Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Bugun Quyosh maksimal darajada Yerga yaqinlashadi

Автор: MASSARIкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 20.01.2020
Bugun, 5 yanvar kuni Quyosh Yerga imkon qadar yaqinlashadi. Bu haqda Moskva Planetariy veb-sayti xabar qildi.
Astronom Aleksandr Yakushechkinning so‘zlariga ko‘ra, Perigeliya nuqtasidan yer Moskva vaqti bilan soat 10.48 da o‘tadi.

Yer orbitasining perigeliya nuqtasi 147 098 291 kilometr masofada joylashgan bo‘lib, bu Quyoshgacha bo‘lgan o‘rtacha masofadan 2,5 million kilometrga kam.

Yer Quyosh atrofida 365 kun 6 soat 9 daqiqa 10 soniyada to‘liq aylanishni amalga oshiradi. Yer quyosh atrofida elliptik orbitada sekundiga 29,765 kilometr tezlikda harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 26 dekabr kuni O‘zbekistonda halqali shakldagi Quyosh tutilishi yuz bergandi.
Qayd etilishicha, Quyosh tutilishi soat 08.00 da boshlanib, 10.06 gacha davom etdi. Soat 9.00 lar atrofida maksimumga ega bo‘lib, Quyosh gardishining uchdan bir qismi to‘silgan.

Теги: quyosh, Yer

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]