наверх
Главная » Новости » Munajjimlar bashorati (2017, 2018)
00:48
Bugungi munajjimlar bashorati: 3 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun yulduzlar sizga hamkasblar bilan yanada do‘stona munosabatda bo‘lishni, iloji boricha xush kayfiyat baxsh etishni maslahat berishadi. Emotsiyani jilovlashga harakat qiling. Aks holda janjalli vaziyatlarga tushib qolishingiz hech gap emas. Kechqurun vaqtingizni bolalar va juftingiz uchun ajrating. Ota-onangiz keksayib qolgan bo‘lsa, ularning holidan ham xabar oling, savobi albatta tegadi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

3 oktyabr kuni kechga qadar astoydil ishlashingizga to‘g‘ri keladi. Ish ko‘p, dam olishga deyarli vaqt bo‘lmaydi. Ammo kechki payt buning mevasini albatta olasiz inshoolloh. Ro‘zg‘orda kemtiklar, muammolar paydo bo‘lsa, mutaxassisga murojaat eting. O‘zingizcha muammoni hal etishga oshiqman. Har bir ishni o‘z ustasi bajargani ma’qul. Kechqurun maktabda birga o‘qigan sinfdoshingiz sizga qo‘ng‘iroq qilish ehtimoli bor.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Yulduzlar bugungi kuningiz juda xush o‘tishini bashorat qilishgan. Muammolaringiz ham faqat ijobiy tarafga qarab yo‘rg‘alashadi. Agar gap mavqe yoki yuqori lavozimga borib taqaladigan bo‘lsa, uyalib o‘tirmasdan, rahbarlar bilan munosabatlarni mustahkamlayvering. Tadbirkor bo‘lsangiz, hozir sizga hamkorlar havodek zarur. Ammo yangi loyihalarga katta pul tikmay turing, bugun bu ishingiz baroridan kelmasligi mumkin.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

3 oktyabr kunning birinchi yarmida o‘zingizga yaqin hisoblangan insonlardan biri haqida xunuk xabar eshitishingiz ehtimoli bor. Lekin qayg‘uga botish, shu sababli dunyoni unutish mumkin emas. Hayot davom etadi. Rahbarlar kunning ikkinchi yarmida zimmangizga o‘ta mas’uliyatli, biroq sharafli vazifani yuklashlari mumkin. Mana sizga mavqe, yuqori lavozim. Shu ishni qoyillating, undan keyin natijasini ko‘raverasiz. Salomatlikni ehtiyot qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Qarindoshlar bilan munosabatlarni buzmang, aksincha yanada mustahkamlash harakatida bo‘ling. Sizning jahdingiz, ranjishlaringiz, arazlaringiz hech kimga kerak emas. Emotsiyani, his-tuyg‘ularni jilovlagan holda ish tuting. Siyosat va iqtisod bilan shug‘ullanuvchilarni bugun omad kutib qoladi. Salomatlikni ehtiyot qiling. Kechqurun sizni do‘stlaringizdan biri mehmonga taklif etishi mumkin. Moliyaviy masalada ham qayg‘urmasangiz bo‘ladi. Kechqurun pulning o‘zi sizni yo‘qlab keladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

3 oktyabr kuni ko‘zlangan maqsadlar sari olg‘a qadam tashlang. Mehnatdan qochmasangiz, dangasalik qilmasangiz, kechqurun mukofotini olasiz albatta. Salgina tavakkal qilsangiz bas, omad siz tarafga o‘tadi-qoladi. Organizmni ham jismonan zo‘riqtirishdan saqlaning. Oila qurmagan bo‘lsangiz, bugun albatta bo‘lg‘usi juftingizni uchratishingiz kerak. Muhabbatda ertadan kechga qadar faqat buyuruvchi vazifasini ado eting. Sizga bugun bo‘ysunish, itoatkorlik yarashmaydi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Tadbirkorlar bugun hamkorlari bilan uchrashib, ba’zi masalalarda kelishib olishlariga to‘g‘ri keladi. Ijodkorlarning ham kuni tug‘adi. Agar kun bo‘yi kimdir sizdan yordam so‘rasa, albatta yordam qo‘lini cho‘zing. Sizga boshqa birovdan albatta qaytadi. Faqat kuchingizni to‘g‘ri sarflang, aks holda organizmingiz jismoniy zo‘riqishga duch kelib, sog‘lig‘ingizga putur yetishi mumkin. Kechqurun sevimli kitoblaringizdan birini mutolaa qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

3 oktyabr kuni birinchi qiladigan ishingiz moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishdan iborat bo‘ladi. To‘g‘ri, kissangiz allaqachon bo‘shab bo‘lgan. Uni to‘ldirish uchun ancha-muncha ter to‘kishga majbur bo‘lasiz. Kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga jo‘nashingiz kutiladi. Bu safar moliyaviy naf ham keltiradi. Biroq bu safarni puxta rejalashtirib olishingiz kerak. Salomatligingizni ehtiyot qiling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugungi kuningiz yorqin va quvonchli lahzalarga boy bo‘lishi kutiladi. Siz bilan badavlat shaxslardan biri qiziqib qolgan. Shuning uchun yangi tanishuvlardan bosh tortmang. Kun mobaynida pul masalasini ham tartibga keltiring. Bo‘lmasa, oy oxiriga borib pulsiz qolishingiz mumkin. Oila qurmaganlar yaqindagina tanishgan inson haqida yangi, bir-biridan yoqimli ta’riflarni eshitishlari kutilmoqda. Kechqurun sog‘lig‘ingizda salbiy o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

3 oktyabr kuni har bir vaziyatni o‘z tomoningizga og‘dirish uchun imkoniyatlar bir talay bo‘ladi. Ulardan qanday foydalanish o‘zingizga bog‘liq. Ishxonangizda muammo ko‘zga tashlanmaydi. Zimmangizdagi vazifani sidqidildan ado etsangiz bas. Internet orqali qo‘shimcha daromadli ish topishingiz kutilmoqda. Kechqurun sizni mehmonga chaqirishlari mumkin. Bu mehmondorchilikdan bir olam taassurotlar bilan qaytasiz.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Shaxsiy manfaatlaringizdan boshqasini tan olmang. Shunda dard chekmaysiz, qalbingizni alam va armon hissi band etmaydi. Ma’nan zarba berayotgan do‘st va dushmanni sukut saqlash bilan yenga olasiz. Miyangizda qo‘qqisdan paydo bo‘ladigan yangi g‘oya ishxonadagi rahbarlaringizga yoqib tushadi, do‘ppini osmonga otavering. Salomatligingiz kechki payt pand bera boshlash ehtimoli bor. Zudlik bilan vrach qabuliga shoshing.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

3 oktyabrda bir soniyaga bo‘lsa ham yaqin o‘tmishga qaytish faqat ziyon keltiradi. Siz bugungi kun bilangina yashang. Buguningizgina sizga quvonch va shodliklar hadya eta oladi. Moliya masalasida qarindoshlaringiz bilan orangizda janjal yuzaga kelishi mumkin. Kechqurun do‘stlar davrasida bo‘lib, ularga ma’lum bo‘lmagan qirralaringizni namoyish etasiz. Kun davomida ba’zilarni bosh va oyoq og‘rig‘i bezovta qilish ehtimoli bor.
Manba: hordiq.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Munajjimlar bashorati (2017, 2018) | Просмотров: 604 | Добавил: MASSARI | Теги: Munajjimlar bashorati | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]