наверх
Главная » Новости » Sport yangiliklari
16:44
Bugun Termizda katta boks. Uzbek Tigers Venesuela Caciques’ga qarshi 10 ta jang o‘tkazadi

Bugun 7-aprel kuni Butunjahon boks seriyasining sakkizinchi mavsumida ishtirok etayotgan Uzbek Tigers Venesuelaning Venesuela Caciques jamoasiga qarshi ringga ko‘tariladi.

Termiz shahri mezbonlik qiladigan bahslarda bir kunda o‘nta jang o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda quyidagi bokschilar bir-biriga qarshi ringga chiqadi:
C1 guruhi

Janglar soat 19:00 da boshlanadi

49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Polanko Vaskes
56 kg: Shahobiddin Zoirov – Yoel Finol
64 kg: Aliyor Noraliyev – Kristian Palasio
75 kg: Isroil Madrimov – Keybar Gonsales
91 kg: Sanjar Tursunov – Bello Dias

C2 guruhi

Janglar soat 22:00 da boshlanadi

52 kg: Jasur Latipov — Xesus Roxas
60 kg: Shunqor Abdurasulov — Luis Kabrera
69 kg: Mahmud G‘oipov — Gabriel Maestre
81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Nalek Korbaj
+91 kg: Bahodir Jalolov — Jordan Ernandes

Mazkur janglar Sport-TV telekanali orqali jonli efirda namoyish etilmaydi.

Olamsport’ning ma’lum qilishicha, janglar to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda ko‘rsatilmaydi. Negaki rejaga ko‘ra bugun o‘sha vaqtda futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining ikki uchrashuvi — “Lokomotiv” — “Qo‘qon-1912”, “Navbahor” — “Nasaf” translyatsiyasi amalga oshiriladi.

Boks janglari esa kechki dasturlarda yozib olingan holda efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 416 | Добавил: VerSign | Теги: katta boks, Bugun, Termizda | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]