlar, fotosuratlar, geolokatsiya ma’lumotlari ham tushadi.

Politsiyachilarning ishchi arsenaliga bunday texnologiyaning kelib tushgani haqida fuqarolar ogohlantirilmagan. Privacy International bunday masalalar jamoatchilik muhokamasini talab qilishini aytmoqda.

Tashkilot ekspertlari vakolatlarning suiiste’mol qilinishidan xavfsirab, politsiya ishida xakerlik vositalaridan foydalanish nazorat ostiga olinishiga chaqirmoqda. Shuningdek, ular kuzatuv obyektlari o‘z huquqlari haqida xabardor qilinishini talab etmoqda.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Просмотров: 280 | Добавил: VerSign | Теги: buzib kirish, Smatfonlarni, Britaniya | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]