Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Britaniyalik musiqachi maymunlarga konsert qo‘ydi (video)

Автор: MASSARIкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 21.01.2021
Britaniyalik musiqachi Pol Barton Tailandda maymunlar uchun ajoyib konsert uyushtirdi. Tomoshabinlar bir joyda o‘tirisholmadi, lekin tadbir besamar ketgani yo‘q.

Musiqachi Betxovenni chalayotganda maymunlar, hatto, uning boshiga chiqib olishdi. Notalarni u yoqdan bu yoqqa varaqlashib, musiqiy asbobni sichkovlik bilan ko‘zdan kechirishdi.

Hozir Tailandda sayyohlar deyarli yo‘q, makakalar to‘dasi och-nahor izg‘ib yurishibdi. Klassik musiqa stressni yengillashtiradi, deydi Pol Barton.
U qadimiy hind ibodatxonasi, xo‘jalik mollari do‘koni va tashlandiq teatrda bir nechta konsert qo‘ydi. Ularning hammasi tomoshabinlarga boy bo‘lib, tinglovchilar oxirgi notagacha tarqalishmadi.

Britaniyalik musiqachi avval ham Tailandda reabilitatsiya markazida davolanayotgan kasal fillar uchun klassik kuylarni ijro etgan

Теги: maymunlar, Britaniya, musiqachi

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]